Uy bekalari uchun koʻmakchi boʻlgan va taom tayyorlash vaqtini tejashga yordam beradigan 18 maslahat

Biz uy bekalarining bu boradagi vaqtini tejashga yordam beradigan va taom tayyorlash vaqtini qisqartiruvchi 18 nafar maslahatlarni sizga tortiq etamiz.

Stakanga qaynoq suv quyib chayqating va u bilan saryogʻni yopib qoʻying. Bir daqiqadan soʻng u yumshaydi va bemalol nonga surtsa boʻladigan holga keladi.

Xammaga maʼlumki, choʻyan tovalar uzoq vaqt ishlatishga moʻljallangan. Biroq, vaqt oʻtib, unda qovurilayotgan taom tinmay tagiga olib, tova yuzasiga yopishishni odat qiladi. Bu muammoni yechishga yirik osh tuzi yordam beradi. Uni tovaning tubiga toʻkib, biroz suv qoʻshing va qaynoq holatga keltiring. Tova soviganidan keyin esa gubka yordamida yuvib tashlaysiz va suv bilan bir chayib yuborasiz.

Agar makaron qaynatish maqsadida kastryulka ichiga quyilgan suvning qaynab chiqishini kutishga vaqtingiz boʻlmasa, makaronlarni tovada pishirib oling. Qizishning keng maydoni evaziga tovada suv ancha tezroq qaynaydi va taom 10 daqiqadan soʻng tayyor boʻladi.

Tuxumning sarigʻini oqidan bir zumda ajratib olish uchun juda koʻp moslamalar mavjud. Ammo, bu vazifani oddiy plastik butilka yordamida bajarish mumkinligini hamma ham bilmaydi.

Taom uchun masalliqlarni toʻgʻrash jarayoni bilan mashgʻul boʻlsangiz, pichoqning chetiga ozroq oʻsimlik moyidan surib oling. Bunday usul sizga aʼlo darajadagi sirgʻanuvchanlikni taʼminlab, mahsulotlarni pichoqqa yopishib qolishining oldini oladi. Ha aytganday, qirgʻichni ham huddi shunday usulda ishlatish mumkin.

Kabachoklarni yumshatish va poʻstlogʻini osonlikcha archib olish uchun kichik uni mikrotoʻlqinli pechda qizdirib oling.

Oshxona taxtakachining stol ustida sirgʻanib ketmasligi uchun uning tagiga nam salfetkani yoyib qoʻying.

Piyoz - koʻp taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan, juda keng tarqalgan masalliqlardan biri. Har safar piyoz archish, toʻgʻrash uchun vaqt sarflamaslik maqsadida bir nechta piyozni birdan archib, toʻgʻrab, ogʻzi bekiladigan paketga solib, sovutgichga solib qoʻyish mumkin.

Agar oldingizda butun oila uchun tezda nonushta tayyorlash vazifasi turgan boʻlsa, keks tayyorlash qoliplaridan foydalaning. Qoliplarga oʻsimlik yogʻi surtib, kolbasa, pishloq va bir boʻlak non soling, har bir qolip ichiga bir donadan tuhum chaqib, qizib turgan gaz pechida pishiring. Bir-ikki daqiqadan soʻng nonushtangiz tayyor boʻladi.

Pishloq boʻlagi sovutgichda qurib qolmasligi va chetlari qotib ketmasligi uchun, uning chetlariga saryogʻ surtib qoʻyish kerak.

Pomidorlar odatda polietilen paketlarda tezda aynib qoladi. Eng yahshisi bu sabzavotlarni qogʻoz paketlarda "dumcha"larini tepaga qaratib tahlagan koʻrinishda va honaki havo haroratida saqlagan maʼqul.

Agar qoʻziqorinlarni uzilgan kuniyoq pishirish niyatingiz boʻlmasa, ularni qogʻoz paketlar ichiga solingan holda sovutgichda saqlang.

Agar uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyursa-yu ularni kutib olishga taom tayyorlash uchun ulgurmasangiz, piyozdan tezkor gazak pishirsangiz boʻladi. Buning uchun bir necha bosh piyozni qalin doiralar shaklida kesib, har birini chaqilgan tuxum, un va suv aralashmasiga, keyin esa quritilgan non uvoqlarida botirib koʻp miqdordagi yogʻda kuchli olovda qovurib olasiz.

Eski kartoshkadan tayyorlanayotgan taom qaynayotgan paytga suvga bir qoshiq sirka, bir boʻlak sarimsoq va dafna yaprogʻi solinsa juda mazali boʻladi. Eski kartoshkani mazali tayyorlashning yana bir usuli – uni bulyonda qaynatishdir.

Oʻsimlik yogʻi qovurish paytida sachramasligi uchun tovaning tubiga ozgina mayda osh tuzidan sepib qoʻyish kerak.

Agar siz taomni gaz pechida pishirish paytida masalliqlar quruq boʻlib qolishidan havotirga tushsangiz ichiga biror idishda suv solib, joylashtirib qoʻying.

Salatning ichidagi piyozning oʻtkir mazasi va hidini susaytirish uchun bu sabzavotni toʻgʻri tayyorlashga eʼtibor qaratish kerak. Piyozni taomga qoʻshishdan oldin, uni toʻgʻrab, ustidan qaynoq suv quying va bir choy qoshiq shakar qoʻshing.

Goʻsht pishirilish jarayonida qarsildoq va qizgʻish qatlam hosil qilishi uchun uni qovurishdan avval qogʻoz salfetka bilan artib chiqish kerak boʻladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



