“Imtihon men uchun hamisha bayram!”: 10 nafar eng zoʻr shpargalkalar roʻyxati

Har bir yoki deyarli har bir maktabda yoki oliv oʻquv yurtida oʻqigan odam shpargalkalar bilan beihtiyor boʻlsa-da toʻqnashgan. Ayrimlar, aniqrogʻi, koʻpchilik xatto ulardan foydalangan ham. Men foydalanmaganman demoqchimisiz? Yoʻgʻ-e!!! Rostdan-a? Mayli, ishondik, deb hisoblaymiz. Xullas, bugungi mavzumiz – 10 nafar eng oʻziga xos shpargalkalar toʻgʻrisida.

Mittigina taxlangan qogʻoz tasmalari, “garmoshkalar”, klassik usuldagi ruchka bilan qoʻl kaftiga tushirilgan yozuv – buning hammasi nafaqat oʻquvchilarga, balki muvaffaqiyat bilan oʻqituvchilar tomonidan fosh etiladigan shpargalkalarning variantlari. Shpargalkalardan foydalanish tajribasi bilan xatto yuzaki tanishish ham shuni koʻrsatadiki, haqiqiy original, umuman bilinmaydigan, oʻta ayyorlik bilan ixtiro qilingan, shuning uchun ham juda yuqori samarali shpargalkalar juda ham koʻp boʻlmagan.

Ammo, tarixdagi bunday shpargalkalar koʻpchilik oʻquv markazlaridagi muzeylarida nafaqat oddiy eksponat, balki faxrlanish uchun sabab ham boʻlib qolgan. Hamma joydagi boʻlgani kabi ayyorlik bilan koʻchirib olish sohasida ham oʻzining klassiklari mavjud. Tarix ularning ismlarini saqlab qolmagan boʻlsa ham ularning ishi hamon yashab kelmoqda.
Bu shpargalkalar reytingini tanlashdagi mezonlari faqatgina ularning ixtiroliligi emas, samaradorligi, ishlatilishining imkoni va qulayligi hisobga olingan.

Bir qarashda, qoʻl kaftidagi eng oddiy yozuvdan osonroq narsa yoʻqday koʻrinishi mumkin. Koʻpchilik shunday qilgan va bu yerda taajjublanarli hech narsaning oʻzi yoʻq. Ammo bu faqat birinchi qarashda shunday tuyuladi, axir shpargalkalarning bunday turlari bilan tanishish hamma narsa juda oddiy ekanligi ustidan eskitdan olib borilgan kuzatishning yana bir bora tasdiqlanishidir. Masalan, “shpora”ni barmoqlar orasiga yoki kerakli tenglamalarni oʻta mayda shrift bilan barmoq uchidagi yostiqchalarga yozib olish hayolingizga kelganmi?
Bunday tarzdagi shpargalkalar borasida qizlarning imkoniyatlari ancha kengroq. Nimaga deysizmi? Ularning garderobini hisobga olganda yubka ostida tizzaga yozib olish imkoni vujudga keladi. Koʻpchilik qizlar shunday imkoniyatni boy bermay foydalanganlar ham. Biroq bu usul bugungi kunda eskirib qolib, oʻz samarasini yoʻqotgan. Chunki “lochinkoʻz” oʻqituvchilar faqat erkaklar qatoridan boʻlishi shart, degan qonun-qoida hech qayerda yoʻq!
Imtihonda nazoratchilik qilayotgan biror ayol oʻqituvchi bunday “shpargalka”dan foydalanayotgan qizni alohida xonaga taklif qilib, tekshiruv oʻtkazsa u qiz nafaqat imtihondan chetlatiladi, bundan ham yomoni - uning pok nomiga bir umrga dogʻ tushib qolishi hech gap emas. Hozirgi paytda ancha zamonaviyroq variant vujudga kelgan, eng oxirgi “innovatsiya”lardan biri boʻlgan “nou-xau” – shpargalkali manikyur. Bir soʻz bilan aytganda ijod uchun maydon bor, uni faqat oʻzlashtirish qoldi xolos.
Plyus tomonlari: oʻzi bilan olb kirib ketish, darhol yashirib qoʻyish juda oson, koʻchirib olish imkoni juda baland.
Minus tomonlari: badan terisiga zarar yetkazib qoʻyish mumkin, yozish uchun “material” cheklangan, yigitlarga kamroq toʻgʻri keladi.

“Bomba” deb savollarga oldindan tayyorlab qoʻyilib imtihon yoki nazorat ishi paytida oʻzining ishi sifatida topshiriluvchi shpargalkaga nisbatan aytiladi.
Bunday “shpora”ni tayyorlashning bir necha uslublari mavjud. Masalan, matn yozmaydigan ruchka bilan oldindan yozib chiqiladi, imtihonda esa shu yozuv izidan yozadigan ruchka bilan yuritiladi. Yana bir varianti: ikkita oq qogʻozni ustma ust koʻyib ustidagi qogʻozga javoblarni yozish kerak. Yozayotgan paytda ruchka shiddatli bosim bilan bosib yoziladi. Ustidagi qogʻoz tashlab yuboriladi, “oppoq” qogʻoz esa imtihon paytida undagi izlar boʻylab yaxshi yozadigan ruchkada yuritib chiqiladi.

Plyus tomonlari: yuqori samaradorlik.
Minus tomonlari: faqatgina hamma biletlarning savollariga aniq javoblar borligida ishlatish mumkin; ishni gerblangan muxrli varaqlarda yozilishi shart boʻlgan taqdirda undan foydalanish juda qiyin.

Gohida shpargalkani ichkariga olib kirib ketish undan koʻchirib olishdan koʻra ancha qiyinroq: shaxsiy narsalarni bir joyda qoldirishni talab qilinadi, telefonlarni oʻchirib birinchi partaga yigʻib olinadi yoki umuman olib kirish taqiqlab qoʻyiladi, shu kabi va hokazo. Bunday paytda shpargalkani poyafzalning poshnasida yashirib qoʻyish usuli yordamga keladi. Bu pirovardida koʻchirib olish imkoni boʻladi, degan gap emas, albatta. Biroq oʻz zahiralaringiz borligi va ixtirochiligingizga nisbatan sal boʻlsa-da optimistik kayfiyat bahshida qiladi. Shu oʻrinda, agar material hamda rangi imkonini bersa poyafzalning tagcharmida yozilgan shpargalkani ham aytib oʻtish kerak.
Plyus tomonlari: shpargalkani ichkariga olib kirish imkon darajasi 100% ga teng.
Minusi: qoʻlingizdan kelmasa sevimli poyafzalingiz bilan xayrlashishga toʻgʻri keladi, undan foydalanish noqulaylik tugʻdirish mumkin.

Bu mavzuviy blogda biz atigi 15-20 yillar avval faqat josuslar toʻgʻrisidagi ommabop badiiy filmlarda uchratish mumkin boʻlgan texnik moslamalar yordamida koʻchirishning bir necha uslubini birlashtirdik. Bugungi kunda quyida sanab oʻtilgan vositalar bilan birovni lol qoldirib boʻlmaydi.
Keyingi paytlarda oʻta oddiy va juda arzon koʻzga koʻrinmas siyohli ruchkalar juda ommalashib ketgan. Uning yordamida yozilgan matn bir daqiqadan keyin yoʻqolib ketadi. Undagi yozuvni ushbu ruchkaning boshqa uchida joylashgan maxsus fonarchani yoritgan holdagina koʻrish mumkin.
Mikroquloqchin hamda telefon bilan birga Bluetooth texnologiyasi yordamida yana bir foydali gadjet - GPS-ruchkani ham aytib oʻtish mumkin. Uning ichiga joylashtirilgan mikrofoni bor (bu tashqaridagi odamga savolni oʻqib berish, keyin esa mikroquloqchinlar yordamida javoblarni eshitib bemalol yozib olish imkonini yaratadi). Koʻpchilik zamonaviy organayzerlar, tashqi koʻrinishidan oddiy kalkulyatorlardan farq qilmaydi (koʻp joylarda imtihon paytida kalkuyatorlardan foydalanish taqiqlanmagan). Ularning hotirasiga yetarlicha maʼlumotni joylashtirib olib, undan “qonuniy” foydalanish mumkin.
Plyus tomonlari: bilintirib qoʻymaslik imkoni, samaradorligi juda yuqori, katta xajmdagi maʼlumotlar bazasi bilan ishlash imkoni mavjudligi.
Minus tomonlari: juda qimmatligi, texnik buzilib qolish, hamma joyda ham foydalanish imkoni yoʻqligi.

Imtihonda koʻchirish borasida oʻqituvchilar bilan boʻlgan intervyularda ular koʻpincha tasavvurga sigʻmaydigan joylarga yashirib qoʻyilgan shu qadar mitti shpargalkalar toʻgʻrisida gapirganlarki, beihtiyor hayratda qolasan, kishi. Eng koʻp uchragan hollardar biri - ayollar uzugi koʻrinishida yashiringan shpargalka tayyorlashdir. Buning uchun muqova sifatida tepadan qandaydir bir qopqoq ishlatiladi va bu uzuk uchun koʻz bezagi sifatida koʻrinadi. Bunday uzukni oʻz qoʻli bilan tayyorlashni har kim ham eplay olmaydi, shuning uchun ham tayyor varinatini sotib olish ancha foydaliroq.
Uddaburonlikning yanada oʻtib tushgan koʻrinishi oddiy oʻchirgʻichdan shprgalka. Bu shpargalkaning muallifi oʻchirgʻichning faqat qobigʻini qoldirib ichida oʻziga hos chuqurcha oʻyib chiqqan. Hosil boʻlgan kovakning ichiga bir necha varaqli “shpora”ni joylashtirilib, eng ustki yuzasi oʻchirgʻichning rangiga boʻyab qoʻyilgan.
Plyus tomonlari: 2 narsa 1 narsaning ichida – bir vaqtning oʻzida ham shpragalka, ham uning darhol yashirish imkoni.
Minus tomonlari: tayyorlash qiyinligi, oʻta mitti oʻlchovlar.

Mana bu yerda fantaziya va ijod uchun juda keng maydonlar mavjud. Hammaga tanish boʻlib qolgan shpargalka bilan oʻqlangan oddiy ruchkadan tashqari ishlatilishi taqiqlanmagan narsalardan shpargalkalar tayyorlashning koʻpdan koʻp usullari bor. Masalan, chizgʻichga tenglamalarni igna bilan yozib chiqish, yoki qogʻozli “shpora”ni markerning boʻm-boʻsh tubusi kabi kanselyariya anjomlarining ichiga yashirib qoʻyish mumkin.
Biroq, hayratga soluvchi voqea butunlay boshqa. Burgani taqalab qoʻygan Chapaqay toʻgʻrisidagi rivoyatni eshitgan boʻlsangiz kerak. Shubhasiz, bu zargarona nafislik bilan bajarilgan ish. Mana yana bir nomaʼlum muallif shunday qimmati misoldan ilhomlanib oddiy qalamda 10 dan ortiq masalaning yechimini oʻyib chiqqan! Oxir-oqibat oʻqituvchi buni payqab qolgan, ammo shu darajadagi qunt, hafsala hamda nihoyatda ulkan sabr bilan bajarilgan ish oʻqituvchining gʻazabini emas,aksincha, hayratini uygʻotgan va bu ish “aʼlo” baho bilan baholangan.
Plyus tomonlari: oʻzi bilan olib oʻtish oson, yashirinmay foydalanish mumkin, bilinib qolganda juda qatʼiy chora koʻrilmasligi mumkin.
Minus taraflari: tayyorlash jarayonining juda murakkabligi, shpargalka uchun joyning cheklanganligi.

Bu texnik moslama toʻgʻrisida bir qator sabablarga koʻra maʼlumot bermoqchimiz. Birinchidan, yuqori texnologiyalar davriga va uning hayotimizning har bir doirasiga, shu jumladan koʻchirish kabi oddiy bir narsaga ham taʼsiriga yana bir bor yuksak ehtiromni izhor etish.
Ikkinchidan, aqlli soatlar (inglizcha - smart watch) koʻpchilik, shu jumladan imtihon qabul qilayotganlar ham hali yaxshi tanish boʻlmagan narsalardan biri. Bunday narsadan aqlni ishga solga holda foydalangan taqdirda imtihonni muvaffaqiyatli topshirish ehtimolini orttirib yuboradi.
Bu moslama texnik jihatdan zamonaviy smartfonlaring ayrim vazifalarini bajarish qulayligi uchun moʻljallangan. Bizni qiziqtirayotgan mavzu nuqtai nazaridan eng muhimi bu xabarlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkonidir. Bunday holda koʻchirib olish – epchillikka bogʻliq. “Shpora”ni yashirish juda ham oson, moslamaga bir marta bossangiz bas – uning displeyida soat siferblati aks etib turadi.
Qoʻl soatlari koʻrinishida uyali aloqa telefonlari ham mavjud. Ulardagi vazifalar toʻplami yanada kengroq. Bu koʻchirib olish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratadi.
Plyus tomonlari: samaradorlik, texnik shpargalkalarning hamma imkoniyatlari mavjud, oʻqituvchida ortiqcha savol tugʻdirmaydigan tashqi koʻrinishi.
Minus tomonlari: narhi, zamonaviy mobil aloqa vositalari bilan mutanosib ravishda ishlaydi.

Bu sarlavha ostida oʻta qiziq va yagona hodisa yashiringan. Uni biz noyobligi tufayli, alohida bir band sifatida yoritishga va shu bilan insonning topqirligi hamda ixtirochiligiga hurmatimizni aks ettirishga qaror qildik.
Imtihonlardan birida ikki yosh talaba juda oʻziga hos uslubda javobni koʻchirib olishga qaror qilgan.
Ular 60 dona bir hil ruchka sotib olib, har birining qopqogʻida biletlarning raqamlarini, ruchkalarning oʻzida esa javoblarni oʻyib-tirnab yozib chiqqan. Shundan keyin talab etiladigan narsa koʻrish qobiliyatining yaxshiligi va kerakli ruchkani ryukzakdan aniq tanlab olish. Bir qarashda, gʻoya yangi emasdek, ammo uning amaliy qoʻllanilishi hamda sabr-qanoat eng kamida yuqori bahoga sazovor.
Plyus tomonlari: samaradorlik, bilinmaslik.
Minus tomonlari: murakkabligi.

Oʻz vaqtida bunday shpargalka Germaniyadagi bir universitet muzeyida alohida hurmatga sazovor oʻrinni egalladi. Haqiqatdan ham, shu tarzda birinchi boʻlib shpargalka tayyorlagan odamda fikrlash qobiliyati aʼlo darajada edi. Gʻoyaning mazmuni shunda ediki, “Coca-cola” butilkasidagi ichimlikning tarkibi va boshqa texnik maʼlumotlar yozilgan etiketkasi kompyuter grafik redaktori yordamida kerakli mavzudagi shpargalka etiketkasiga almashtirilgan. Oʻzingiz oʻylab koʻring, imtihon olayotgan oʻqituvchi parta ustida tinchgina turgan “Coca-cola” butilkasining etiketkasidan shpargalkani izlash hayoliga kelarmidi, axir.
Plyus tomonlari: oʻta noyobligi, samaradorligi, shubha tugʻdirmagan holda imtihonga yashirmay olib kirib ketish mumkinligi.
Minus tomonlari: shpargalkani tushirish uchun joyning juda kamligi.

Qanaqasiga aylantirilmasa ham bu haqiqat. Hamma pand-nasihatlar-u, falsafiy bahslarni chetga surib tashlab bu mavzuga sogʻlom aql bilan qaraylik. Shubhasiz, xatto eng zoʻr hamda eng kamyob va oʻziga hos shpargalka ham uzoq muddatli istiqbolingizda imtihonga puhta tayyorgarlik koʻrishning oʻrnini bosa olmasligini taʼkidlash mumkin. Toʻgʻri, bu juda qiyin,gohida esa xatto imkoni yoʻqdek tuyuladi ham. Doimo esda shuni tutingki, shpargalka imtihonga tayyorgarlik koʻrishingizda yordam berishi mumkin, biroq hech qachon tayyorgarlikning oʻzi oʻrnini bosa olmaydi.

Oʻqish, imtihonga tayyorgarlik koʻrish bu juda ogʻir jarayon. Shuning uchun ham tinmay oʻz ustingizga ishlang, doimo mashq qiling, hotirangizni rivojlantiring, mutlaqo keraksiz maʼlumotlar bilan boshingizni toʻldirib tashlamang. Siz uchun eng zoʻr shpargalka esa – oʻzingizning miyangiz. Ha, ha, bilimlaringiz yozib qoʻyilgan maʼlumot tashuvchisi bu oʻzingizning miyangiz. Imtihonga kirishdan avval yana bir narsani tushunib oling – imtihon olayotgan oʻqituvchilar sizga dushman emas. Ular faqat tayyorgarligingiz darajasini tekshirish maqsadida nazorat qiluvchi shaxslar. Oʻzingizni ham, birovni ham aldamang, chunki shpargalkalar dinozavrlar kabi faqat oʻtmishda qolib ketishi kerak.

Qachonlardir, bir necha yillar oʻtib, shpargalkalar – gʻirromchilikning urugʻi ekanligini oʻzingiz ham tushunib etasiz. Shuning uchun, ham vaqtni boy bermay, qattiq tayyorgarlik koʻring!

Imtihonlarni topshirish paytida hammaga samimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



