Boysunda joylashgan dunyodagi eng chuqur gʻor suratlari



Ushbu gʻor 1984 yilda rossiyalik tadqiqotchilar tomonidan topilgan, biroq 1990 yilda britaniyaliklar birinchi boʻlib bu yerda tadqiqot boshlashdi. Gʻorga 70-yillarning ilmiy-fantastik filmi boʻlgan Dark Star (Qora yulduz) nomini berishgan.


Bugungi kunda Gruziyadagi Krubera gʻori eng chuqur gʻor hisoblanadi - 7,208 fut. Ekspeditsiya davomida «Qora yulduz»ning chuqurligi bir kilometrni tashkil etdi va u yerda yana pastga yoʻl borligi ham maʼlum boʻldi. Tadqiqotchilar gʻor tubi 2650 metr chuqurlikda ekanligini aniqladi. Bu esa Gruziyadagi Krubera gʻoridan 500 metr chuqur hisoblanadi.
Mazkur «Yerosti Everesti» Kruberadan bu nomni tortib olishga daʼvogar boʻlib turibdi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



