Qiziqarli

Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat

Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat

Dietologlar esa bu sohada ozishning yangidan yangi va koʻpincha juda gʻalati usullarini kashf etadilar.

Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat

Butun tana krioterapiyasi (WBC) sifatida tanilgan bu usuldan foydalanilganda patsient badanining yuzasi qisqa vaqt davomida oʻta past haroratgacha sovutiladi. Bu toʻlaligicha ilmiy uslubday koʻrinishi ham mumkin. Boz ustiga, WBC ortiqcha kilogramlarni yoʻqotishdan tashqari u bezillagan asablarni tinchlantiradi va surunkali holatlar bilan bogʻliq boʻlgan alomatlarni ham kamaytirishga yordam beradi.

Bu uslub ilk bor 1978 yilda Yaponiyada paydo boʻlgan va undan teri kasalliklarini davolash, ogʻriq va spazmlaрni kamaytirish va sportchilar uchun qayta tiklanish vaqtini uzaytirish maqsadida qoʻllanilgan. Krioterapiya yordamida vuchudga keltirilgan taʼsir qon aylanishini yaxshilaydi toʻqimalarni zarur tuyintiruvchi moddalar va kislorod bilan taʼminlaydi, shuningdek, toksinlarni bartaraf qilish uchun organizmning barcha tizimlarini ragʻbatlantiradi.

Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat

Agar inson vanna qabul qilishni sevsa, chismoniy mashgʻulotlarning bu oʻrnini bosuvchisi aynan uning uchun kerak boʻlgan va unga yoqadigan narsa. Vanna qabul qilish doimo foyda keltirgan, biroq bu ortiqcha vaznni yoʻqotish uchun ham yordam bera oladimi? Toʻgʻrisini aytganda, buning imkoni bor.

Odamlar qachonlardir mashgʻulot paytidagi terlash tufayli haroratning oshishi salomatlikni mustahkamlashning eng yaxshi usuli deb oʻylaganlariga qaramay, aniqlanishicha, vanna qabul qilish kabi badanni passiv tarzda qizdirish ham salomatlik uchun shu singari oqibatlarga olib kelish mumkin ekan.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, vannaning ta"siri mashgʻulot kabi shiddatli boʻlmagan, ammo issiq vannada oʻtkazilgan bir soat yarim soat davomida qilingan saunaga tenglashtiriladi va tahminan 140 kaloriyani yoqib yuboradi. Bundan tashqari, qondagi qandning miqdori mashgʻulotlarni emas har kunlik vannani afzal koʻradiganlarda yaxshiroq koʻrsatkichlarga ega boʻladi.

Aniqlanishicha, shuningdek, issiq vanna shamollashni oldini oluvchi yuqori taʼsirga ega, bu esa organizm kasalliklarga qarshi kurashishga va surunkali shamollashga qarshilik koʻrsatishga qodirroq ekanligidan darak beradi.

Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat

Tabiiyki, “ozish uchun dori”larning 99 % foizi oddiy yolgʻon holos. Sotuvda hatto mashgʻulotlar oʻrni bosa oluvchi tabletka paydo boʻlishi ham mumkin. U mashgʻulotlarga jismonan tayyor boʻlmagan odamlar uchun moʻljallangan, biroq undan hamma foydalanishi mumkin. Bu preparat chidamlilikni oshirishi va hech qanday xaqiqiy mashgʻulotlarsiz ortiqcha vazndan qutilishga yordam bera olishi ham vaʼda qilinadi.

Uning taʼsiri “energiya tugab qoldi, deya tahmin qila boshlagan hujayralarni aldash”ga asoslangan. Maʼlum molekulyar taʼsir yoʻli bilan u hujayralarni energiya ishlab chiqaruvchi qand metabolizmiga undaydi.

Muammo shundaki, bu preparat hech ham Mahsulotlar va dori moddalar nazorati Boshqarmasining sertifikatlashtirishidan oʻta olmaydi. Ammo bu uni Dopingga qarshi kurashish komiteti tomonidan taqiqlanishiga toʻsqinlik qila olmadi. Birinchi navbatda “516 preparati” oʻsmirlik paytida harakatsizlik va mushaklarning sillasi qurishdan oʻladigan, Dyushen mushaklar distrofiyasiga ega boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan.

Bu karomati kuchli preparat buyrak yetishmovchiligi, yurak jarrohligining nojoʻya taʼsiri va amiotrofik skleroz, Parkinson kasalligi Xantington kasalligi bor va invalidlik aravachalariga bogʻlanib qolgan odamlarga yordam berishi kerak.

Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat

Bu aqlga sigʻmas darajada eshitilsa ham, gipnoz oʻz salomatliklarini jismoniy mashgʻulotlarsiz taʼminlash istagidagilar uchun yordam boʻla oladi. Giptoterapevt va neyrolingvistik dasturlash boʻyicha kuchli mutaxassis Xolli Stouksning taʼkidlashicha gipnoz “ishtaha”ni muvaffaqiyatli “oʻchirib” qoʻyishi, insonni koʻtarinki ruhiga taʼsir qilmagan holda doimiy haddan ortiq ovqatlanishni toʻhtatib qoʻyishi mumkin.

Uning eng katta kamchiligi – qiymati, chunki har bir seansi bir soatiga 100 dan 250 gacha AQSH dollariga teng, sugʻurta kompaniyalarining koʻpchiligi esa harajatlarni qoplamaydi.

Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat

hCG (XGCH) yoki xorionik gonadotropin — bu ayollar homiladorligi paytida organizm ishlab chiqaradigan gormon. hCG ni oʻz ichiga olgan parhez xaqiqatdan ham ishlaydi, ammo u oʻzining bahosiga ega. hCGni qabul qilish shuni talab qiladiki, uni qabul qiluvchi patsient maxsulotlarning qatʼiy roʻyhatiga rioya qilishi kerak. Unga bir kuniga faqat 500 kaloriyaga ruxsat beriladi.

Koʻpchilik odam bir marta ovqatlanishning oʻzidayoq bundan koʻproq istʼemol qiladi. Bu parhez nafaqat oʻta chegaralovchan, u xavfsiz emas ham. Kaloriyaning bunday kichik miqdori va yogʻlardan voz kechgandan keyin odam oʻt pufagidagi tosh, bir maromdagi yurak urish ritmining yoʻqolishi va elektrolit muvozanatining yoʻqolishi va doimiy ochlik hissiyotiga duch kelishi mumkin.

Shuni unutmangki, toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzining oʻrnini bosa oladigan alternativaning oʻzi yoʻq!

Yetakchi dietologlardan ortiqcha vazndan qutilish uchun 5 antiqa maslahat
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar