Qiziqarli

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Koʻrshapalaklar qanday koʻrishlarini bilasizmi? Ular bu ishni aks-sado lokatsiyasi yordamida amalga oshirishadi va maxsus ovozlar chiqarib, toʻsiqqa uchragan tovushni qabul qiladilar. Ayni paytda soʻz borayotgan inson ham huddi shunday xususiyatga ega.  Deniel Kish tovushlar yordamida koʻra oladi va bu borada unga koʻrish qobiliyatidan mahrum ekanligi ham, koʻz saratoni (retinoblastoma) ga mubtalo boʻlgani ham toʻsiq boʻlolmaydi. 

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Uning ushbu qobiliyatni qanday oʻzlashtirgani hozirgacha maʼlum emas, ammo u tili bilan keskin tovushlar chiqarib, turli buyumlarni koʻradi. Ha aytganday, Kish bu ishni shunchalar aʼlo darajada uddalaydiki, koʻzi ojiz insonlarga ham oʻzi amalda qoʻllaydigan bilimlarini ulashib, oʻqitib-oʻrgatadi. Oʻz iqtidori sabab u shu kungacha 2500 ta insonni aynan shu yoʻnalishda oʻqitib bergan.

Hulosa shundayki, koʻzlar boʻlmasa ham koʻrish imkoniyati hamisha bor, doʻstlar! 

Agar shu kunga qadar ushbu rassomning chizgan ishlarini koʻrmagan boʻlsangiz, mazkur vazifani aslo kechiktirmang. Stiven autist rassom va oʻz hotirasiga tayangan holda yuqoridan bir bor koʻrgan shahri landshaftining barcha mayda detallariga qadar chizibbera oladi. Buning uchun u vertolyotda shahar ustida biroz parvoz qilsa boʻlgani. Uning betakror hotirasi barcha narsani mukammal tasvirlaydi. Bolakay 3 yoshligidaunga autizm, yaʼni Savanta sindromi tashxisini qoʻyishgan. Ushbu holatdagiinsonlarda bir yoki bir nechta ilm-fan sohalarida oʻz iqtidorlarini koʻrsatishadi. Bolakay 5 yoshida gʻarbiy Londondagi oʻzgacha rivojlanuvchi bolalar maktabiga bora boshladi va shu нerda uning noyob iqtidori kashf etildi. Uiltshir hech kim bilan gaplashmas va juda odamovi edi, koʻpincha toʻpolon ham qilib turardi. Oʻqituvchilari esa bolaning boshqalar bilan muosabatga kirisha olishi va buni oʻzi ham istayongani haqida sezib qolishdi. Bolakay buni oʻz suratlari orqali amalga oshirar edi. 

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi
Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Bugungi kunda Stiven Britaniyaning eng mashhur rassomlaridan biri. 2005 yilda u Tokio ustidan yarim soat vertolyotda sayr qilib, 7 kun davomida oʻz hotirasiga tayangancha 16 metrli xolstda shahar suratlarini tasvirlab bergan. Behad ajoyib! 

Har bir inson organizm salomatligi uchun kuniga 2 litr miqdorida suv ichishi kerakligini yaxshi biladi. Ammo baʼzan shu suvni ichishga ham qiynalib qolamiz. Endi mana bu noyob iqtidor egasi boʻlmish yigitga bir qarang! U avvaliga katta miqdordagi suvni ichib, keyin uni oshqozondan nasos sifatida foydalangancha orqaga qaytarib chiqara oladi. Tasavvur qiling koʻring-a, Dikson bir deganda 4.5 litr suvni ichishi mumkin! Oppongning kamyob iqtidorinitekshirib koʻrgan mutaxassislar uning oshqozoni oddiy odamlarnikiga nisbatan 4 barobar koʻproq suvni sigʻdira olishi haqida hulosa qildilar. 

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Eng qizigʻi, Dikson suvni oshqozonidan qaytarib chiqarish uchun ortiqcha kuch sarf qilmaydi. Jarayon davomida yigitda koʻngil aynish hodisasi ham kuzatilmaydi. Shifokorlar ushbu holatning moʻjizaviy jihati yoʻqligi,Oppong qiziloʻngach mushaklarini mahorat bilan boshqara olishi haqida aytishdi. Nima boʻlganda ham bu insonni haqiqat oʻzgacha deya atash uchun yetarli asos bor. 

Bu erkak “Tishlar qiroli” nomi orqali ham yaxshitanish va oʻzining noodatiy hamda kishini lol qilib qoʻyadigan iqtidorini namoyish etadi. 2007 yil 30 avgust kuni Velyu Malayziya mustaqilligining 50kuni munosabati bilan tishlari yordamida 2,80 metrli, 6 vagondan tashkil topgan va 290 tonna keladigan poezdni oʻz joyidan surishga muvaffaq boʻlgan. Mahalliy aholi vakillari uning iqtidori bilan faxrlanishadi va bunday natijaga qanday qilib erishgani haqida bilishga urinadilar.  

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Radxakrishnan esa unga muntazam ravishdagi meditatsiyalar, kuniga 25 kilometr masofada yugurish, 250 kilogrammli tosh koʻtarish va jagʻ qismi uchun moʻljallangan mashqlar yordam berishi haqida aytgan. Ishonish qiyin, shunday emasmi? Bunday rekordni Velyudan boshqa hech kim oʻrnata olmagan.

Orangizda koʻpchilik suv ustida yurish haqidagi fokusni koʻrgani aniq. Ammo ayni paytda gap bu haqida emas, haqiqatan real iqtidor haqida bormoqda. Janubiy Shialing ibodatxonasi rohibi Shi Liliang suv yuzasida125 metr masofaga yugura oldi. 

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Toʻgʻri, bu borada unga faner boʻlaklari ham yordam bergan. Rohib uchun 200 ta faner boʻlagi suv yuziga qator shaklida terib chiqildi. Ammo bun muvaffaqiyatning asosi deb  boʻlmaydi. Rohib yurugish tezligi va muvozanatni saqlay olishi bilan ushbu natijaga erisha oldi. Uning ushbu usuli “Suv ustidagi parvoz” deya ataladi. Garchi har bir kun-fu ustasi bu kabi koʻnikmani oʻzlashtirishi kerak boʻlsa-da, faqatgina Shi Liliang mazkur tryukni amalga oshira olgan. 

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Agar rentgen nigohlar faqatgina super qahramonlarga tegishli boʻladi deb oʻylasangiz adashasiz. Rossiyalik Natalya Dyomkina oʻziningnoodatiy iqtidori bilan insonning ichki aʼzolarini kuzata oladi va bemorlarning kasallangan ichki aʼzolari haqida aytib beradi. Qizning aytishicha, u zararlangan tana aʼzolarini hujayralariga qadar koʻrishi mumkin va bunda aʼzolardan goʻyoki imuplslar ajraladi. Ammo iqtidorli qiz oʻzining tana aʼzolarini tekshira olmaydi, ushbu qobiliyati faqat yorugʻ paytlarda ishlab, tunda oʻz-oʻzidan soʻnadi.  Eng qizigʻi uning qoʻygan analizlari shifokorlar tomonidan tibbiyot jihozlari yordamida qoʻyilgan tashxislardan ham aniqroq chiqqan. 

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

2004 yilda esa qiz ingliz matbuoti taklifiga koʻra Londonda boʻlib, jonli efir chogʻida oʻzining iqtidorini namoyish etgan va jurnalist Brioni Uordon ishtirokidagi tadqiqotda ham qatnashgan. Jurnalist avtohalokat sabab koʻplar jarohatlar olgan edi. Nima deb oʻylaysiz, natija qanday boʻldi? Toʻgʻri topdingiz, Natalya ayolning barcha singan aʼzolarini bexato topib berdi.

Hali ham erinchoqlik bilan yangi bilimlarni oʻzlashtirish va buning siz uchun oʻta murakkab ekanligini aytib bahona qilish ila band boʻlsangiz, unutmang: dunyoda imkonsiz narsa yoʻq, doʻstlar! Amerikalik shifokor Artur Lintgen gramplastinkalarning tilini tushunadi! Shifokor ularni rangi va chiziqlariga qarab ichida qanday musiqa yozilganini aytib berishi mumkin. Bir qarashda erkak superqahramonlardek taassurot ham qoldira oladi.

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Uning aytishicha, oʻzining bu iqtidori faqatgina klassik musiqa ohanglariga, Betxoven va shu kabi insonlar musiqasiga tegishlidir. Undan eskiroq musiqalarning tuzilishi bir-biriga oʻxshash boʻlgani uchun ularni ajratish juda qiyin va bu holat zamonaviy hamda kamera musiqasiga ham doir sanaladi. Bunga qaramay shifokorning noyob qobiliyati oʻz mashhurligini aslo kamaytirgani yoʻq.

Ushbu ayol inson miyasi har qanday vazifani, jumladan chuqur murakkablikdagi va tezkor arifmetik hisob-kitobni bajara olishga qodir ekanligining yaqqol isbotidir. Balki orangizda koʻpchilik bunday vazifasini uddalay olishi bilan maqtanar, ammo bu ayol haqida eshitganingizdan soʻng hayratingiz ikki karra oshishiga kafolat beramiz. 

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Kunlarning birida Berkli universiteti professori Shakuntaladan  61 629 875 ning kub ildizi va 170 859 375 ning yettinchi darajadagi ildizini topishni soʻraydi. Ayol esa uni hayratda qoldirgancha bir necha soniya ichida toʻgʻri javobni keltirib beradi. 1977 yili esa ayol Dallas universitetida 50 soniya ichida 201 ta raqamdan iborat sonning 23 darajadagi ilzini chiqarib beradi. Universitet kompyuteri esa ushbu vazifani Delidan farqli ravishda bir daqiqadan koʻproq vaqt ichida hisoblab ayolning natijalari toʻgʻri ekanligini isbotlaydi. 

Kamondan oʻq otish qadimiy jangovar va ov qilish usuli hisoblanadi. Kamonchilar Suriya va qadimgi Misrda katta nufuzga ega boʻlishgan. Bir qarashda kamondan oʻq otish uchun maxsus iqtidor kerak emasdek tuyuladi, ammo bunday desak rostan ham xato qilgan boʻlamiz! Zero kamonchining qoʻllari kuchli, asablari mustahkam, koʻzlari oʻtkir boʻlishi kerak. Bugungi kunda kamondan oʻq otish sanʼati biroz unutilgan, shuning uchun ham ushbu yigitning iqtidorini haqiqatan noyob deya atash mumkin. 

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

10 yildirki, Lars Andersen oʻzining barcha boʻsh vaqtini kamondan oʻq otish mashqlari uchun sarf etadi va  bu ishni mukammal darajada uddalaydi! Lars kamondan keskin oʻgirilgan holatda, harakatlana turib va hatto uchta oʻq bilan ham nishonga olishi mumkin. Uning qobiliyatidan hayratga tushmay iloj yoʻq, albatta. 

Sanoqli daqiqalar ichida boʻlsa-da bir oyoqlab turishga urinib koʻring. Ehtimol oradan bir necha soniya oʻtmay muvozanatni yoʻqotganchaturli tomonlarga ogʻa boshlarsiz. Eʼtiboringiz markazidagi iqtidorli kaskadyorva aktrobat uchun boshni aylantirib yuboradigan darajadagi balandlik ham, togʻ choʻqqilari ham, dor tortilgan cheskiz boʻshliqlar ham qoʻrqinchli emas. Eskil Ronningsbakin boshini pastga qaratgan holda bunday dordan 1000 metrgacha masofani bosib oʻtishi va mutlaqo qimirlamasligi mumkin.

Dunyoni lol qilgan 10 iqtidor sohibi

Erkak bunday tyurklarni 5 yil davomida sirk truppalaridagi faoliyati tajribalari va  betakror muvozanat qobiliyati bilan amalga oshiradi. Uning tryuklari hayot va oʻlim oʻrtasidagi ipday gap. Unda hech qanday zanjirlar ham, xavfsizlikni taʼminlovchi narsalar ham yoʻq. Ammo abjirlik va professionalizm aʼlo darajada. Mana 14 yildirki, ushbu tryuklar Eskilning hayot mazmuniga aylangan. Uning ustozi esa Moskva Davlat sirki ustasi Pyotr Yakob hisoblanadi.Toʻgʻri, Eskilning oʻzi tryuklarni barajishdan avval qoʻrqishini aytib oʻtgan,ammo unga qarab erkakning bu gapiga ishongingiz kelmaydi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar