Dunyoning eng qimmatbaho markalari

Koʻpgina markalar cheklangan adadda (tiraj) chiqariladi. Ushbu maqolada sizning eʼtiboringizga dunyoning eng qimmatbaho pochta markalarini havola etamiz. Bu markalarning baʼzilarining narxi avtomobil yoki uyning bahosi bilan teng, baʼzilarini esa faqatgina shaxsiy kollektsiyalardagina uchratish mumkin. Markalarning bahosi ularning ahvoliga qarab belgilanadi: agar marka ishlatilgan va unda pochta shtampi tushirilgan boʻlsa yoki boshqa sababdan uringan boʻlsa, narxi ham shunga yarasha bir necha barobar kamayadi. Toza va butun markalar esa qimmatroq yuradi.

Eng qimmatbaho markalardan biri. U 1847 yilda Mavrikiy orolida chop etib chiqarildi. Biroq chop etilayotgan vaqtda qoʻpol xatolikka yoʻl qoʻyildi, shuning uchun bu qogʻoz kamyob boʻlib qoldi. Mutaxassislar yozuvda imloviy xatoga yoʻl qoʻydilar. Ular markalarni “Post Paid” soʻzlarining oʻrniga “Post Office” degan yozuv bilan bosmadan chiqardilar. Hozirgi kunda bunday braklangan markalarning 28 tasi maʼlum. Auktsionda bunday markalarning bahosi 20 million AQSH dollari deb baholanmoqda.

Bu marka 1855 yilda bosib chiqarilgan boʻlib, eng qimmatbaho markalardan biri hisoblanadi. Bu markalar yashil rangda boʻlishi kerak edi, biroq yoʻl qoʻyilgan xato tufayli navbatdagi seriya sariq rangda bosib chiqarildi. 1996 yilda “Sariq treskilling” deb atalgan ushbu sariq marka kim oshdi savdosida 2,3 million dollarga sotilgan.

Qimmarbaho markalar orasida toʻrtta markadan iborat blok ham bor. Bu markalrda “Kertis-Jenni” aeroplani tasvirlangan. Biroq markaning seriyalaridan birida aeroplan teskari oʻgirilgan holda tasvirlanib qolinadi. Aynan ana shu bosmadagi xato uning qimmatbaho boʻlishiga zamin yaratadi. Bunday ekzemplyarlar originallaridan koʻra qadrliroq hisoblanadi. 1954 yilda ushbu toʻrtta markaning hammasi 18,2 ming dollarga sotib olingan edi, bugungi kunda esa bu qogʻozlarning narxi 3 million dollarni tashkil etadi.

Qimmatbaho markalar orasida Rus imperiyasi davriga tegishli markalar ham bor. Masalan, Tiflis markasi. U 1857 yilda bosib chiqarilgan. Bugungi kunda ushbu marka uch ekzeplyarda saqlanib qolingan – ularning barchasi taniqli zargar va filontrop Faberjega tegishli boʻlgan. Hozirda esa ular shaxsiy kollektsiyalarni toʻldirib turibdi, ularga bir nazar tashlashning oʻzi ham oson ish emas.

Bu Gavayida bosib chiqarilgan ilk markalar edi. Ular 1851 yilda paydo boʻldi va “Gavay missionerlari”, deb atala boshlandi. Ular sifatsiz bosib chiqarilishi sababli noyob marka turlariga kirib qoldilar. Bu markalar yomon va juda yupqa qogʻozdan bosib chiqarilganligi uchun bugungi kunda juda kamyob hisoblanadi. Bugungi kunga qadar ushbu markalarning 16 ta ekzemplyari yetib keldi. Ularning har biri katta pul turadi – yarim million dollar atrofida.

AQSH ning eng noyob va qimmarbaho markalaridan biri. Ular bor yʼgʻi ikki dona. 1988 yilda Bendjamin Franklin Z Grill nomli ushbu bir tsent qiymatli marka AQSH da rekord darajadagi – 1,5 million dollar evaziga sotildi.

“Qora Penni” – orqa tomonida yelim boʻlgan ilk pochta markasidir. U 1840 yilda bosib chiqarildi. Bu marka pochta markalari olamida haqiqiy inqilob yaratdi. Ushbu marka juda noyob hisoblanmasada, har birining bahosi 200-300 dollargacha boradi.

Bu marka 1856 yilda dunyo yuzini koʻrdi. U qora siyohli sifatsiz purpur qogʻozdan bosib chiqarildi.

Hozirgi davr pochta markalari orasida ham qimmarbaholari bor. Masalan, eng qimmatbaho zamonaviy marka – bu aktrisa Odri Xepbyornning tasviri tushirilgan Germaniyaning pochta-hayriya markasidir. Aktrisa ogʻzida sigareta va boshida keng xoshiyali shlyapada tasvirlangan. Bu marka 2001 yilda bosib chiqarilgan, biroq rasman muomalaga kiritilmagan. Bu marka boshidan Merlin Monro, Charli Chaplin, Jan Gaben, Gret Garbo, Ingrid Bergman kabi aktyorlarga bagʻishlangan seriyalarga kiritilgan edi. Dastavval Odri Xepbyorn xotirasiga bagʻishlab uni tasviri tushirilgan marka 14 million adadda bosib chiqarilgan edi. Biroq aktrisaning oʻgʻli nashr qilish huquqini olib qoʻygandan keyin tiraj chiqarilishi toʻxtatib qoʻyiladi. Onasi ogʻzida sigareta bilan tasvirlangani unga xush kelmagan edi. Tiraj yoʻq qilindi, biroq 30 ta ekzemplyar asrab qolingan edi. Bu markalar muzey, arxivlarga tarqatib yuborildi. Bugungi kuda ularning narxi 94 ming dollarni tashkil etadi.

Afsonaviy trubachi va bastakor Lui Armstrong markasi 1995 yilda “Amerika musaqisining afsonalari: jaz musiqachilari” seriyasida chiqarildi. Bu musiqachi shuningdek, sket uslubida jaz qoʻshiqigʻini kuylovchilardan eng birinchisi edi. Armstrongdan tashqari ushbu seriyaga vokalchi Ella Fitsjerald ham kiritildi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



