Qiziqarli texnologiyalar: Samarali va effektiv yashashga yordam beradigan 10 ta aqlli uy gadjetlari


Bugungi kunda smartfonlar har bir odamning hayotida ajralmas gadjeti va yordamchi boʻlib qoldi. Xozirning oʻzida hayotning deyarli har qanday jabhasini yaxshilashga yordam bera oladigan ilovalar mavjuddir. Lekin bularga qaramay, uy gadjetlari haqida unutmaslik kerak, ular ham komfort va qulaylik yarata oladilar.

Shaharda yashaydigan odamlar uchun kvartiraning oʻzida ekologik toza tarzda oʻsimliklar oʻstirishning ideal yoʻlidir. Qurilma quyosh nurini imitasiya qiluvchi, nazorat qilinadigan oq nurni 8 soat davomida taʼminlaydi, bu esa, oʻsimliklarga uy sharoitida effektiv oʻsish imkonini yaratadi. Spigo Indoor suv datchigiga ham ega boʻlib, u qoʻshimcha qurilma rezervuarda qancha suv qolganini aniqlashga yordam beradi. Uning kompakt hajmi gadjetga oshxonada yoki ofis stoliga sigʻishiga imkon beradi.

Oʻz taomining ozuqaviy qiymatini va kaloriyaviyligi haqida aniq maʼlumotlarga ega boʻlishni istaganlar, lekin shtrix-kodlarni skandan oʻtkazib va Internetda maʼlumotlar qidirishga vaqt sarflashni istamaydiganlar uchun bu gadjet bilan tanishib chiqishni maslahat beramiz. Sonli oshxona shkalasi yanada sogʻlomroq hayot tarziga yordam beradi, chunki shakar, kaloriyalar, yogʻlar va boshqa koʻp narsalarni nazorat qiladi.

Agar kishi har doim biror narsasini yoʻqitib yursa, mazkur gadjet unga kerak zarur boʻladi. Endilikda TrackR pixel ni har qanday buyumga, brelok sifatida, mahkamlab qoʻyish mumkin boʻlib, oʻz telefonidan TrachR ilovasi bilan birga qoʻllash mumkin. Agar u buyum yoʻqolib qolsa, u holda kuzatish datvhigi va brelokning ovozli xabar berishi yordamida uni onson topish mumkin boʻladi.

Bu qurilma qovurish vaqtida 75% ga kamroq yogʻ ishlarish imkonini beradi, bu esa sogʻliqqa ijobiy taʼsir qiladi. U taomni sifatiga va mazasiga zarar yetkazmay, bir tekkis va tez qovuradi.

Uy hayvonlarini ovqatlantirish jarayonini, uy hayvonining turi va vaznidan kelib chiqqan holda uning isteʼmol qiladigan kaloriyalarni hisiblaydigan, ovqatlanish idishi bilan amalga oshirishni onsonlashtirish mumkin. U smartfonga oʻrnatilgan ilova bilan birgalikda ishlaydi, shuning uchun maʼlumotlarni onson kuzatish va uy hayvoniga qancha miqdorda ovqat berishni belgilash mumkin.

Deyarli barcha oʻz tish choʻtkasi tozaligi haqida qaygʻurmaydi, koʻpi bilan uni yuvib yuboradi. Bu qurilma tish choʻtkasini har ishlatishdan soʻng oʻzi tozalay oladi. U ultrafiolet nurlanish texnologiyasini ishlatadi. Bunday texnologiyani shifoxonalar va suvni yuqori darajada tozalash jarayonida qoʻllaniladi.

Agar siz yuz teringizni yangilash va uni oqartirishni israsangiz, FOREO LUNA 2 haqiqiy moʻjiza yaratishi mumkin. Bu devays ynada yorqin va jiloli terini T-Sonic pulsasiyalarikuchini qoʻllagan holda "tuxfa" qilishi mumkin. Hamda u yuz poralarini tozalash va kir va makiyajni ketkaza oladi. Foydalanuvchi oʻzi pulsasiyalar kuchi va chastotasini belgilashi mumkin.

Agar sizga dushda kuylashni yaxshi koʻrsangiz, bu kabi dinamik buni telefondan Bluetooth yordamida chalinadigan musiqa ostida amalga oshirishga imkon beribgina qolmay, balki muhim qoʻngʻiroqlarga ham javob berish mumkin boʻladi. Hamda bu hali hammasi emas: u suvni tejash texnologiyalariga ega boʻlib, dush boshidan onson yechiladi. Shuning uchun mazkur gadjet uyda barcha xonalarda dinamik sigatida ishlatilishi mumkin.

Oʻz uyida doimo taʼmirlash, oʻzgartirishlar va turli yaxshilashlar qilishni juda koʻp odamlar yaxshi koʻradilar. Bunday odamlarga ruletka har doim ruletka kerak boʻladi. Bugungi kunda aqlli raqamli eTape16 kabi ruletkalar mavjud boʻlib, u barcha oʻlchashlarni aniq tasvirlaydi va soʻnggi maʼlumotlarni yodida tutadi. Mazkur devays turli oʻlchov birliklarini qoʻllashga ham imkon berib, bundan tashqari obi havo sharoitlariga chidamli va uzoq muddat xizmat qila oladi.

Deyarli har kim ham oʻz uyi haqida gap borganda yanada ogoh boʻlishni istaydi. Mazkur eshik uchun qoʻngʻiroq havfsizlikning eng mustaxkam qurilmasi hizoblanadi. U eshik qoʻngʻirogʻini chalgan mehmon bilan uy egasiga, DorBell ilovasi yordamida, u uyda boʻladimi, yoʻqmi video chat orqali suhbatlashish imkonini beradi. U hattoki oʻzi uy egasining smartfoniga uy eshigiga yaqinlashayotgan odamlar surʼatlarini olib, yuboradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



