Qiziqarli

Insonni baxtli qilishga qodir 40 ta oddiy va mayda narsa

Insonni baxtli qilishga qodir 40 ta oddiy va mayda narsa

Odamlarning aksariyati optimistlar ekanligini bilib hayratlanishingiz mumkin: kattalarning yarmidan koʻpi quyidagi narsalarning 56%ida oʻzlarini juda baxtli deb bilishadi. Soʻralganlarning toʻrtdan biridan koʻprogʻi, yoqimli mayda narsalar har doim koʻnglini koʻtarishini aytdi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, kichik syurprizlar bizga koʻproq quvonch bagʻishlaydi va respondentlarning 82% hayotdagi eng yaxshi narsalar kutilmagan yoqimli hodisalarda deb aytishgan.

Nottingem universiteti psixologiya boʻyicha katta oʻqituvchisi doktor Glenn Uilyams shunday deydi: «Baxtga olib boradigan yoʻl katta rejalashtirilgan tadbirlar -turmush qurish, sayohat, muhim lavozimga koʻtarilish yoki taʼtilga chiqishlardangina iborat emas. Aksincha, ular hayotda kichik va koʻpincha kutilmagan, bizni har kuni tabassum qilishgan undaydigan quvonchlardadir. Bu narsalar bizning va boshqalarning hayotini yanada baxtli va mazmunli qilishga yordam beradi. "

Quyida  kundalik hayotda bizni xursand qiladigan eng oddiy 40 ta kichik narsalarni toʻpladik:      

Insonni baxtli qilishga qodir 40 ta oddiy va mayda narsa

1. Choʻntakdan uzoq vaqtdan beri unitilgan pulni topib olish.

2. Siz befarq boʻlmagan insondan “Ahvollaring qalay?” degan savolni eshitish.

3. Yangi yoki boʻlmasa toza choyshabda uhlash.

4. Choʻmilish yoki dush qabul qilish.

5. Koʻchada notanish bolakayga tabassum qilish.

6. Uqalash mashqlarini qabul qilish.

7. Kunni boshlashdan oldin yaqinlarni bagʻringizga bosish.

8. Uygʻonib, tashqaridagi quyoshli va goʻzal tongni qarshilash.

Insonni baxtli qilishga qodir 40 ta oddiy va mayda narsa

9. Sevgan va uzoq vaqtdan beri eshitmagan odamingiz bilan uzun suhbat qurish.

10. Hech qayerga borishga hojat boʻlmaganda divanda oʻrangan holda yomgʻirni tomosha qilish.

11. Bolalar qanday oʻynashini kuzatish.

12. Biroz vaqtni sevimli uy hayvonlari bilan oʻtkazish.

13. Notanish odam sizga qilgan samimiy tabassumini koʻrish.

14. Uygʻonishdan va kundalik ishlarni boshlashdan oldin kerishib olish.

15. Baxtli xotiralar haqida gap ketganda baland ovoz bilan kulish.

16. Farzandingiz kechki ovqat tayyorlashda yordam berishini quvonch bilan qabul qilish.

17. Maysazorda yangi sabza urgan oʻtlar hidi yoki issiqqina pishirilgan non kabi oʻzingiz yoqtirgan ifordan toʻyib nafas olish.

Insonni baxtli qilishga qodir 40 ta oddiy va mayda narsa

18. Sevgani nsoningizdan iliqlikni his etish.

19. Batareyada isitilgan kiyimni kiyish.

20. Hamma narsa tezkor ritmda aylanayotgan pallada bir necha daqiqaga toʻxtash.

21. Quyosh botishini yoki chiqishini tomosha qilish.

22. Yomgʻirdan keyin tashqaridagi hidni tuyish.

23. Sevimli qoʻshiqchining qoʻshigʻini yoki sevimli musiqiy albomni tinglash.

24. Doʻstlardan xatni elektron pochta orqali yoki jonli efirda olish.

25. Nima kasb boʻlishidan qatʼiy nazar ijodiy imkoniyatlardan foydalanish.

26. Sevgilingiz bilan qoʻl ushlashib sayr qilish.

Insonni baxtli qilishga qodir 40 ta oddiy va mayda narsa

27. Yotoqda nonushta qilish.

28. Yoshlikdagi sevimli oʻyinni oʻynash.

29. Sogʻlom va mazali taomlarni isteʼmol qilish.

30. Miriqib uhlash.

31. Sevgan kitobni mutolaa qilish uchun vaqt ajratish.

32. Sevimli ichimlikni sotib olish yoki yengil gazak bilan lazzatlanish.

33. Sizni sevadigan kishidan gullar yoki yoqimli sovgʻalar qabul qilish. 

Insonni baxtli qilishga qodir 40 ta oddiy va mayda narsa

34. Quyoshning iliq tafti ostida tashqarida ovqatlanish.

35. Yangi retseptni sinab koʻrish va turli-tuman mazali yeguliklarni tayyorlash.

36. Har qanday ishda doʻstlar yoki oila yordamini his etish.

37. Sevimli lekin anchadan beri eshitilmagan qoʻshiqni tinglash.

38. Birovning muammolariga yordam berishga vaqt ajratish.

39. Toza va ozoda boʻlgan uyda vaqt oʻtkazish.

40. Kir yuvish mashinasini tuzatish yoki lampochkani almashtirish kabi kichik gʻalabani qoʻlga kiritish.

Insonni baxtli qilishga qodir 40 ta oddiy va mayda narsa
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar