Dunyoni tubdan oʻzgartirib yuborgan 10 tibbiy kashfiyot

Oʻtgan yillarda tibbiyot fanida roʻy bergan yangiliklar maʼnaviy eskirgan avvalgi muolajalarga oʻrnini toʻldirib berdi va avval oʻrganilmagan tibbiy muammolarning koʻp qismini hal etdi. Shuningdek, texnologiya ham tibbiyot fanini oldingiga nisbatan yanada samaraliroq va tengi yoʻq qilish yoʻlda oʻzining salmoqli xissasini qoʻshdi. Bu yerda tibbiyot fanini tubdan oʻzgartirgan tarixiy ihtirolar nazarda tutilmoqda.

Stetoskop ihtiro qilinishidan avval shifokorlar oʻz bemorlarining yurak urishlarini qulogʻini uning koʻkragiga qoʻygan holda eshitib koʻrar edilar. Ammo ushbu usulning samarasi juda kam boʻlgan. Masalan, agar patsientda sezilarli darajada yogʻ qatlami yuzaga kelgan boʻlsa bu uslubning umuman foydasi yoʻq edi. Fransuz shifokori Rene Lennek aynan mana shunaqa vaziyatga duch kelib qolgan va patsientlaridan birining koʻkrak sohasida yogʻ toʻplanib qolgani tufayli uning yurak ritmini aniq baholay olmagan.
U oʻpka va yurakdan taralayotgan ovozlarni kuchaytira oladigan, yogʻochli naycha shaklida “stetoskop”ni ixtiro qildi. Ovoz kuchaytirishning bu printsipi bugungi kunga qadar oʻzgargani yoʻq.

Bugungi kunda rentgen tasviri texnologiyasisiz suyak sinishi kabi travmalarga tashxis qoʻyish va toʻgʻri davolashni tasavvur qilish qiyin. Rentgen nurlanishi nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen elektr tokini oʻta past bosimdagi gaz orqali oʻtishini tadqiq qilinayotgan paytida tasodifan aniqlagan.
Olim bariy-platinotsianid bilan qoplangan elektron-nurli trubka qorongʻulashtirilgan xonada fluorestsent yorugʻlik bilan yoritib turganini sezib qoldi. Katod nurlari koʻrinmas boʻlgani uchun u bunday yorugʻlikni qanday nurlar berayotganini bilmas edi va ularni rentgen nurlari deb atay qoldi. Olim oʻz ixtirosi uchun 1901 yilda tarixda ilk bor fizika fanidan Nobel mukofotini olishga sazovor boʻldi.

Bugungi kunda termometrlar shu darajada koʻpayib, keng tarqalib ketdiki, xatto uni kim ixtiro qilganini ham aniqlash imkoni yoʻq. 1714 yilda Gabriel Farengeyt ilk bor simobli termometrni ixtiro qildi. U xozirgi kunga qadar ishlatiladi. Garchi shunday boʻlsada, haroratni oʻlchashning datslabki uskunasi 1500-chi yillarning oxirida Galiley tomonidan ixtiro qilingani haqida ham maʼlumotlar bor.
Ushbu vosita suyuqlikning zichligi xaroratga nisbatan oʻzgarishi prinsipiga asoslangan edi. Biroq, bugungi kunda simob bilan zaxarlanish xavfi tufayli asta-sekinlik bilan raqamli termometrlar simob termometrini chetga surib chiqarmoqda.

Odamlar antibiotiklarning paydo boʻlishini Aleksandr Fleming penitsilinni kashf etishi bilan bogʻliq deb oʻylashadi. Aslida antibiotiklar tarixi 1907 yilda Alfred Bertxaym va Paul Erlix tomonidan “salvarsan” ixtiro qilinganidan boshlanadi. Bugungi kunda “salvarsan” deganlari “arsfenamin” nomi bilan tanilgan. Bu sifilisga qarshi samarali natija bergan birinchi dori vositasi boʻlgan va aynan u antibakterial davolanishning boshlanishiga asos solgan.
Aleksandra Fleming 1928 yildagi penitsilinning bakteriyalarga qarshi xususiyatlarini ixtiro qilinishi bilan antibiotiklar ommaviy eʼtiborni jalb qilishiga olib keldi. Bugungi kunda antibiotiklar tibbiyotni tubdan isloh qildi va vaksinalar bilan uygʻunlikda tuberkulyoz kabi ayrim kassalliklarni deyarli ildiz bilan quritib tashladi.

Teri osti inyeksiyalari uchun ignalar oʻz soddaligiga qaramay bor-yoʻgʻi 150 yil oldin ixtiro qilingan. Bundan oldin Qadimiy Yunonistonda va Rimda shifokorlar organizmga suyuqlikni kiritish uchun ingichka ichi boʻsh dastgohlardan foydalanishgan. 1656 yilda Kristofer Ren gʻoz pati orqali itning vena qon tomiriga inyeksiya qilingan edi.
Teri osti inyeksiyalar uchun zamonaviy igna Charlz Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan taxminan 1800 yillarning oʻrtalarida ixtiro qilingan. Bu turdagi ignalar bugungi kunda davolanishda dori vositasining toʻgʻri dozirovkasini tana ichiga kiritish, shuningdek, biologik suyuqliklarni imkon qadar ogʻriqsiz va yuqishning oʻta minimal ehtimoli bilan chiqarib tashlash uchun ishlatiladi.

Koʻzoynaklar – odamlar odatda oddiy buyum sifatida qabul qiladigan, aslida esa tibbiyotdagi buyuk inqilobiy oʻzgarishlardan biri. Bugungi kunda birinchi koʻzoynakni kim oʻylab topganini biz uchun nomaʼlum. Bir necha asrlar avval olimlar va monaxlar zamonaviy koʻzoynaklarning koʻz oldida qoʻl bilan ushlab turilishi kerak boʻlgan dastlabki timsollaridan foydalanganlar.
1800 yillarning oxirlarida bosma kitoblar koʻpayishi bilan uzoqni yaxshi koʻra olmaslik hollari koʻpayib ketgan va bu koʻzoynaklarni ommaga joriy qilinishiga sabab boʻlgan.

Oʻta muxim boʻlgan mazkur kashfiyot avstraliyalik ikki olim Mark Xill va fizik Erik Butlarning 1926 yildagi ishlari hosili boʻldi. Prototip- bu qutblarining biri tuz eritmasi bilan shimdirilgan yostiqchaga ulangan, ikkinchisi – patsientning yurak kamerasiga qoʻyiladigan koʻchma qurilma edi.
Qurilmaning besoʻnaqay dizayniga qaramay tadqiqotchilar uning yordamida oʻlik tugʻilgan bolani hayotga qaytara olishgan. Bugungi kunda kardiostimulyatorlar ancha murakkab tuzilishga ega, ulardagi batareyaning oʻrtacha xizmat qilish muddati 20 yilni tashkil etadi.

Rentgen nurlarining kashf etilishi tana aʼzolarini jarrohlik amaliyotlarimiz tahlil qilish, ularni yanada koʻproq oʻrganish va oʻzgacha davo uslublarini izlash sayi-harakatlari sonining keskin oshishiga olib keldi. Bu keyinchalik KT-skanneri, yaʼni kompyuterlashgan tomografiya skannerining ixtiro qilinishiga sabab boʻldi. Uning tichoriy shakli 1979 yilda tibbiyot boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritigan doktor Godfri Xaunsfild tomonidan ixtiro qilingan edi.
KT-skaner rentgen tasviri insonning “ichki aʼzolarini bir necha qatlamlarini” aks ettira olar edi. Bundan keyin koʻp oʻtmay doktor Raymond V. Damadyan yadroviy magnit rezonansdan foydalangan holda saraton va oddiy kletkalarni differentsiatsiya qilish uslubini ixtiro qildi. Bu uslub keyinchalik ancha muvofiqlashtirildi va MRT (magnitniy rezonansniy tomograf) deb atala boshladi.

Jismoniy kamchiliklar bilan hayot kechirish – nafaqat jismoniy, balki aqliy va emotsional darajadagi juda ogʻir holatdir. Protezning ixtiro qilishini nogiron insonlarga faqat aravachalar va qoʻltiqtayoqlar bilan chegaralanib qolmasdan yashash imkonini beradigan katta oʻzgarish boʻldi.
Zamonaviy protez metalldan koʻra yengilroq va mustahkamroq boʻlgan uglerodli toladan ishlab chiqarilgan va shuningdek, u xaqiqiy tana aʼzosiga juda oʻxshash boʻlib koʻrinadi. Xozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan protezlar miyaning impulslari yordamida nazorat qilish imkonini beruvchi ichki mikroelektrik datchiklariga ham ega.

Yurakning defibrillyatsiyasi – yaqin tarixda joriy qilingan konseptsiya emas. Garchi u bir necha oʻn yilliklardan beri insoniyatga maʼlum boʻlsa-da, uni klinik amaliyotga kirib kelishi uchun Klod Bekka minnatdorchilik bildirsa arziydi. U jarrohlik amaliyoti paytida bir bolakay yuragining muvaffaqiyatli defibrillyatsiyasini amalga oshirdi.
Bugungi kunda defibrillyatorlar butun dunyo boʻylab millionlab hayotlarni qutqarib kelyapti.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



