Rahbarning odob-axloqi. Ragʻbatlantirish va konstruktiv tanqidiy soʻzlar.

Rahbar odob-axloqini bilmagan holda hech qanday samarali ragʻbatlantirish, motivatsiya, tobe ishchilarning kuch-gʻayratiga taʼsir oʻtkazish, dilsiyohliksiz konstruktiv tanqid boʻlishi mumkin emas. Tobe ishchilar motivatsiyasi va ularning kuch-gʻayratiga ragʻbatlantiruvchi taʼsir oʻtkazishning asosiy va eng muhim qoidalarini eslaylik: Tobelar boshliqlar bilan ochiq va sezgir muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.

Ishchi oʻz professional rivojlanishining imkoniyatlariga ishonchi boʻlishi kerak.
Ishchilar ishlarni rejalashtirish jarayonida qatnashishlari va ulardan qanday natijalar kutayotganini tasavvur qilishlari kerak.
Uzviy aloqani saqlash- xodimning ijobiy va salbiy natijalari haqida maʼlumot berishdir. Xodimning ishi natijalari baholanishi, mehnat yutuqlari esa ragʻbatlantirilishi kerak.

Har bir ishchi oʻzishining samaradorligi uchun oʻzini oʻzi javobgar boʻlishi kerak. Ragʻbatlantirish soʻzlari xodimlarning ishiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi uchun: ular aniq va ravshan boʻlishi, harakatni, vazifani, bajarilgan ishlarni koʻrsatishi kerak.
Ular oʻz vaqtida, ish muvaffaqiyatli tugallangandan soʻng darhol aytilishi kerak. Ragʻbatlantirish soʻzlarining toʻgʻri ifodasi katta ahamiyatga ega.
Hurmatga sazovor boʻlgan hamkasblari huzurida oshkora ogʻzaki ragʻbatlantirish, koʻpincha moddiy jihatdan ragʻbatlantirishdan koʻra qimmatliroq boʻlishi mumkin.

Maqtov juda samarali, uni qabul qilgan odamni yanada koʻproq harakat qilishga undaydi. Maqtov doridek boʻlib qoladi, uni qabul qilayotgan kishi har doim avvalgi safardan koʻra koʻprogʻiga erishgisi keladi. Maqtovning yoʻqligi endi jazolash sifatida qabul qilinadi. Nafaqat yakuniy natija, balki eng kichik yutuqlarni tan olish va maqtash, xodimni ragʻbatlantiradi va uning saʼy-harakatini kuchaytiradi.

Kichikroq yutuq uchun maqtash, biroq buni tez-tez tarzda amalga oshirish ancha samaraliroq, chunki bu uzoq muddatli motivatsiyani vujudga keltiradi. Tobelaringizni ragʻbatlantiring va qoʻllab quvvatlang, ularga ishoning, ularni samimiy va mehr bilan maqtang. Xatto eng kichik narsa boʻlsa-da, eʼtiborsiz qolmasin. Boshqa odamlarning qadriyatlarini tan olsangiz, xodimingizni oʻzingizga jalb qilish uchun bir qadam tashlaysiz. Asta-sekin maqtovga erishish uchun harakatlarning nishonali plankasini koʻtarib borish mumkin.

Ragʻbat bizni qilgan ishimiz uchun mukofotlaydi va uni takrorlash istagini vujudga keltiradi.
Qoyil! Siz buni uddasidan chiqdingiz! Siz toʻgʻri yoʻldasiz! Fikrlaringiz yoʻnalishi menga yoqyapti! Siz haqiqatga yaqinsiz! Bu ancha yaxshiroq! Bugun siz yaxshiroq natijaga erishdingiz! Mana buni muvaffaqiyat desa boʻladi! Bundan yaxshirogʻini hali hech koʻrmaganman! Sizni muvaffaqiyatingiz bilan tabriklaymiz! Endi oʻz imkoniyatlaringizni koʻryapsiz! Siz juda tez oʻrganuvchan ekansiz! Siz ancha ish qilibsiz! Yana bir oz urinsangiz muvaffaqiyatga erishasiz! Buni osongina erisha olasiz! Jiddiy ish, qoiyl! Bugun oʻzingizdan ham oshib ketdingiz! Ishingiz zoʻr chiqibdi! Umid qilamanki, ishlar shu asnoda davom etadi! Ancha yaxshi! Muvaffaqiyatni mustahkamlash qoldi! Sizga ishonganim bekorga ham emas ekan! Bu kunni eslab qolaylik! Aʼlo natija! Birinchi oʻrin sizniki! Qanday uddaladingiz? Tajribangiz juda foydali boʻladi!

Asosiy prinsip: insonni emas, yoʻl qoʻyilgan nojoʻya harakatni sazo qilmoq kerak. Soʻz va iboralarni tanlashda insonning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish,ularning kelgusida ishlashga qanday taʼsir qilishini oldindan tahmin qilish zarur.
Xatolar va notoʻgʻri hisoblarning takrorlanishini oldini olish maqsadida notoʻgʻri xatti-harakatlarning sabablarini aniqlash kerak. Dilsiyohliksiz eʼtiroz bildirish shaxsning butunlay oʻziga emas, muayyan bir nojoʻya harakatga baho berishni nazarda tutadi. “Tamgʻa bosish”ga yoʻl qoʻymaslik kerak. Tobe faqat oʻzgartirish imkoniga ega boʻlgan narsani aytib, ilojsiz narsani talab qilmang.

Siz sodir boʻlgan voqea yuzasidan kechirayotgan hissiyotlaringiz toʻgʻrisida gapirishga harakat qiling.("Sizning ishingiz koʻnglimga maʼqul kelmadi"). Bunday tanbeh javobiy eʼtirozlarni qoʻzgʻatmaydi va rahbarning soʻzlarini qabul qilmasdan tobe xodimni "muttasil himoya"ga oʻtib olishga majbur qilmaydi. Aksincha, uni yanada kengroq ochilishga undaydi.
Tobe uchun biror narsani fikrlab, unga tegishli boʻlmagan narsani mansub deb tiqishtirish, (Siz suhbatga umuman qoʻshilmayapsiz. Nima Sizga buni ahamiyati yoʻqmi?) uning hulqini haddan ziyod erkin izohlash umuman yaramaydi, faqat sizga yoqmayotgan narsani aytish bilan chegaralaning.

Ranj-alamni saqlamang, ularni ishdan boʻsh paytdagi, va ayniqsa, kechqurungi oʻylab chiqish mavzusiga aylantirmang. ("Men unga ...ni aytaman, u javob qaytarsa ..., keyin ...") Tobe ishchingiz ehtimol, allaqachon unutib yuborgan eski arazlarni eslab tilga ola koʻrmang.
Kek saqlash - bu rahbar kishining eng yaxshi fazilatlaridan boʻla olmaydi.
Birinchisini soʻzni aytish va tanbeh berishdan oldin, sizni hozir tinglashga tayyor va soʻzlaringiz tobe ishchingizning qalbida kerakli aks-sado uygʻotishiga ishonch hosil qiling. Agar tobe kishi ish bilan mashgʻul boʻlsa, oʻzini yomon his etsa,"eshikdan kirgan zahotiyoq", shuningdek, boshqalarning huzurida munosabatlarga oydinlik kiritishning hojati yoʻq.

Eʼtirozlarni aniq ifoda eting – yarim shaffof kesatmalarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi ("Baʼzi ishchilarimiz kechikishni yaxshi koʻradi", "Oramizdagi ayrimlar buni... deb hisoblaydi"). Bunday iboralar insonni mujmal holatga solib qoʻyadi– javob berishning iloji yoʻq, "baʼzilar” va “ayrimlar”ning ismlari aytilgani yoʻq, jim turib ham boʻlmaydi, chunki bir tomondan, hamma kim toʻgʻrisida gap ketayotganini tushungandek, tuyuladi. Bunday muhit jamoada normal munosabatlarning rivojlanishiga zarracha hissa qoʻshmaydi, aksincha unga salbiy taʼsir qiladi.

Nima sodir boʻldi deb oʻylaysiz?
Nega bunday boʻldi?
Sizning fikrlaringizni eshitmoqchiman. Buning qanday sodir boʻlishi mumkinligini tushuntirib bersangiz.
Niyatlaringizni tushuntir bersangiz.
Qaroringizni tushuntir bersangiz.
... paytda nimani koʻzlab yoʻt tugan edingiz?
Endi nima qilmoqchisiz?
Xatoni qanday tuzatmoqchisiz?
Kecha bu yaxshi edi, lekin bugun emas.
Bugungi kunda avvalgidan sal yomonroq boʻldi.
Bunday xatolar takrorlanmasligi uchun ularni oʻrganib chiqishingiz kerak.
Siz sodir boʻlgan voqeadan jiddiy xulosa chiqarishingiz kerak.
Tugʻrisini aytaman, sizdan yaxshiroq natija kutgan edim.
Bunday tushuntirishni qabul qila olmayman.
Bu ishni qaytadan bajarish kerak.
Bundan buyon ham shu tarzda davom ettirib boʻlmaydi.
Istalgan natijaga erishish uchun nima yetishmadi, deb oʻylaysiz?
Keling, qayerda adashganingizni birga koʻrib chiqaylik.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



