Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Eʼtiboringizga tarvuz va uning foydali xususiyatlari toʻgʻrisidagi eng qiziq maʼlumotlarni havola qilamiz.

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Tarvuzning vatani janubiy Afrika hisoblanadi. Qadimiy Misr davridayoq odamlar bu oʻsimlikni oʻstira boshlaganlar.

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Rossiyada uzoq vaqt tarvuzni bor holicha yeyishmagan. Uni stolga tortishdan avval qaynatib shirin sharbat holiga keltirish kerak deb hisoblangan.

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Tarihdagi eng katta tarvuz 119 kilogramm ogʻirlikka ega boʻlgan.

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

2005 yildan buyon Xitoyda toʻrtburchak tarvuzlarni oʻstira boshlashdi. Buning siri shundaki, hosil oʻsishi tezlasha boshlagach, uni toʻrtburchak shisha idishga joylashtirishadi. Bunday tarvuzlarning narxi 90 AQSH dollarigacha boʻlgan.

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Tarvuzning boshqa mevalar oldidagi ustunlik tomoni uni har qanday inson sevib isteʼmol qilishidir. Buning boisi shundaki, tarvuzning 80%i suvdan iborat, qolganini esa fruktoza, oʻsimlik kletchatkasi va mikroelementlar tashkil qiladi.

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Bundan tashqari tarvuzning tarkibi arterial qon bosimining muvofiqlashuviga va organizmdan shlaklarni chiqib ketishiga koʻmaklashuvchi magniy moddasiga boy.

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Tarvuz tarkibidagi oʻsimlik kletchatkasi ichak mikroflorasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi va organizmdan xolesterindan halos etadi.

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Dunyoda har yili tarvuzga bagʻishlangan koʻp sonli marosimlarning oʻtkazilishi ham juda qiziqarli maʼlumotlardan biri. Misol uchun, Xitoyda har yili “Tarvuz kuni” nishonlanadi va bu kunda barcha qovurilgan tarvuz isteʼmol qiladi.

Qiziqarli maʼlumot: Tarvuzning foydali xususiyatlari va ajoyib faktlar

Ispaniyadagi La-Nava shahrida esa tarvuz sharafiga turli yoʻnalishdagi musobaqalaru tarvuzdan boʻlgan turli taomlarni oʻz ichiga oluvchi dasturiga ega katta bayram tomoshasi uyushtiriladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar