Oqilami yoki makkor?! Ayollar haqida ajoyib statuslar

Ayol kishi erkak kishini tabassumi bilan ilinntirib oladi, yigʻisi bilan esa ushlab qoladi.
Agar ayol kishining omadi chopib, oʻziga oro berib, hayotdan mamnun boʻlib yashayotgan boʻlsa, demak u kimdandur qasos olmoqda.
Sevgan ayolning qalbi doimo umidga toʻla boʻladi. Qayta-qayta pichoq urilsa ham soʻnmaydi, toki oxirgi tomchi qon qolmaguncha.
Ayol – sizning soyangizdir. Uning ortidan yurgan saringiz u uzoqlashadi, siz undan uzoqlashsangiz, u sizning ortingizdan yuradi.
Nimaga hamma biz ayollarni pulni yaxshi koʻradi deb oʻylaydi? Yoʻq, biz pulni yaxshi koʻrmaymiz, shuning uchun ham undan tezroq xalos boʻlamiz.
Ayollar hamma ularni tushunishlarini xohlaydilar, lekin hech biri fosh qilishlarini istamaydi.

Goʻzal ayol koʻzni quvontiradi, mehribon ayol esa qalbga iliqlik beradi. Birinchisi ajoyib, ikkinchisi esa bebahodir.
Makkora ayol oila boshqaruvini oʻz qoʻliga oladi, biroq erini oila boshligʻi ekanligiga ishontira oladi.
Ayol tanasida ikkita yurak urushi mumkin boʻlgan xilqatdir.
Erkak kishining qalbini zabt etishni koʻpchilik ayol biladi, biroq uni boshqarish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi.
Aqlli ayol hech qachon eriga baqirmaydi. Buyruqlarni ham xotirjam, aniq va ravshan qilib tushuntiradi.
Ayollarga maslahat: hech qachon maftunkorligingizga shubha qilmang. Tarozi aldamchi, odamlar hasadgoʻy, koʻzgu esa azaldan qiyshiq.

Ayollar muammo tugʻdiruvchi emas, muammolarni hal etuvchi erkaklarni afzal koʻradilar.
Ayollar koʻz yoshlarini koʻzoynak ortiga yashiradilar,yomon kayfiyatlarini tabassum ortiga, yaralangan koʻngilni chiroyli koʻrinish ortiga berkitadilar.
Erkak kishining hissiyotlarining haqiqiyligini bilish uchun undan siz uchun nimalar qila olishini emas, siz uchun nimalardan voz kecha olishini surishtiring.
Bolalik chogʻlarida qizaloqlar qoʻgʻirchoqqa, bolalar esa mashinaga qiziqadilar. Katta boʻlganda esa bularning aksi boʻlar ekan.
Janjalkash ayol ilojsiz narsaning oʻzi yoʻqligini yaxshi biladi.
Ayol kuchli xilqat. Kuchli ekanligidan ham oʻzini ojiz qilib koʻrsatishdan choʻchimaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



