Kelajakda mashhur boʻlib ketgan kishilarning hayotida oʻrta yosh inqirozi

Toʻgʻri, u 35 yoshida vafot etdi. Agar siz 35 yoshingizgacha, maqtangundek hech biror narsaga erisha olmagan boʻlsangiz, bu oʻrta yosh inqirozi tufayli umidsizlikka tushib qolish uchun sabab boʻlishiga sira ham yoʻl qoʻymang. Agar haqiqatan ham biror narsani chin dildan istasangiz - hali hammasi oldinda.
Bu yerda ayni gullab-yashnagan paytdida ham oddiy odam boʻlib qolgan atoqli shaxslar –biznesmenlar, ixitrochilar, yozuvchilar va rassomlarning tarixi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplangan. Ammo ular oʻzining mashhurligiga va badavlatligiga sabr-bardoshi, tirishqoqligi, mislsiz begʻam nekbinligi hamda sevimli mashgʻulotiga vafodorligi tufayli erishgan.

1. Charlz Bukovski kambagʻal ota-onasining oilasida tugʻilgan, bolaligi juda qiyin va ogʻir, otasining zulmi oʻtkir, oʻzi esa tengdoshlari orasida raddi maʼraka sifatida muomala qolgan. U yoshligida spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan. Yozuvchi 20 yoshida uning otasi oʻgʻlining xonasida yashirilgan birinchi qoʻlyozmalarni topib oldi. Ularni oʻgʻlining narsalari bilan birga derazadan tashqariga uloqtirib: "Bunday rasvoni hech kim hech qachon oʻqishni istamaydi!".
Haqiqatdan ham, Bukovskining nashrlari eʼtiborsiz qolib ketdi. 32 yoshida u pochtachi boʻlib ishga kirdi. Oradan ikki yil oʻtgach, u surunkali ichkiligi tufayli vujudga kelgan shiddatli ichki qon ketishidan vafot etishiga sal qolgan edi. Kasalxonadan chiqqach, yozuvchi adabiyotga qaytishga qaror qildi. Pochtada ishlashni davom ettirib, oʻzining asarlarini kichik jurnallarda chop etdi. U 40 yoshdan oshganidan keyin, romanlar yozishni boshlagandi. Unga mashhurlikni "Ichkilikboz" filmi olib keldi. Filmning asosida Charlzning asosan avtobiografik boʻlgan stenariysi yotgan edi. Hozir u zamonaviy Amerika adabiyotining klassiklari qatoridan joy olgan.

2. Richard Fuller bolaligidanoq murakkab qurilmalarni loyihalash va ishlab chiqarishga moyilligini koʻrsatgan edi. 18 yoshida Fuller Garvard universitetida oʻqishni boshladi. U yerda u "masʼuliyatsizlik va qiziqishning yetishmasligi" uchun ikki marta haydab yuborilgan. Shunga qaramay, u oʻqishini qayta tiklab davom ettiraverdi. Sessiyalar orasida u toʻqimachilik fabrikasida mexanik, goʻsht mahsulotini qadoqlash va ishlab chiqarilishida ishlagan, Birinchi jahon urushi paytida esa AQSH dengiz kuchlarida xizmat qilgan.
32 yoshida u pnevmoniyaga uchragan qizini yoʻqotgan. Bolaning oʻlimida oʻzini ayblagan Richard spirtli ichimliklarni isteʼmol qila boshladi va oʻz joniga qasd qilishiga sal qoldi. Faqatgina oxirgi daqiqada u yaxshisi "bittayu bitta inson dunyoga va butun insoniyat manfaati uchun nima qilishi mumkinligini koʻrish maqsadida tajriba" oʻtkazishga qaror qildi. U Shimoliy Karolina shtatidagi kollejga xodim sifatida ishga kirdi va muhandislik sohasi uchun inqilobiy loyiha - geodezik gumbazni ishlab chiqdi. Keyinchalik AQSH hukumati uni armiyaga shunga oʻxshash gumbazlar ishlab chiqarish uchun yolladi. Undan biroz vaqt oʻtgach Fuller 25 ta AQSH patentini oldi, arxitektura, dizayn, muhandislik, tasviriy sanʼat va adabiyot sohalarida 47 xalqarova Amerika faxriy mukofoti laureati boʻldi.

3. Margaret Mitchell 1900 yil 8 noyabrda Jorjiya shtatining Atlanta shahrida huquqshunos va uy bekasining oilasida tugʻilgan. Taʼsirchan Margaret har doim ota-onasi aytib bergan Fuqarolar urush haqidagi hikoyalarni hayrat bilan tinglar edi. 1918 yildagi ispan grippining buyuk pandemiyasi tufayli onasining oʻlishi sababli oʻqishni tugata olmay, u uydagi xoʻjalikning nazoratini oʻz qoʻllariga olish uchun Atlantaga qaytgan. 1922 yilda Mitchell jurnalist sifatida ishlay boshlaydi, 1925 yilda esa Jon Marshga turmushga chiqadi.1926 yilda olingan oyoq jarohati uning jurnalist sifatidagi ishini davom ettirish imkonini yoʻqqa chiqargan va u gazeta tahririyatidan boʻshagan.Margaret eri tomonidan ragʻbatlantirilgan holda yozilishi oʻn yil davom etgan roman ustida ishlay boshlagan.
Lavhalar tasodifan yozilgan, soʻngra toʻplangan lavhalar birlashtirilgan. Atlantaga kelgan yirik nashriyot muharriri, mingdan ortiq bosma nusxadan iborat buyuk qoʻlyozma haqida bilib qolgan. Keyingi yil ichida Mitchell matn ustida juda mashaqqatli ish olib borgan. "Shamollarda qolgan hislarim”ni chop etilishi faqatgina 1936 yilning iyun oyida boʻlib, u Mitchell oʻzi faol ishtirok etgan yirik reklama koʻmagida boʻlib oʻtgan. 1937 yilda kitob Pulitser mukofotiga sazovor boʻlib, 1939 yilda esa xuddi shu nomli film suratga olindi. Kitob ham, film ham yigirmanchi asrning jahon sanʼati va adabiyoti durdona asarlari deb eʼtirof etilgan.

4. Anna Mariya Mouzes oddiy koʻp bolali fermer oilasida dunyoga kelgan, fermerga tumushga chiqqan va butun hayoti davomida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullangan. U kashtachilikni juda yaxshi koʻrgan va uyini oʻzining bezaklari bilan bezagan. Bu keksa ayol yetmishdan oshganida, unda artrit alomatlari paydo boʻlib, uni tikishi tobora qiyinlashgan va shuning uchun ham, u surat chizishga oʻtib olgan edi. 1938 yilda, Anna Mariya 78 yoshda boʻlganida,Nyu-Yorklik bir kolleksioner uning dorixonada namoyish etilgan bir necha ishlariga koʻzi tushib qolgan (u bu shaharchadan oʻtib ketayotib toʻhtagan edi). Qishloqning kundalik hayoti sahnalari aks ettirilgan bu suratlarning hammasini kolleksioner sotib olgan. Keyingi yil ichida rassom ayolning ishlari Nyu-York gallereyasida paydo boʻla boshladi.
Qirqinchi yillar davomida esa rassomning koʻrgazmasi koʻpgina Yevropa shaharlarida va Yaponiyada oʻtkazildi. 1941 yili Mozes xonim Nyu-York shtati mukofotiga sazovor boʻlgan,1949 yilda esa prezident Garri Truman unga Milliy Amerika Ayollar Matbuot Klubining mukofotini shaxsan oʻzi topshirdi. Rassom ayol 100 yoshga kirganida,"LIFE" jurnali uning surʼatini oʻz muqovasiga qoʻydi. 2004 yilda, muallifdan 110 AQSH dollariga sotib olingan "Eski olachipor uy, 1862" manzara tasviri kim oshdi savdosida 60000 AQSH dollariga sotilgan.

5. Stiven Pol Jobs 1955 yil 24 fevralida tugʻilgan.Uning ota-onasi bolani asrab olish uchun bergan. Stiv Jobsni asrab olgan ota-onasi avtomexanik va hisobchi boʻlib, xatto oliy maʼlumotga ham ega boʻlmagan.1970 yillarning oxirlarida Jobsning doʻsti Stiv Voznyak katta tijoriy salohiyatga ega boʻlgan birinchi shaxsiy kompyuterlardan birini ishlab chiqargan. Apple II kompyuteri Stiv Jobsning tashabbusi bilan yaratilgan birinchi Apple mahsulotidir. Ammo 1985 yilda boshqaruv kengashida hokimiyat uchun kurashda magʻlubiyatga uchragan Jobs oʻzi tashkil etgan kompaniyani tark etishga majbur boʻldi va Oliy oʻquv yurtlari hamda biznes uchun kompyuter platformasini ishlab chiqaruvchi NEXT kompaniyasiga asos solgan.
Yangi operatsion tizimni yaratishdagi qiyinchiliklar 1996 yilda Apple tomonidan NEXTni sotib olishga olib keldi. Kelishuv doirasida, Jobs Apple maslahatchisi lavozimiga ega boʻldi. 1997 yilga kelib, Jobs Apple kompaniyasining boshqaruvini nazoratini qaytarib oldi va korporatsiyani boshqardi. Uning rahbarligida kompaniya bankrotlikdan qutqarildi va bir yil oʻtgach, foyda keltira boshladi. Keyingi oʻn yil mobaynida Jobsi Mac, iTunes, iPod, iPhone i iPad ishlab chiqarilishini, shuningdek AppleStore, iTunesStore va AppStore rivojlantirishni boshqardi.
Bir necha yil barqaror moliyaviy foyda keltirgan ushbu mahsulot va xizmatlarning muvaffaqiyati Apple 2011 yilda dunyodagi eng qimmat jamoat kompaniyasiga aylanishiga imkon berdi.

6. Jon Sperling 1921 yilda kambagʻal oilada tugʻilgan. Otasi temir yoʻlda ishlagan. Jon oʻrta maʼlumotga ega boʻlganidan keyin, bir necha yillar mobaynida savdo kemasida dengizchi boʻlib ishlagan. Elliginchi yillarda Sperling “bit”chilardan, yaʼni “isyonkor yoshlar” vakillaridan biri, oltmishinchi yillarda esa -San Xose Universitetining professori boʻlgan. 53 yoshida Jon tavakkal qilib hamma narsani boshqatdan boshlashga qaror qilgan edi. U professori lavozimini tark etib oʻzini tadbirkor sifatida sinab koʻrishga qaror qildi. U tijoriy taʼlim bilan shugʻullanuvchi The Apollo Group korporatsiyasini tashkil qildi. Feniks shahrida tashkil etilgan universitetning birinchi sinfiga 8 nafar talaba qabul qilingan edi. Taxminan oʻttiz yil oʻtib, 2008 yilda The Apollo Group kompaniyasi 345ming nafar kishi unda oʻqish istagida ekanligini maʼlum qildi. Bugungi kunda 91 yoshli Jon Sperlingning moliyaviy holati 1 milliard dollardan oshadi.

