Sayohat

Yer sayyorasi bayrogʻining koʻrinishi qandayligini bilasizmi?

Yer sayyorasi bayrogʻining koʻrinishi qandayligini bilasizmi?

Kedlning gʻoyasi boʻyicha, bayroq butun insoniyatni ifodalashi kerak, shuning uchun bu yerda hech qanday alohida bir mamlakat, tashkilot va shaxs haqida gap boʻlmasligi lozim. Jeyms Kedl butun hayotini ushbu bayroqni ommalashishiga bagʻishladi hamda uni barcha xohlovchilarga tayyorlash va yetkazib berish harajatlarini toʻlash evaziga yuborib turdi. Vafotidan avval u bayroqqa jamoatchilik boyligi maqomini berdi, shuning uchun bu bayroqni endilikda turli davlat bayramlari kunida odamlar uylariga osishlari yoki koʻtarib yurishlari mumkin. 

Yer sayyorasi bayrogʻining koʻrinishi qandayligini bilasizmi?
Yer sayyorasi bayrogʻining koʻrinishi qandayligini bilasizmi?

AQSH ning Ogayo shtati Yangstaun shahrining ruhoniysi Jeyms Uilyam van Kirk birinchilardan boʻlib 1913 yilda butun dunyo bayrogʻining dizaynini yaratdi hamda bu bayroq bilan Yevropa boʻylab ikki marta butun dunyo marshlarini oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. 

Yer sayyorasi bayrogʻining koʻrinishi qandayligini bilasizmi?

Shunga oʻxshash yana bir bayroqning namunasi 2000 yilda Enn Kirstayn Ryonxe tomonidan taklif qilinga edi. Bayroq moviy gazlamadan iborat edi, oʻrtasida havorang doira, atrofida esa oq xalqa tasviri tushirilgan boʻlib, bu bayroq butun dunyo va undagi hayotning belgisi edi. Bayroq dizaynining soddaligi uni barcha xohlovchilar oʻzlari tayyorlab olishlari maqsadiga asoslangan edi.

Yer sayyorasi bayrogʻining koʻrinishi qandayligini bilasizmi?

2006 yilda esa Pol Kerol “World Flag” nomli bayroq namiunasini taklif etdi. Bu bayroq zamonaviy dunyoning globallashuvini bildirib turar edi. Kerollning bayrogʻi toʻrburchak sakldagi gazlamadan iborat boʻlib, uning markazida dunyo haritasi, atrofida esa 216 ta mamlakat bayroqlarining hamda BMT bayrogʻining tasviri tushirilgan edi.  

Yer sayyorasi bayrogʻining koʻrinishi qandayligini bilasizmi?

2015 yilda shvetsiyalik rassom Oskar Pernefeld Yer sayyorasi Xalqaro bayrogʻining oʻzi ishlab chiqqan dizaynini taqdim qildi. Pernefeldning gʻoyasi boʻyicha, bu bayroq kelajakda koinot ekspeditsiyalarida (xususan Marsga uchish chogʻida) foydalanilishi kerak hamda ikkita maqsadga xizmat qilishi kerak edi. Birinchidan, koinotda Yer sayyorasini ifodalashi, ikkinchidan esa Yerdagi odamlarga bu sayyora millat, davlat chegaralariga  qaramasdan hammamizga birdek qadrli ekanligi, biz bir-birimiz hamda ushbu ona sayyoramizni asrab-avaylashimiz kerakligi haqida eslatib turishi kerak edi.

Bayroq toʻq moviy rangli matodan iborat boʻlib, unga bir-biri bilan kesishib turuvchi yetti xalqa tasviri tushirilgan. Kesishib turuvchi xalqalarning oʻrtasida gul tasviri tushirilgan boʻlib, u Yerdagi hayotni ifodalaydi, kesishmalar esa Yerdagi hamma narsa bir-biri bilan uzviy yoki bevosita bogʻliqligini bildiradi. Toʻq moviy rang esa okeanlarni hamda Yerdagi suvning ahamiyatini eslatib turadi.

Yer sayyorasi bayrogʻining koʻrinishi qandayligini bilasizmi?

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1946 yil 7 dekabrda tasdiqlangan bayrogʻi esa moviy rangli matodan iborat boʻlib, oʻrtasida Birlashgan Millatlar Tahkilotining belgisini ifodalangan. Oq tusdagi bu belgi bayroqning ikkala tarafida ham tasvirlangan. Ushbu bayroqning keng ommalashganligi sayyoramizning umumiy foydasini ifodalashga xizmat qiladi.      

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar