Avto

Avstraliyadagi temir yoʻllar chorrahasi

Avstraliyadagi temir yoʻllar chorrahasi

Ikkita temir yoʻl toʻgʻri burchak ostida kesishadigan yoʻlning bu qismini aynan shunday deb ataydilar. Bu oʻziga xos yagona temir yoʻllar kesishib oʻtadigan joy xisoblanadi.

Avstraliyadagi temir yoʻllar chorrahasi
Avstraliyadagi temir yoʻllar chorrahasi

Temir yoʻllardan biri mahalliy shakar zavodiga olib boradi. U yerdan poezd kelayotganda mashinist maxsus moslama yordamida relslarni tushiradi. Poezd oʻtib boʻlganidan keyin relslar avtomatlashgan tarzda yana koʻtariladi. 

Avstraliyadagi temir yoʻllar chorrahasi

Boshqa temir yoʻl esa tezligi gohida soatiga 160kilometr koʻrsatgichidan baland boʻlgan tez yurar poezdlar uchun moʻljallangan.Ular “temir yoʻl chorrahasi”ni oddiy tarzda kesib oʻtadi.

Avstraliyadagi temir yoʻllar chorrahasi

Tez yurar poezd harakatlangan paytda relslarni tushirish moslamasi ishlamaydi, xatto ularni ishlatishga urinib koʻrilsa ham. Yaʼni, shakar zavodidan harakatlangan poezd semaforning qizil chirogʻiga qaramay  harakatni davom ettirgan taqdirda ham, himoya mexanizming ishga tushirilishi tufayli u poezdni qiyalikka chiqarib yuboradi. Ammo, shu paytga qadar hali biror marta ham bunday jiddiy vaziyat yuzaga kelmagan.

Avstraliyadagi temir yoʻllar chorrahasi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar