Qiziqarli maʼlumot: Dunyo rahbarlarining gʻalati odatlari va ovqatlanish ratsioni


Shimoliy Koreyaning sobiq rahbari Kim Chen Irning qanday taomlar yoqtirganini uning oshpazi Kedji Fudjimoto gapirib berdi. Kim Chen Ir Shimoliy Koreyaning hozirgi yoʻlboshchisi Kim Cen Inning otasidir.Oshpazning aytishicha, sobiq davlat rahbari turli delikateslar bilan taomlangan va faqatgina eng yaxshilarini afzal koʻrgan. U Kaspiyning qora ikrasi, Daniyaning choʻchqa goʻshti, Tailandning papaya va mangolari, Frantsiyaning konyagi, Tokio bozorlarida tayyorlangan baliq sushilarini isteʼmol qilgan.

Margaret Tetcherning gastronomik odatlari kundalik daftaridagi yozmalari tufayli jamoat boyligiga aylandi. 2010 yilda Britaniya jamoati uni saylov oldidan qattiq parhezga oʻtirganini bilib qolishdi. Boʻlajak bosh vazirning ratsioni qaynagan tuxum, greypfrut, sabzavotlar va qora qahvadan iborat edi. Bu mahsulotlar yigʻindisi qisqa vaqt ichida ozishni istaganlar uchun klassik parhez hisoblanar edi. Tetcher taomni oʻzi tayyorlashni xush koʻrar edi, shuning uchun ham bosh oshpaz xizmatidan voz kechgan edi.

Er-xotin Makronlar haqiqiy fransuzlar singari tanovulqilishni oʻzgacha bir taomil sifatida qabul qiladilar. Ularning ratsioni uchun avvalgi sobiq uch prezidentlar uchun ham taom tayyorlagan Yelisey saroyining bosh oshpazi Giyom Gomes javobgardir. Makronlar oiasining menyusi fransuz taomlaridan tashkil topgan boʻlib, asosiy eʼtibor baliq, sabzavot va mevalarga qaratiladi. Ularning stoli ustiga kelib tushadigan mahsulotlar Parijdan 100 km uzoqlikdagi radiusda yetishtiriladi. Isteʼmol qilinadigan oʻt va koʻkatlar esa saroy bogʻlarida oʻsadi. Makronlar oilasining oshxonasidagi ajoyibotlardan biri –taomlarning Napoleon davridagi mis idishlarda tayyorlanishidir. Fransiya prezidentining eng yoqtirgan taomlari – kordon blyu, ichi pishloq va vetchina bilan toʻldirilgan tovuq filesidir.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning ovqat ratsioni juda oddiy, u mahalliy mahsulotlarni afzal koʻradi. Uning menyusida hech qanday noyob meva yoki ekzotik baliq navlari yoʻq. Agar qirolicha goʻsh ttanovul qilishni istasa, unda u qirollik rezidentsiyalarida yetishtirilayotgan mol yoki kiyiklarning goʻshti boʻlishi kerak, agar baliq xohlasa, Yevropaniki boʻlsa ham boʻladi.Qirolichaning ratsionida asosan sabzavotlarga koʻproq eʼtibor beriladi. Uning stolida hamisha ismaloq, kabachki va salat barglari muhayyo boʻladi. Tarkibida kraxmal boʻlgan mahsulotlardan esa qirolicha oʻzini tiyishga harakat qiladi,shuning uchun ham guruch, kartoshka va hattoki italyancha pasta ham qirollik stolida koʻrinmaydi. Qirolicha bu mahsulotlarni piyoz va sarimsoq piyoz bilan birgalikda yoqtirmaydi.

Uinston Cherchill ham taom borasida juda talabchan edi. U siyosiy masalalarni tanovul ustida hal qilar edi, shuning uchun ham mehmondorchilik borasida ziqnalik qilib oʻtirmasdi. Buyuk Britaniyaning bosh vaziri boʻlgan bu odam ustritsalar, ikra, goʻsht va har bir ingliz fuqarosi kabi stilton pishlogʻini xush koʻrar edi. Desertga esa mevali muzqaymoqlarni isteʼmol qilar edi. Cherchilning alkogolga boʻlgan munosabati esa alohida bir mavzudir. Uning yonida hamisha stakanda viski boʻlishiga qaramay, uning piyonista boʻlgan degan gap gʻirt afsonadir. Toʻgʻri u ichib turar edi, lekin chegarani bilar va hech qachon mast boʻlishgacha yetib bormas edi. Uning yoqtirgan ichimliklari shampan vinosi, brendi, quruq martini, klaret va qizil bordodan iborat edi.

Germaniya kantslerining boshqa davlat boshliqlaridan farqi – u taomni oʻzi tayyorlaydi va bu yumushni juda yaxshi koʻradi. Uning menyusiga nemis anʼanaviy taomlaridan tashqari shashlik va kabob ham kiradi.Merkel lecho, forel, kartoshkali shoʻrva, qovurilgan goʻsht bilan sabzavotlar solingan quyuq nemis shoʻrvasini isteʼmol qilishni xush koʻradi.Shirinliklardan esa kantsler qaymoqli pirogni afzal biladi.

Barak Obamaning rafiqasi Mishel turmush oʻrtogʻining ratsioniga sogʻlom taomlarni kiritishga urinishiga qaramasdan, AQSH ning sobiq prezidenti fastfudni yaxshi koʻradi. U asosan chizburger, qovurilgan kartoshka va sendvichlarni yoqtiradi. MishelObama bergan intervyularidan birida Obamaning fri kartoshkasini salsa vaguacamole bilan birga tanavul qilishini, shuningdek yeryongʻoq, bodom va yongʻoqlarni xush koʻrishini aytib oʻtgan.

AQSH ning 42-prezidenti Bill Klinton ham zararli taomlardan oʻzini tiya olmas edi. U saylov oldi kampaniyasida chizburger,dolchinli bulochkalarni tanavul qilgan va bu bilan rafiqasi Xilari Klintonni tashvishga qoʻygan. Xillari xonim ham oʻz navbatida turmush oʻrtogʻiga semizlikka olib keluvchi bunday odatni tashlashni maslahat bergan, chunki boʻlajak prezidentning tashqi koʻrinishi mukammal boʻlishi kerak edi. Biroq Bill rafiqasining maslahatlariga prezidentlik kursisini tark etgandan keyingina quloq sola boshladi. Bugungi kunda uning ratsioni faqatgina vegetarian taomlaridangina iboratdir.

AQSH ning sobiq prezidentlaridan yana biri Richard Niksonning ratsioni ham oʻzgachaligi bilan ajralib turar edi. U ertalabki nonushtaga uy sharoitida tayyorlangan hamda yogurt va kepak qoʻshilgan mevali tvorog istemol qilgan. Biroq shunisi qiziqkki, Nikson bu tvorogga murch,qalampir va ketchup qoʻshishni ham xush koʻrgan. Shu bilan birga goʻshtli non ham uning jonu-dili hisoblangan.

Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales oddiy odamlar kundalik hayotlarida isteʼmol qiladigan koʻpgina mahsulotlarga qarshi edi. U hech qachon fastfud tanovul qilmas edi. Uning fikricha, aynan gamburger va qovurilgan kartoshka saraton kasalliklarini keltirib chiqarar ekan. Bu amaldor tovuq goʻshtiga ham qarshi chiqar edi. U bergan intervyularidan birida shunday degan edi: “Biz isteʼmol qilayotgan tovuqlarimizga ayollar gormoni yuboriladi, shuning uchun mubolagʻasiz ayta olamanki, tovuq goʻshtini isteʼmol qiladigan erkaklar – haqiqiy erkak emas”.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



