Qiziqarli

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Yongʻin oʻz ogʻushiga olgan maydon – tahminan 1600 kvadrat metrni tashkil etdi. 26 mart peshiniga qadar olingan maʼlumotlar boʻyicha yongʻin natijasida 64 nafar odam halok boʻlgan, shu jumladan 41 nafar bolalar. 2009 yilda Permdagi “Xromaya Loshad” tungi klubida 156 kishining hayotdan koʻz yumishiga zomin boʻlgan yongʻindan keyingi bu yongʻin qurbonlar soni boʻyicha zamonaviy Rossiyaning tarixidagi eng yirik yongʻini boʻldi.

Savdo-koʻngil ochish majmuasi 2006 yilda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli faoliyati toʻxtab qolgan qandolatchilik fabrikasining sehining binosida 2013 yilda ochilgan. Bino 1970-yillarda (boshqa manbalar boʻyicha 1936 yilda) qurilgan va 20000 kvadrat metrdan ortiq maydonga ega boʻlgan. Toʻsinlar almashtirilib qavatlarning soni ikkitada toʻrttagacha orttirilgan holda qayta qurilgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Savdo majmuasining toʻrtinchi qavatida oʻz tarkibida jami 542 nafar tomoshabinga moʻljallangan 3 kinozalga ega boʻlgan “Zimnyaya vishnya” kinoteatri joylashgan edi.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari
Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Shu bilan birga bu qavatda attraktsionli bolalar koʻngil ochish markazi, avtodrom, oʻyin labirinti, katok, kafe-bar, bilyard xonasi, yigirma metrli basseyn va koʻp miqdordagi saunalar (yogʻochli rus hammomi, finn saunasi va turkcha bugʻxona)ga ega fitnes-klub joylashgan edi.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Savdo binosida bir vaqtning oʻzida 200dan koʻp odam boʻlishi tufayli Favqulodda Vaziyatlar Ministrligining Kemerovo oblasti Bosh boshqarmasi tomonidan “yuqori xavf-xatar” toifasiga kiritilgan himoya obyektlari roʻyxatidan “Zimnyaya vishnya Kemerovo” va “Kemerovo qandolatchilik kombinati” OACH ham joy olgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

2016 yil iyun oyida Rossiya Faqulodda Vaziyatlar Ministrligi davlat inspektori Darya Moskalyova tomonidan yongʻin xavfsizligini meʼyorlarining majburiy talablariga rioya qilish boʻyicha tekshirish oʻtkazilgan. Tekshirishda hech qanday qonunbuzarliklar aniqlanmagan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Bu binoda fojiadan avval ham ikki marta yongʻin sodir boʻlgan: 2003 yilda yongʻin tufayli tomning qulab tushishi, 2013 yilda esa yirik yongʻin sodir boʻlib, unda bir kishi xalok boʻlgan edi. 2017 yilning sentyabr oyida markazga yongʻin va portlagich moslama oʻrnatilgani toʻgʻrisidagi yolgʻon qoʻngʻiroq tufayli Savdo Markazining xodimlari va tashrif qiluvchilarning evakuatsiyasi oʻtkazilgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Favqulodda Vaziyatlar Ministrligining maʼlumotiga koʻra qidiruv-qutqarish ishlari hamda tergov ishlari tugatilgandan soʻng savdo markazining binosi toʻliq buzib tashlanadi.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

FVMga dastlabki qoʻngʻiroq 2018 yilning 25 marti, yakshanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 16:04 kelib tushgan. Favqulodda Vaziyatlar Ministrligining Kemerovo oblasti Bosh boshqarmasining saytida binoda tutun tarqalayotgani toʻgʻrisidagi maʼlumot mahalliy vaqt bilan soat 16:20 da paydo boʻlgan.

Guvohlarning aytishlaricha yongʻin toʻgʻrisida ogohlantirish tizimi ishlamay qolgan. Shuningdek, qutqarilib qolgan tashrifchilarning soʻzlariga qaraganda yongʻin paytida binoda ur-yiqit va tiqilinch holat vujudga kelgan.

Chiptasizlarni kiritmaslik (shu jumladan, Chiptalar sotilishini nazorat qilish boʻyicha Yagona federal avtomatlashtirilgan tizimiga taqdim etilgan notoʻgʻri maʼlumotlar uchun jarimaga tortilishning oldini olish) maqsadida kinozallarning eshiklari kalitga qulflab qoʻyilgan ekanligi toʻgʻrisida xabar berilgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Keyinchalik kuzatuv kameralaridagi yozuvlarning analizi qulflab qoʻyilgan eshiklar toʻgʻrisidagi xabarni tasdiqlamadi. Tomoshabinlarning bir qismi tashqaridagi oʻta quyuq tutun tufayli kinozalning ichida qolib, yordam kutishni afzal koʻrgan va shu tufayli katta tezlik bilan siqilib kelayotgan yongʻin qurshovida qolgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Voqeaga beihtiyor shohid boʻlganlarning soʻzlariga qaraganda binoning tomiga chiqib olganlar faqat 40 daqiqa oʻtganidan keyin pastga tushirilgan. Olov qurshovida qolganlarning ayrimlari boshqa iloch topa olmay binoning toʻrtinchi qavatidagi derazalaridan tashqariga pastga sakraganlar. Ularning ichida yosh bolalar ham boʻlgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari
Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari
Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Shu kunning oʻzida, Moskva vaqti bilan soat 20:00 da fuqaro mudofaasi, favqulodda vaziyat va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari boʻyicha ministr Vladimir Puchkov va Kemerovo oblasti gubernatori Aman Tuleev tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yongʻin toʻgʻrisida xabar berilgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Prezident Vladimir Puchkovga zudlik bilan hodisa joyiga etib borishni hamda Moskva va Krasnoyarskdan yoʻnaltirilgan qoʻshimcha kuch va mablagʻlarni chalb etish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrish topshirigʻini bergan. Jabr koʻrganlar va ularning oilalarini barcha zarur tibbiy taʼminot boʻyicha koʻrsatmalar berilgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Kemerovo shahriga Rossiya sogʻliqni saqlash ministri Veronika Skvortsova joʻnatilgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Yongʻin qoplagan maydon 1600 kvadrat metrni tashkil etdi. Keyinchalik tom bilan toʻrtinchi va uchinchi qavatlarning oʻrtasidagi jami maydoni 1500 kvadrat metrga teng toʻsinlar qoʻlab tushdi. 25 mart kuni soat 19:12 da yongʻinning tarqarilishi toʻhtatildi, soat 23:07 da ochiq olov bartaraf etildi.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Favqulodda vaziyatning bartaraf etilishiga 840 ta odam va 195 ta texnika birligi, ulardan Rossiya FVMdan 680 ta odam va 110ta texnika birligi, shu jumladan 2 nafar havo kemasi jalb qilingan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Rossiya FVM maʼlumotlariga koʻra yongʻin natijasida 64 kishi xalok boʻlgan va Kemerovo shahar hukumatining 27 mart kungi maʼlumotlariga koʻra, yana 38 kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda. VSE42.ru portalida berilgan maʼlumotga koʻra kinozalning ichida 15 ta jasad topilgan. Qulflangan yongʻin ehtiyot chiqishining oldida yana 15 kishi olamdan koʻz yumgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari
Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Savdo markazida tarkibida 25 turdagi 200 ga yaqin hayvonlar (tulkilar, enotlar, surikatlar, olmahonlar, quyonlar, mitti kamerun echkilari, tipratikanlar va boshqalar)dan tarkib topgan kichik hayvonot bogʻi ham boʻlgan.

Hayvonot bogʻining direktori Yevgeniy Videmanning soʻzlari: "Ularning hammasi dimiqib jon berishgan, chunki men oxirgi boʻlib chiqib ketdim, hayvonot bogʻining hududida odamlar qolmagan edi... Qafaslarning hammasi yopiq boʻlgan, hayvonchalarning qutqarilib qolishiga imkon qolmagandi."

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra yongʻin oxirgi, toʻrtinchi qavatda boshlangan. Tahmin qilinayotgan sabablar: ehtiyotsizlik bilan olovdan foydalanish, elektr uzatgichlarning qisqa tutashishi va qasddan oʻt qoʻyish.

Bolalar markazida suratkash-animator boʻlib ishlagan va yongʻin ishida asosiy guvoh sifatida soʻroq qilinayotgan Yevgeniy (familiyasi berilmagan) ning gaplariga koʻra "oʻt qoʻygan kimsa” – 12 yoshli oʻgʻil bola.

Shu kuni u atraktsionni bir marta yoqishga urinib koʻrgan, biroq boshlagan xarakatni tugatishga ulgurmagan, chunki uni toʻhtatib qolishgan. Sal keyinroq esa, u baribir nojoʻya ishini oxiriga yetkazgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Ommaviy ahborot vositalari sabablar qatorida yongʻinga qarshi kurashish nazoratining samarasizligi va korrupsiyani ham tilga oladilar.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

"Yongʻin xavfsizligining qatʼiy tartib-qoidalari va yongʻin nazoratchilarining armiyasiga qaramay, Rossiya bu sohada eng yomon koʻrsatkichlardan biriga ega (yongʻin natijasida 100 ming kishiga 7,5 ta oʻlim holati, qiyoslaganda AQSHda 1 ta, Qozogʻistonda 2,7 ta, Fransiya va Germaniyada 0,5 ta)".

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

"Zimnyaya vishnya" savdo markazida yongʻin xavfsizligiga maxsus maʼlumotga ega boʻlmagan va hech qachon murakkab texnika bilan ishlamagan odam maʼsul boʻlgan. Kemerovo oblasti gubernatorining oʻrinbosari Vladimir Chernov taʼkidlaganiday, markazda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi qoʻpol ravishda buzilgan.

Yongʻin ehtiyot chiqishlari bekitilgan edi. Yongʻindan xabardor etish signalizatsiyasi, yongʻinni oʻchirish va tutunni bartaraf etish tizimlari ishlamagan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

OAV xabarlariga koʻra qahramonlik koʻrsatish holatlari ham boʻlgan. 37 yoshli oʻqituvchi Tatyana Darsaliya oʻzining 14 yoshli qizini savdo markazidan chiqarib yuborib, qolgan bolalarni ham qutqarishga urinib koʻрish uchun darhol yana binoning ichiga qaytgan, ammo qaytib chiqa olmagan.

Tojikistonlik muxojir ishchilar – maʼmur Farzonbek Salilov va qoʻriqchi Maxmujon Xudojoʻev oʻzlari ishlagan poyafzal doʻkonining omboridagi xalokat chiqishini ochib tashlab tashrifchilarni chiqishi uchun yoʻl koʻrsatgan va oʻnlab odamlarning qutqarilib qolishiga yordam bergan.

Ularning gaplariga qaraganda, odamlar esankirab qolganlar - koʻpchilik sarosimada xatto zina poyadan tepaga qarab yugurgan, shuning uchun ham ularni kuch bilan kerakli tarafga yoʻnaltirishga toʻgʻri kelgan. Oʻz familiyasini ovoza qilmaslikni iltimos qilgan Kemerovolik suratkash Evgeniy kinoteatrning bitta zalidan tartib bilan 30 dan ortiq bolalarni tashqariga chiqarishga erisha olgan.

Kemerovo shahrida yashovchi Konstantin Kolabuxov nomaʼlum kassir qiz bilan birga oʻyin attraktsionlarining yonayotgan xonasidan uch yoshli bolakayni olib chiqqan. FVM kadet korpusining talabasi - 17 yoshli Dima Poluxin qop-qora, quyuq tutun tarqalgan xonadan uch nafar oʻn yoshlik bolalarni olib chiqqan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Rossiyaning tergov komiteti Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining uch moddasi - 109, 219 va 238-moddalari ("Ehtiyotsizlik natijasida oʻlim yetkazish", "Yongʻin xavfsizligi qoidalari talabini buzish", "Yongʻin xavfsizligi qoidalari talabiga javob bermaydigan xizmat koʻrsatish") boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatgan.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

2018 yilning 26 marti kuni Ryazan oblastining gubernatori tomonidan 27 mart kunini motam kuni deb eʼlon qilingan, ammo keyinchalik eʼlon koʻngil ochish marosimlarini bekor qilish tavsiyalariga almashtirilgan.

Kemerovo shahrida 2018 yil 26 mart kuni "Zimnyaya vishnya" savdo markazida sodir boʻlgan yongʻin natijasida halok boʻlganlar xotirasiga 27 mart kunidan boshlab uch kunlik motam eʼlon qilingan.

Fojia munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin butun Rossiya hududida 28 martni Motam kuni deb eʼlon qilgan. "VGTRK", "STS Media", "Gazprom-media" va "Milliy Media Gruppa" mediaxolding kompaniyalari shu kunlari koʻngilochar koʻrsatuvlari va reklama uzatilishini bekor qilinishi toʻgʻrisida eʼlon qildilar.

Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari
Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari
Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari
Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir boʻlgan dahshatli yongʻinning barcha tafsilotlari

Dunyodagi koʻp mamlakatlardagi Rossiya elchixonalari eshiklari ostiga insonlar halok boʻlganlarning hotirasini yod etish maqsadida gullar va oʻyinchoqlar olib kelishgan.

Shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidagi Rossiya elchixonasi darvozasi oldiga ham bevaqt olamdan koʻz yumgan insonlar va begunoh bolalarni hotirlash maqsadida quchoq-quchoq gullar, shamchiroqlar hamda bolalikning begʻubor olami-yu hayotdan koʻz yumgan kichkintoylarning hotirasini aks ettiruvchi yumshoq oʻyinchoqlar olib kelingan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar