Texnologiya

Sogʻliqni saqlashga yordam beradigan 5 nafar eng zoʻr moslama

Sogʻliqni saqlashga yordam beradigan 5 nafar eng zoʻr moslama

Ularning taomnomasida deyarli hech qachon sogʻlom turmush tarziga mos boʻlgan namunalarni uchratmaysiz, shu bilan birga, faol boʻlish uchun ularning vaqtlari ham, istaklari juda ham kam. Inson qaysi toifaga kirishi ahamiyatli emas, bu maqoladagi besh nafar moslama unga doimo yaxshi jismoniy qaddi-qomat ega va sogʻlom boʻlish uchun yordam bera oladi.

Sogʻliqni saqlashga yordam beradigan 5 nafar eng zoʻr moslama

Inson oʻz sogʻligʻi uchun bajara oladigan, biroq, doim ham qadriga yeta olmaydigan amallardan biri ogʻiz boʻshligining parvarishidir. Bu talabga rioya qilmaslik hayot sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin, vujudga kelgan muammolarni bartaraf etilishi esa juda qimmatga tushishi ham aniq. Elektrik tish choʻtkalari mislsiz darajada foydali, biroq ularning hammasi ham bir hil emas.

Masalan, Quip choʻtkasi hamma uchun jozibador qilib koʻrsatish maqsadida ishlab chiqilgan (turli rang va turdagi modellar mavjud). Shuningdek, u ogʻiz boʻshligʻini bekami-koʻst tozalashni taʼminlay olishi uchun tebranishlarning eng samarali miqdoriga moslashtirilgan.

Quip xatto gʻayrioddiy xizmatni ham koʻrsatadi: atigi 5 dollar evaziga kompaniya choʻtkaning tukchali qismlaridan iborat almashtiriladigan toʻplamlarini yetkazib berib turadi.

Sogʻliqni saqlashga yordam beradigan 5 nafar eng zoʻr moslama

Agar biror kimsa yugurish uchun yugurishni sevadigan odamlar toifasiga taaluqli boʻlmasa, unda, bu kishi uchun tetiklashtiruvchi sayrga chiqish maqsadida bahona topish oson boʻlmaydi, albatta. Koʻpchilik odamlar yugurish uchun qiziqtiruvchi sifatida musiqadan foydalanadilar. Muammoli joyi shundaki, quloqchinlarning aksariyat qismi faol harakatlar uchun moʻljallanmagan va shuning sababli ham yugurganda foydalanish uchun umuman toʻgʻri kelmaydi.

Bunday mashgʻulotlar uchun Jaybird Run tomonidan maxsus simsiz quloqchinlari ishlab chiqarilgan. Ular nafaqat simsiz, balki ularning yuqori qismi quloqlarga zich yopishib turadi, bundan tashqari, ular terga va suvga nisbatan ham chidamli. Gadjet qayta zaryadka olmagan holda toʻrt soat tinmay musiqa ijrosini taʼminlab berishiga qaramay, toʻplam tarkibida yana sakkiz soatga moʻljallangan batareya bloki ham sotiladi.

Nima ham derdik, ofarin! Biroq, bunday quloqchinga ega boʻlib qolsangiz, undan faqatgina sport maydonchasida yoki transport vositalari harakati mavjud boʻlmagan bogʻlarning yugurish yoʻlaklaridagina foydalanishga masalahat bergan boʻlardik.

Sogʻliqni saqlashga yordam beradigan 5 nafar eng zoʻr moslama

Inson sogʻlom qolishi uchun barcha imkoniyatni ishga solgan taqdirda ham dabdurustdan kasal boʻlib qolishdan hech kim yuz foizga himoyalanmagan. Bunda kasallik uydagi bolalarga ham yuqib qolish ehtimoli baland boʻladi. Shuning uchun ham, har qanday inson uchun Nokia Thermo Smart termometri juda asqotadi.

Bu termometr kasal odamning peshonasiga qoʻyilsa bas, u darhol badanning aniq haroratini koʻrsata oladi. Termometr Wi-Fi orqali iPhone yoki Android mobil moslamasidagi ilovaga ulanadi.

Sogʻliqni saqlashga yordam beradigan 5 nafar eng zoʻr moslama

Agar inson aslida qanchalik sogʻlom ekanligini bilish niyatida boʻlsa, oʻz qon bosimini oʻlchab koʻrish kerak. Albatta, koʻpchilikning uyida tonometr boʻlmasligini hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, buni amalda bajargandan koʻra, u toʻgʻrisida gapirish oson.

Omron Evolv Bluetooth Wireless Upper Arm qon bosimini nazorat qilishning simsiz monitori Amazon Alexa bilan kirishimli va shuningdek, iOS va Android platformalariga ega boʻlgan smartfonlar bilan ishlovchi Omron Connect bepul ilovasiga ulanadi.

Sogʻliqni saqlashga yordam beradigan 5 nafar eng zoʻr moslama

Haqiqatan foydali ichimlik izlagan insonlar boʻlsa, ular uchun eng yaxshi variant – bu sharbatlar. Bundan ham yaxshirogʻi – yangi siqib chiqarilgan sharbat hisoblanadi. Agar qoʻl ostida Philips kabi sharbatsiqqich boʻlsa, bunday ichimliklar sanoqli daqiqalar ichida tayyorlash oson.

PHILIPS Juicer Extractor Quick Clean Viva Collection sharbatsiqqichining dizayni juda ihcham, shuning uchun ham, uni oshxonaning istalgan joyiga oʻrnatib qoʻyish mumkin.

Sharbatsiqqich birvarakayiga 1,5 litr miqdorida sharbat tayyorlashi mumkin va shu bilan birga reza mevalar uchun moʻljallangan maxsus voronkaga ega. Moslamaning konstruksiyasi mevalarning qolgan etini maxsus konteynerga yigʻishi koʻzda tutilgan, shuning uchun ham sharbatsiqqichning boshqa qismlarini undan tozalashga zarurat qolmaydi. Sharbatsiqqich Quick Clean texnologiyasi bilan jihozlangan, uning shakli esa qurilmaning yuvilishini ancha osonlashtiradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar