Zudlik bilan bizda ham paydo boʻlishi kerak boʻlgan 20 genial kashfiyotlar

Yirik tugmachalarga ega pastgi panel lift polidan sal balandroqda joylashgan. Buning qulayligi shundaki, agar sizning qoʻlingiz band boʻlsa, siz oʻz qavatingizning tugmachasini oyogʻingiz yordamida bosishingiz mumkin.

Ikki sathli ichimlik suvi favvorasi tepa qismida odamlar uchun joʻmragi va pastki qismida kichkina idishi mavjud. Chanqoqni qondirgandan keyin suvni hayvonlar va qushlar uchun ochib qoʻyishni unutmang, chunki ular ham chanqab issiqdan qiynaladilar.

Invalidlar va bolalar kolyaskalari uchun toʻppa-toʻgʻri suvning oldiga olib boradigan plyaj yoʻlakchasi. Afsuski, bunday yoʻlakcha bilan juda ham kam plyachlar jihozlangan, shuning uchun ham imkoniyatlari cheklangan odamlar oʻzlariga dam olish uchun joy topishlari qiyin.

Qopqogʻida taymeri boʻlgan tabletkalar bankachasi oxirgi ochilgan paytni belgilab qoʻyadi. Uning bunday vazifasi tufayli siz oxirgi tabletkani qabul qilgan paytingizdan qancha vaqt oʻtganini bemalol hisoblab olishingiz mumkin.

Bir biriga mindirib joylashganday ikki seksiyaga ega boʻlgan oʻziga noyob karniz pardalarni toʻlaligicha bekitish imkonini beradi. Oddiy karnizlarda buni amalga oshirib boʻlmaydi, chunki pardalar orasidagi markazda doimo boʻshliq qolib ketadi.

Turli burchaklardan togʻlarni tomosha qilish imkonini beruvchi kuzatish durbinlariga ega ustunlardagi har biр durbinda qaysi togʻni kuzatsangiz, shu togʻning nomi yozilgan tablichka mavjud.

Plyajdagi tozalik toʻgʻrisida gʻam yeganlik uchun odamlarni ragʻbatlantirishning ajoyib usuli.
Bir plyaj qahvaxonasi plyachda yigʻishtirilgan ahlat evaziga bir chashka qaxvaga ega boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida yozilgan eʼlonni osib qoʻydi. Axlat uchun savatchani muassasaning oʻzi taqdim etadi.

Bu koʻprikning toʻsiqlari shunday tarzda bukilganki, ularda bemalol oʻtirib, ajoyib manzaradan bahramand boʻlish mumkin.

Bu svetoforning shunday datchigi borki, unga nafaqadorlik yoki nogironlik guvohnomasini koʻrsatilsa, yashil chiroq odatdagidan koʻra davomiyroq yonib turadi.

Yangi velosipedchilar uchun yoʻl chizgilari va belgilariga ega boʻlgan bogʻdagi maydoncha sharoitida velosipedchilar yoʻl xarakati qoidalarini tezroq oʻrganib oladilar va xarakatlanish hududlarida velosipedda yurish uchun tayyorlanish imkoniga ega boʻladilar.

Katta odam va bola uchun moʻljallangan noodatiy argʻimchoq – bolaning koʻnglini olish bilan birga oʻz bolalik damlaringizni eslash uchun chuda qulay imkoniyat.

Aeroportlarning birida gʻayrioddiy xodim paydo boʻlib qoldi. Yoqimtoygina kichik kuchukcha juda ham eʼtiborni yaxshi koʻradi, u bilan birgalikdagi oʻyinlar esa odamlarga parvozdan oldin hayajonlanish va stressni yoʻqotishga yordam beradi.

Odamlarga siz va sizning uyingizni kuzatish imkonini yaratadigan uzoqdan turib kirish funktsiyasi toʻgʻrisida allaqachon hamma bilsa kerak, albatta. Bu muammoni hal qilib hatardan butunlay qutulish imkonini beruvchi narsa – kamera koʻzini bekitib qoʻyadigan maxsus qopqoqdir.

Qahvaxona oʻz tashrifchilariga ishlatib boʻlingan qahvadan tayyorlangan oʻgʻit paketlarini bepul taqdim etadi.

Haydovchilar yoʻlda uxlab qolmasliklari uchun, Avstraliyaning uzun shosselarida savollar va javoblar yozilgan tablichkalar oʻrnatildi.

Yigʻish sxemasiga muvofiq raqamlangan paketlarga qadoqlangan mebel detallari tufayli siz ishni nimadan boshlashni va har bir bosqichda nima ishlatilishi kerakligini yaqqol bilgan holda ishga yondosha olasiz.

Oʻziga xos svetoforlarda nafaqat dumaloq indikator-koʻzlari, balki toʻligʻicha uning asosi ham yoritiladi. Bu haydovchilar eʼtiborini jalb qilish uchun svetoforni yanada koʻzga tashlanarliroq qiladi.

Agar sizning avtoulovingiz shu tablichkaga tegib ketsa, demak siz koʻprikning ostidan oʻta olmaysiz. Oʻz transport vositasinining oʻlchamlarini tekshirishning qiziq, ammo juda foydali usuli.
Parkovka uchun faqatgina yerda emas, devorda ham boʻlgan belgilar oʻz avtomobilingizni aʼlo darajada joylab qoʻyishingiz uchun xizmat qiladi.

Kir yuvish xonasida oʻrnatilgan kichik trenajyor zali, kiringiz yuvilguniga qadar vaqtni foydali va qiziqarli oʻtkazish imkonini beradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



