Qiziqarli

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Koʻpchilik lyuks brendlari bundan oʻz manfaatlarida foydalana biladilar. Eng eksklyuziv brend maqomi badavlat haridorlar uchun jozibalilikka qoʻshib uning qiymatini ham oshiradi. Qiziq, dunyodagi eng qimmatbaho brendlar qaysi ekan? Quyida lyuks toifasiga kiruvchi eng qimmat brendlar roʻyxati bilan tanishasiz.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

7 milliard AQSH dollariga teng lyuks toifasidagi kosmetik vositalarning bu brendi 1964 yildan buyon LʼOreal kompaniyasining mulki hisoblanadi. Kompaniya Parijdan tashqarida joylashgan, oʻz mahsulotlari reklamasi uchun odatda Juliya Roberts (Julia Roberts), Keyt Uinslet (Kate Winslet) va Penelopa Krusni (Penelope Cruz) taklif etadi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Oʻzining 26 000 xodimi va 7,9 milliard AQSH dollariga teng qiymati bilan Ralph Lauren avvalgilardek yetakchi brendlardan biri boʻlib qolyapti. Nyu-Yorkda tashkil etilgan Ralph Lauren serhasham kiyim-kechak, uy jihozlari, aksessuarlar va muattar iforli atir vositalarini keng ommaga taqdim etadi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Tiffany & Co. oʻzining asosiy etiborini hashamatli zargarlik buyumlarida jamlagan bir paytda kompaniya shuningdek, boshqa aksessuarlar qatorida charmdan, farfor va kumushdan yasalgan buyumlar ham sotadi. Forbes maʼlumotiga qaraganda brendning qiymati 11,6 milliard AQSH dollariga teng.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Bozordagi koʻp sonli kosmetik brendlardan biri sifatida Clinique markasi bu toifadagi boshqa kompaniyalardan ancha mavqei baland ekanligi bilan ajralib turadi. Royal relief methodology bahosiga koʻra, Clinique brendi 5,96 milliard AQSH dollariga teng.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

1978 yilda mashhur dizayner Janni Versache (Gianni Versace) tomonidan tashkil etilgan Versace brendi bugungi kunga qadar eng mashhur va serhasham brendlar toifasidagi oʻz oʻrnini yoʻqotmay kelmoqda. Bu hashamatli moda brendining qiymati tahminan 5,8 milliard AQSH dollariga teng.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Djordjio Armani (Giorgio Armani) – 1975 yilda Armani imperiyasini tashkil etgan italiyalik modelyer. Kompaniya kiyimdan tashqari parfyumeriya, uy bezaklari va xatto bolalar kiyimlarini ishlab chiqaradi. Forbes maʼlumotlariga qaraganda 2012 yilda uning qiymati 3,1 milliard AQSH dollariga teng deb baholangan.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Cadillac doimo hashamatli avtomobillar brendi sifatida tanilib kelgan. Kompaniya brend sifatida bir qancha vaqt turgʻunlik holatida ham boʻlgan, ammo keyingi yillarda qator oʻzgarishlar samarasi oʻlaroq brend lyuks toifasidagi avtomobillarning eng nufuzli markalari qatoridagi oʻrnini tiklab oldi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Koʻpchilikning fikri boʻyicha oʻz avlodining eng isteʼdodli modelyeri, Mark Djeykobs (Marc Jacobs) oʻz kompaniyasini Louis Vuittondan ketganidan keyin tashkil qilgan. Uning qiymati kamtaringina 1 milliard AQSH dollariga teng keladigan bir paytda Marc Jacobs brendi avvalgidaek moda sanoatidagi lyuks toifasining bir qismiga aylandi va oʻzining haridorgirligi borasida ham avvalgidek ommabop boʻlib qolmoqda.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Modaning serhasham lokomotivi boʻlmish Dolce & Gabbanani tanishtirish uchun koʻp soʻz kerak emas, bizningcha. Ularning kiyim-kechak, zargarlik buyumlari va parfyumeriya tizimi moda olamini hamon egallab kelmoqda. 2013 yilda kompaniyaning qiymati 5,3 milliard AQSH dollariga etgan.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

1941 yilda asos solingan Coach brendining mahsulotlarini jami besh qitʼadan topish mumkin. Kompaniya asosan ayollar va erkaklar uchun hashamatli sumkalar va boshqa aksessuarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Brendning narxi 8,6 milliard AQSH dollariga teng.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

1965 yilda modelyer Oskar de la Renta (Oscar de la Renta) tomonidan asos solingan xuddi shunday nomli kompaniya kiyim-kechak va atirlardan tortib aksessuar va bezaklargacha boʻlgan koʻp sonli serhasham mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Rimda joylashgan shtab-kvartirasi bilan birga Fendi modalar uyi dunyo boʻylab ochilgan 117 nafar doʻkonlariga ham ega. Bu brend dunyodagi obroʻli brendlar qatoridagi oʻn toʻrtinchi oʻrinni egallaydi, Fendi sumkachalarining bir donasi uchun esa mijozlar 2000 AQSH dollaridan 5000 AQSH dollarigacha pul toʻlashadi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Burberry – uzoq tarixiga ega boʻlgan Britaniyaning lyuks toifadagi modalar uyi. U 1865 yilda tashkil topdi va dastlabki serhasham kiyimlar tizimini ishlab chiqardi. Uning qiymati 4,1 milliard AQSH dollarini tashkil etadi, Burberryning birgina kurtkasi esa 35 000 AQSH dollarigacha narxga ega boʻlishi mumkin.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

1847 yilda Parijda asos solingan Cartier brendi oʻzining hashamatli qoʻl soatlari va zargarlik buyumlari bilan tanilgan. Bu kompaniya oʻzining noyob mahsulotlarini butun dunyo uzra joylashgan 300 doʻkonlar tarmogʻi orqali sotadi, uning qiymati esa 9,6 milliard AQSH dollariga baholanadi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Chanel – qimmatbaho kiyim-kechak, parfyumeriya va sumkachalarni ishlab chiqaradigan xususiy kompaniya. 2017 yil may oyi holatiga koʻra Forbes jurnali bu brendni 7,2 milliard AQSH dollariga baholangan va uni eng qimmat brendlar qatoriga kiritgan.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Rolexga Shveytsariyada asos solingan va u 1905 yildan buyon serhasham qoʻl soatlarini ishlab chiqaruvchi ilk kompaniya boʻlib kelmoqda. 1926 yilda u ilk bor suv oʻtkazmaydigan qoʻl soatlarini yaratdi va hamon sport dunyosida oʻz ishtiroki bilan qatnashib kelmoqda. Forbes bu kompaniya narxini 8,7 milliard AQSH dollariga teng baholadi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Prada brendi – lyuks toifadagi moda kompaniyasini barcha moda ishqibozlari yaxshi bilishadi va u chamasi oʻsishni davom ettirayapti. Keyingi yillarda brend narxi 9,5 milliard AQSH dollarigacha koʻtarildi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Dizayner Amansio Ortega Gaona (Amancio Ortega Gaona) tomonidan tashkil etilgan, Zara brendi 1975 yilda Ispaniyada paydo boʻldi. Oʻsha vaqtdan beri kompaniya qiymati 9,4 milliard AQSH dollarini tashkil etadigan olamshumul brendga aylandi.

Gucci oʻz faoliyatini charm buyumlar ishlab chiqaradigan kichik bir doʻkon sifatida boshlagan va asta-sekinlik bilan modaning gigantiga aylangan. Xozirda u oʻziga nisbatan kattaroq boʻlgan konglomeratning bir qismi, lekin brendning oʻzi 12,7 milliard AQSH dollariga teng deb baholanadi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?
Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Sersavlat va serhasham avtomobillar ishlab chiqaruvchisi BMW oʻzining qimmatbaho transport vositalari bilan tanilgan. Yangi BMWni harid qilgan har qanday kimsa faqatgina avtomobilning narxi tufayli nisbatan yuqori iqtisodiy toifaga kirib qoladi. Shu bilan birga brend 24,56 AQSH dollariga baholanadi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Kosmetik mahsulotlarni ishlab chiqaradigan Estee Lauder kompaniyasi, oʻzida umumiy qiymati 30,8 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan lyuks brendini aks ettiрadi. Estee Lauder Nyu-Yorkda tashkil topgan boʻlib, bu kompaniya terini parvarish qilish mahsulotlaridan tortib muattar iforlargacha boʻlgan koʻplab mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Dior kompaniyasi dastlab fransuz modalar uyi sifatida ish boshlagan, keyin esa eng nozik iforlar, qoʻl soatlaрi va bezaklar tufayli Yevropada mashxur boʻlib ketdi. Brendning qiymati 11,9 milliard AQSH dollariga teng deb aytiladi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Audi – dunyodagi eng serhasham avtomobil rusumlaridan biri. Volkswagen kompaniyasiga tegishli avtomobillar juda ommabop va xaridorgir boʻlib qolmoqda, 2016 yilda esa kompaniya tomonidan 1,9 million avtomobil ishlab chiqarildi. Kompaniya Forbes Most Valuable Brands roʻyxatidan 37 oʻrinni egalladi va qiymati 14,1 milliard AQSH dollariga baholandi.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

Germes 1837 yilda modelyer Tyerri Xerme (Thierry Hermes) tomonidan tashkil qilingan. Ayni kunlarda brend kiyim-kechak, poyabzal, soatlar, galstuklar va boshqa koʻplab moda aksessuarlarini ishlab chiqaradi. Hermes brendining qiymati 10,6 milliard AQSH dollariga teng.

Eng qimmat lyuks brendlarining narxi qancha ekanligini bilasizmi?

2014 yilda oʻzining 160 yilligini nishonlagan Louis Vuitton sayyoramizdagi eng dabdabali brendlardan biri. Kompaniya kiyim-kechakdan tortib poyabzal, sumkalar va qoʻl soatlariga qadar modaga oid boʻlgan barcha narsalarni ishlab chiqaradi. Brendning qiymati 28,8 milliard AQSH dollariga tengdir.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar