Qiziqarli

Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?

Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?

Devorlarga qanday qilib oʻziga xoslikni berish boʻyicha oddiychasiga boʻyashdan tashqari oʻnlab oʻziga xos uslublar mavjud. Ularni amalga oshirish uchun albatta dizaynerlarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun qoʻl ostidagi eng oddiy narsalarni ishlata bilish va... fantaziyaga erk berish kerak, xolos!

Oboylarni, yaʼni gulqogʻozlarni qayta yopishtirib chiqish uchun qancha kuch sarflanadi? Buning uchun eskilarini sidirib tashlash, devorlarni yaxshilab tayyorlash, uyning ichidan qurilish chiqindisini tashqariga chiqarib tashlash kerak boʻladi. Boʻyashda hammasi ancha osonroq: boʻyoqning yangi qatlamini eski boʻyoq qatlamining ustiga surtish mumkin.

Surat tanlash, kerilib ketayotgan choklar, boʻshab qolayotgan tilimlar boʻyicha hech qanday muammolar yoʻq. Bundan tashqari, boʻyoqni yuvuvchi vositalar bilan tozalash mumkin. Shuning uchun ham, yosh bolalari yoki uy hayvonlari bor xonadonlar uchun bu eng benuqson tanlov.

Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?

Oʻziga xos teksturani yaratish uchun nima kerak boʻladi? Qoʻl ostingizdagi vositalar. Quyida oddiy sellofan, idish-tovoq yuvish gubkasi, supurgi, poyafzal tozalash choʻtkasi va oddiy lattadan foydalanish sirlari.

Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?

Devorning yuzasi gʻijimlangan qogʻozdek koʻrinishi maqsadida shunday bezak berish uchun oddiy sellofandan foydalanish kerak. Kattaroq paketni oling, uni oʻrtasidan kesing va ochib tashlang. Shunda qoʻlingizda bitta katta sellofan qiyqimi qoladi.

Devorni valik yordamida boʻyang, sellofanni yassi yopishtiring, gʻijimlangan joylarini tekislamay turib, iz qoldirish maqsadida, sellofan ustidan valikni yurgizib oʻting. Shundan keyin oʻng tarafdagi tepa burchakdan asta tortib selofanni yeching. Bu juda oddiy, samarasi esa – qoyil-maqom!

Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?

Teksturali yuzani yaratishda oddiy latta ham madad boʻlishi mumkin. Devorni avvaldan istalgan rangga boʻyab chiqish kerak, keyin esa boʻyoqning ichida lattani hoʻllab, yaxshilab gʻijimlab, butun devor boʻlab bostirib chiqish lozim. Izlarni bir-biriga chips taqab qoldirish darkor, shunda boʻyalgan devor bir marom bilan boʻyalganligi koʻrinadi.

Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?

Boʻyoqqa botirmagan holda oppoq lattani ham ishlatish mumkin, natijada, devorlarning рangi kamroq toʻyingan boʻlib koʻrinadi. Matoni valikka oʻrab qoʻyish mumkin. Turlilikka erishish uchun iplarni va turli tugunchalarni ham qoʻshib qoʻyish mumkin. Bunday valik bilan boʻyab chiqish qoʻl bilan boʻyashdan koʻra tezroq boʻladi, natijasi esa hech kam boʻlmaydi.

Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?
Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?
Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?

Supurgi yoki popuk yordamida zoʻrgʻa bilinadigan vertikal yoʻllari bor fon yaratsa boʻladi. Boʻyash yanada qiziqarliroq tuyulishi uchun, birinchi qatlamga och boʻyoq, ikkinchisiga toʻq boʻyoqni berish mumkin. Eng yaxshisi teksturali boʻyoq ishlatilgani maʼqul, u ancha quyuq va undagi tasvir ham yaqqol koʻzga tashlanuvchan boʻladi.

Ishqalanib ketmasligi uchun, ikkinchi qatlamni tahminan yarim soatdan keyin tushirish kerak. Kontrast boʻyoqni tushirib boʻlishingiz bilan, tekstura berishga kirishing: supurgini mahkam bostirib, uzmay va toʻhtab qolmay shiftdan polgacha torting.

Agarda matoni eslatuvchi bezak hosil qilishni hoxlasangiz poyafzal uchun dagʻal choʻtkadan foydalaning. Uni qoʻlda ushlash supurgidan koʻra ancha osonroq. Dastlab vertikal yoʻllarni bosing, keyin gorizontallarini. Yoʻlli bezaklar aniq va ravshan, bir teksilikda boʻlishi uchun supurgi yoki choʻtkani boʻyoqning qoldiqlaridan doim tozalab turing.

Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?

Donador fakturaga ega boʻlishni xohlaysizmi? Unda oddiy porolon gubkasidan foydalaning. Gubka yordamida boʻyashning eng asosiy siri shundaki, ish boshlashdan avval sponjni boʻyoqning ichiga botirish olish, keyin esa uning ortiqchalaridan tozalab tashlash kerak.

Devorlarni qanday qilib ortiqcha sarf-xarajatlarsiz, oddiy gubka, latta va supurgini ishlatgan holda boʻyash mumkin?

Sponjni quritish uchun uni qogʻozga artib yuborsa boʻladi. Shundan keyin, izlarni yangi boʻyalgan devorga bosib chiqing. Harakatlar siz nam dogʻlar qoldirish maqsadida bostirayotganingizday boʻlishi kerak. Bir xillikdan qochish maqsadida qoʻl holatini tez-tez almashtirib turilishi foydali.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar