Qiziqarli

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

Aynan shunday holat afsonaviy Gollivud aktrisasi Greys Kelli bilan ham sodir boʻlgan: oʻta taniqli va goʻzal boʻlish bilan birga “Oskar” mukofoti sovrindori ham hisoblangan ushbu sohibjamol zodagonlar oilasidan chiqmagan boʻlsa ham Renʼe III ning rafiqasi va Monako knyaginyasiga aylandi. Bunday holatlar kamdan-kam  boʻlsa-da amalga oshib turadi. Bugun aynan shunday Zolushkalar hayoti haqidagi qissalarni birgalikda koʻrib chiqamiz. Balki muhabbatning haqiqatan ham bor ekanligi va eng katta toʻsiqlarni ham yengib oʻta olishi bor gapdir? 

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

Aktrisa Megan Markl tamomila oddiy oilada tavallud topgan: uning onasi yoga boʻyicha mutaxassis, otasi esa televidenie sohasida operator boʻlib ishlagan. Qiz ulgʻayib aktrisa boʻlishni istadi va “Fors majorlar” serialidagi roli orqali juda mashhur boʻlib ketdi.

Megan shahzoda Garri bilan 2016 yilda Londonda, umumiy doʻstlar davrasida tanishib qolgan. Ushbu muhabbat qissasi avvaliga sir saqlangan boʻlsa ham 2017 yilning 27 noyabr kuni ularning unashtirilgani rasman eʼlon qilindi. Toʻy esa bir necha kundan keyin, yaʼni 19 may kuni Londonda boʻlib oʻtadi. Megan Garri uchun Gollivuddagi ijodidan voz kechdi, Londondagi Kensington saroyiga koʻchib keldi. Aytganday, u Eduard VIII va Uollis Simpson davridan beri Buyuk Britaniya Qirollik oilasi aʼzosiga aylangan tarixdagi birinchi amerikalik inson boʻladi. 

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

Ushbu muhabbat qissasi koʻp yillar avval, goʻzal Djetsun 7 yoshlik paytlarida boshlangan. Boʻlgʻusi qirol oʻsha paytlarda uygʻayib albatta unga uylanishi haqida hazil ham qilgandi, taqdirni qarangki, ularning kelajaklari aynan shunday boʻlib chiqdi ham. Oradan yillar oʻtib, ular takror uchrashib qolishadi. Bu paytda Djigme  qirol darajasiga koʻtarilib boʻlgan, qiz esa endigina Hindistondagi oʻqishini tugatib vataniga qaytgandi. Tez orada yoshlar anʼanaviy odatlarga muvofiq tarzda katta toʻy qildilar, birinchi xonim esa mamlakatning birinchi raqamli goʻzaliga ham aylandi-qoʻydi! 

Aytganday, Butanda qirol bir necha marta uylanishi ham mumkin. Ammo Djigme bunday fikrni rad etib, yagona rafiqasiga qattiq koʻngil bogʻlaganini va hech qachon uning yoniga kimnidir olib kelib qoʻymasligini aytadi. Bundan tashqari qirol anʼanalarga zid ravishda omma oldida rafiqasining qoʻlidan ushlab yurishni ham odat tusiga kiritgan. 

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

Yelizaveta II tomonidan unvon bilan taqdirlangan Aga Xon oilasi biror mamlakatni boshqarmaydi, ammo ularning qoʻl ostida bir necha millionlik bizneslar va musulmonlarning Ismoil-Nizoriylar jamiyati mavjud.

Shahzoda oʻzi uchun rafiqa sifatida mashhur moda uylari va jurnallar muqovalari bilan ishlovchi top model Kendra Spirsni tanladi. Kendra suygan yori uchun malika Salva Aga Xon ismini oldi, islom dinini qabul qildi, ammo modellik faoliyatidan butunlay voz kechmadi. U ayrim hollarda fotosessiyalarda haligacha ishtirok etib turadi.  

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

Shahzoda bilan tungi klublarning birida tanishib qolguniga qadar Sofiya ofitsiant, yoga mutaxassisi boʻlib ishlagan va realiti-shoularda ham ishtirok etgan. Boʻlajak turmush oʻrtogʻi bilan uchrashgan Gana shahriga esa koʻngilli va bolalar hariya fondi taʼsischisi sifatiga tashrif buyurgan edi.

Albatta, qirollik oilasi Karlning tanlovidan shodlanib ketmadilar, ammo muhabbatga qarshi chiqish ham qoʻllaridan kelmadi. Hashamatli toʻy marosimiga 400 dan ortiq mehmon yigʻildi. Bugungi kunda juftlik 2 nafar farzandni tarbiyalamoqda.

 

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

Boʻlajak malika buvisining qoʻlida tarbiya topgan: qizaloqning otasi maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlar, onasi esa bolalik chogʻlaridayoq vafot etib ketgandi. Lalla juda yaxshi tarbiya koʻrdi va operatsion tizimlar injeneri sifatida ishlay boshladi. Tez orada esa boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻi bilan tanishib qoldi. Malika bugungi kunda Marokashni rasmiy tadbirlar paytida namoyish qiladi va koʻplab safarlar chogʻida qirolning xamrohiga aylanadi. Salma chiroyli liboslar shaydosi, uni mamlakatning oʻz uslubiga ega boʻlgan ayoli va sevimli insoni deya tan oladilar.

 

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

Maksima oʻzining toʻyiga qadar bank sohasida karyera qilishga kirishgan va buning uddasidan chiqayotgandi. Qiz yirik banklarning birida savdo boʻyicha vitse prezident boʻlib ishlagan.

 

Ammo uning sevgan insoniga turmushga chiqishi ham shov-shuvlarsiz boʻlmadi. Maksimaning otasi argentinalik diktaror Videlaning hukumatidagi qishloq xoʻjaligi ministri boʻlgan, shu sababli parlament ularning turmushiga qarshilik bildirgan. Oxir-oqibat muhabbat siyosatdan ham ustun keldi, ammo kelinchakning ota-onasini uning toʻy marosimida qatnasha olmadilar.

 

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

 

Tatyana Venesuelada slavyan muhojirlari oilasida tavallud topgan, AQSH hamda Shveytsariyada tahsil olgan. Qiz uzoq vaqt mobaynida Diana fon Fyurstenbergning modalar uyida ham ishlab, uning koʻrgazmalarini tashkil qilishga maʼsul boʻldi. Gretsiya shahzodasidan turmush qurish taklifni olgach esa uning hayoti mutlaqo oʻzgarib ketdi. Toʻy marosimi kamtarona binoda oʻtkazilgan boʻlsa ham dongʻi butun Yevropani qamrab oldi. Tatyana bugungi kunda barcha qirollik oilasi vakilalari kabi hayriya dasturlarida faol ishtirok etib keladi. 

Zamonaviy Zolushkalar qissasi: oddiygina qizlarning malikaga aylanishi qanday tarzda kechdi?

 

Ushbu juftlik 12 yil avval tadbirlarning birida tanishib qolishgan. Joel bir muddat qizdan oʻzining aslida kim ekanligini yashirib ham yurdi. Yigit Rimda ulgʻaygan boʻlib, uning oilasi Efiopiyada sodir boʻlgan 1974 yilgi inqilobdan keyin surgunda boʻlgan. Oʻsha paytlarda Joelning katta bobosi boʻlmish oxirgi imperator Xayle Selassie I nimamlakat taxtidan agʻdargan edilar.

Bugungi kunda Joel advokat boʻlib ishlaydi, rafiqasi esa amerikalik sanʼatshunos mutaxassisdir. Juftlikning toʻy marosimi Efiopiya anʼanalariga koʻra oʻtkazilgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar