Qiziqarli

Dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya

Dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya

Ammo shunday mustaqil quvvat moslamalari borki, ularning ishlash prinsipi oʻziga yarasha noyob, shuning uchun ham oʻta qiziqarli. Masalan, Blue freedom (Moviy erkinlik) moʻjazgina quvvatlovchi vositasi. Uni dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya deb nomlasa ham boʻladi. 

Dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya
Dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya

Nemis muxandislari tomonidan ishlab chiqarilgan Blue freedom moslamasi elektr tokini suvning oqish quvvatini elektr quvvatiga aylantirish yoʻli bilan elektr tokini ishlab chiqaradi. Buning uchun uning ichida kichkinagina, diametri 12 santimetrga teng gidro-elektrogenerator oʻrnatilgan. Bu moslamaning ogʻirligi atigi 57 grammga teng.

Dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya

Quvvati 5 Vt boʻlgan turbinadan tashqari Blue freedom ichida xajmi soatiga 5000 mikroamperga teng litiy-polimer akkumulyatori ham bor. Mobil telefon, smartfon yoki planshetni quvvatlab olish uchun Blue freedom moslamasining pastki qismini oqova suv (ariq, buloq, daryo va shu kabi boshqa suv inshootlari)  ga tushirib qoʻyilsa boʻlgani.

Dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya

Bu juda ham qulay, masalan, sayr paytida, taraqqiyotning qulayliklari – statsionar rozetkalardan foydalanish imkoni boʻlmagan paytda yordam bera oladi.

Dunyodagi eng kichik gidroelektrostantsiya

Shu bilan birga ishlab chiqaruvchilar ularning mittigina gidroelektrostantsiyalari ishlatilishida sal murakkabroq boʻlsa-da, samaraliligi boʻyicha quyosh batareyalari bilan jihozlangan ihcham quvvatlash moslamalaridan afzalligini taʼkidlaydilar. Blue freedom quvvatlash moslamasining foydali harakat koeffitsienti foto elementli quvvatlantiruvchi moslamalarning 15 foizi bilan qiyoslaganda tahminan 90 foizni tashkil qiladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar