Qiziqarli

Sanoqli soatlarda 3D-printer yordamida barpo etilgan aʼlo darajadagi ixcham uy koʻrinishi

Sanoqli soatlarda 3D-printer yordamida barpo etilgan aʼlo darajadagi ixcham uy koʻrinishi

Koʻchmas mulk, xususan, turar joy bugungi kunda dunyodagi eng qimmat narsalardan biri boʻlib boryapti. Uni xatto muvaffaqiyatga erishgan odamlar ham doim xarid qila olmaydi. Shuning uchun ham, doim nafaqat jadal surʼatda, balki sifatini yoʻqotmagan holda tejamkorlik bilan qurilish ishlarini bajarish imkonini yaratadigan texnologiyalar doimo alohida etiborni oʻziga tortadi.

Sanoqli soatlarda 3D-printer yordamida barpo etilgan aʼlo darajadagi ixcham uy koʻrinishi

New Story notijorat tashkiloti Icon qurilish kompaniyasi bilan birga, turar joyiga ega boʻlmagan kishilar uchun qurilish sohasidagi oʻta tejamkor turar joy maskanini yaratishda uch oʻlchamli bosma ishlari jarayonining imkonlarini tadqiq qilish boʻyicha keng koʻlamdagi loyiha tashabbusini ilgari surdilar. Oʻzining oʻta romantik va xayoliy tuyulishiga qaramay, bu loyiha kelajakda yirik tijoriy istiqbollarga ega.

Sanoqli soatlarda 3D-printer yordamida barpo etilgan aʼlo darajadagi ixcham uy koʻrinishi

Uylarni yaratish uchun bevosita Icon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Vulcan rusumli qurilishga moʻljallangan maxsus 3D-printeridan foydalanilgan. Moslamaning umumiy ishlash tartibi istalgan turdagi boshqa uch oʻlchamli printerning ishlash tartibi bilan bir hil. Biroq boshqalardan boʻlgan eng katta farqi shundaki, qurilish kompaniyasining bu maxsuloti toʻlaligicha harakatlanuvchan.

Sanoqli soatlarda 3D-printer yordamida barpo etilgan aʼlo darajadagi ixcham uy koʻrinishi

Bunday uy birining ustiga biri quyiluvchi bir necha qatlamlarga boʻlinib quriladi. Bu jarayon yetarli darajada jadal surʼatda va mislsiz yuqori sifat bilan bajariladi. Tajriba davomida kompaniya tomonidan shu tariqa umumiy maydoni 32 kvadrat metrga teng bir necha turar joy “chizib chiqilgan” edi. Odamlar oʻz qoʻllari yordamida bajaradigan ayrim narsalar - uyning tomini, derazalar va eshiklarni oʻrnatadilar.

Sanoqli soatlarda 3D-printer yordamida barpo etilgan aʼlo darajadagi ixcham uy koʻrinishi

Bunday turar joy namunaviy nusxasining tannarhi atigi 10 ming AQSH dollariga teng boʻlgan. Ishlab chiqarish jarayoni 48 soat davom etgan. Icon kompaniyasining muxandislarining komil ishonchiga qaraganda, ishlab chiqarish jarayonini tinmay optimal muvofiqlashtirish xisobiga eng yaqin oylarda bu ikkala raqamni yanada qisqaritirilishiga erisha olar ekanlar.

Icon kompaniyasining maqsadi - uy qurilishining muddatini 24 soatgacha qisqartirish, shu bilan birga uni ishlab chiqarish qiymatini 4 ming AQSH dollarigacha qisqartish. Biroq, mutaxassislar xatto shuni ham uch oʻlchamli bosma texnologiya imkoniyatlarining chegarasi deb hisoblaganlari yoʻq. Ular maqsadlaridagi koʻrsatkichlarga 2019 yilning boshidayoq erishishni rejalashtirmoqdalar.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar