Tagada - dunyodagi eng telba attraksion


Tagada Amerika attraksionlari kabi tez va mashhur emasdir, lekin u juda xavfli. Ularda uchganingizda hayajon bilan baqirasiz va shu bilan birga sizga hech narsa boʻlmasligini, oʻrindiqdan otilib chiqishingiz mumkin emasligini ham tushunasiz. Buning uchun barcha xavfsizlik choralari koʻrilgan boʻladi, siz kamar bilan oʻrindiqqa mahkam bogʻlab qoʻyilasiz. Tagadada esa hammasi aksincha. Limitlarning umuman yoʻqligi jismoniy jarohat olish ehtimolini kuchaytiradi. Lekin aynan shu narsa bu attraksionni ekstrimal sevuvchilar orasida mashhur qilgan.
Tagada ulkan metall sharga qilingan boʻlib, uning ichi yumshoq oʻrindiq va uchish paytida yiqilib ketmaslik uchun metall tutqichlar bilan jihozlangan. Musiqa qoʻyilganidan keyin shar aylanishni boshlaydi va operator gidravlik joystik pulti yordamida maxanizmni tepaga koʻtarib, pastga tushirib yoki musiqa ritmiga mos ravishda boshqaradi. Bu yerda hech qanday xavfsizlik kamarlari, cheklashlar yoʻq, faqatgina yonboshlarda qoʻli bilan ushlab turishi uchun metall tutqichlar oʻrnatilgan. Agar ularni qoʻyib yuborsa, yonidagi odamga, attraksionning metall qismlariga urilib ketadiganday yoki eng yomoni attraksiondan umuman otilib chiqadiganday tuyiladi.
Baʼzi davlatlarda masalan, AQSh va Avstraliyada Tagada juda xavfli attraksion hisoblanadi. Bu davlatlarda qoʻl bilan boshqariladigan tizimlar qonun bilan taqiqlab qoʻyilgan. Bu attraksion Yevropada, ayniqsa, Buyuk Britaniya va Shvetsariyada mashhur. Lekin oxirgi 10 yil mobaynidagi olingan jarohatlar tufayli u xavfsizroq sistemali, yaxshiroq versiyada ishlab chiqildi. Osiyo davlatlarida jumladan Janubiy Koreya va Birmada haligacha ishlaydigan bu kabi attraksionlar haqida nima ham deysiz?
Britaniyadagi Tagada operatorining bergan maʼlumotiga koʻra, Tagada quyidagi holatlarda xavfli boʻlishi mumkin. Odamni oʻrindiqdan sharning oʻrtasiga tashlab yuborishadi. Uncha tez aylanmaydigan polda odam bu holda oʻzining tanasini nazorat qilolmaydi. Aynan shu narsa platformaning elementlari bilan va hatto boshqa odamlar bilan xavfli toʻqnashuvlarga sabab boʻladi.
Bloger Vogukin (Waegukin)ning taʼkidlashicha, Koreyadagi attraksionning uchishi faqatgina uning aylanish tezligi bilan emas, balki operatorning yovuzligi bilan ham ajralib turadi. Baʼzida sizni sekin va bir maromda aylantirishlari mumkin, baʼzida esa 10 daqiqa tinmasdan odamlarni tepaga pastga agʻdarib tashlaydi. Vogukin oʻz sahifasida yozishicha, Tagadani boshqarish tizimi boʻyicha biror qoida va cheklashlar borligini tushunolmaydi, lekin bu yerda hech kim bu haqida oʻylab oʻtirmaydi va odamlar bunday boshqaruv tizimida oʻrindiqlaridan tez-tez agʻdarilib ketadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