7. Chak Palanik yoshligini ota-onasi yashagan koʻchmanchi uy-furgonda, keyin esa bobosi bilan kichgina ranchoda oʻtkazdi. Palanik 24 yoshida u Oregon shtatidagi jurnalistika maktabini bitirdi. Shundan koʻp vaqt oʻtmay, yozuvchi Portlendga kelgan. U bu yerda dastlab mahalliy gazeta uchun maqolalar yozgan, keyin Freightliner yuk avtomobillari mexanigi va hatto kifuralarni taʼmirlash boʻyicha yoʻriqnomalar tuzuvchi sifatida ishlagan.
Taxminan shu paytda Palanik uysizlar uchun panagohda keyinchalik esa shifoxonada koʻngilli boʻlib ishladi. Unga juda yaqin boʻlib qolgan bemorlarning biri vafot etganida, u bu ishdan voz kechishiga toʻgʻri kelgan. U Amerikalik yozuvchi Tom Spaunbaerning mahorat darslariga Palanik 35 yoshga toʻlganidan keyingina tashrif buyura boshladi.
Dastlabda u bu yerga faqat "yangi doʻstlar orttirish" maqsadida tashrif buyurardi. Uning ilk kitobi nashr etilmadi, chunki uning syujetidan Palanikning koʻngli toʻlmagan edi. Keyingi roman nashriyot tomonidan rad etilgan ("gʻazabni qaynatuvchi mazmuni" tufayli). Faqat shundan keyingina yozuvchi unga mashhurlikni olib kelgan "Jang klubi" deb nomlangan romanini yaratgan. Yetarlicha "gʻazabni qaynatuvchi mazmuni"ga qaramay, asar nashriyotga yoqib qolgan.Keyinchalik ushbu kitob asosida huddi shu nom bilan badiy film yaratilgan va kinoning eng ommabop asarlari qatoridan oʻrin olgan. Bugungi kunda Chak Palanik eng ommabop zamonaviy Amerika yozuvchilardan biri.

8. Anri Russo tunikasoz oilasida tugʻilib, erta yoshligidan qattiq ishlashga majbur boʻlgan. Maktabdan keyin u qonunni oʻrganib va huquqshunos boʻlib ishlagan, ammo tez orada, "yengil yolgʻon qasam" tufayli ishni tark etishga majbur boʻlgan va 24 yoshga toʻlguniga qadar xizmat qilishga toʻgʻri kelgan armiyada panoh topgan.
Xizmatdan soʻng,Russo oddiy lavozimda ishlab onasini boqish uchun Parijga qaytgan. 27 yoshida u Parijga olib kelinadigan mahsulotar uchun boj yigʻuvchisi lavozimiga tayinlangan. Russo yoshi qirqdan ortganidan keyingina rasm chizishni boshlagan. Vaqt oʻtishi bilan u bojxona ishini tark etib, butunlay oʻzini sanʼatga bagʻishladi va chizgan rasmlarini sotib tirikchilik qila boshladi.
Sanʼat taʼlimini olmagan, "tabiatning oʻzidan oʻzga oʻqituvchisi" boʻlmagan oddiy mansabdor, eng nozik taraflarining aniqligi, suratlarning rang-barangligi, mavzularning oʻziga hosligi bilan ajralib turadigan suratlar chiza boshladi. Koʻpchilikuni tanqid qilib "bunday qilib xatto bolalar ham surat chizishi mumkin" derdi, lekin Russo anoyi sanʼat maktabining yaratuvchisiga aylandi. Uning asarlari koʻplab rassomlar, jumladan, Pablo Pikassoning hayratiga sazovor boʻldi.

9. Garland Sandersning otasi bola olti yoshligida vafot etdi. Uy xoʻjaligi, shu jumladan ovqat tayyorlash ham Sandersning vazifasiga aylandi. Uning onasi qayta turmushga chiqdi, lekin u oʻgay otasi bilan yaxshi munosabatlar oʻrnata olmadi va 12 yoshida uydan qochib ketdi. U 16 yoshida u Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasiga koʻngilli ravishda xizmatga jalb qilindi, biroq bir yildan kamroq vaqt ichida u yerdan chiqib ketdi. Keyinchalik u oʻzini turli sohalarda sinab koʻrdi:
Temir yoʻlda oʻtyoqarlik qildi, shinalar sotuvchisi, konduktor, fermer yordamchisi, kuryer sifatida ishladi, ammo hech qayerda uzoq vaqt davomida ishlashga muvaffaq boʻlmadi. U faqat 40 yoshiga borib eng kam zarur mablagʻ toʻpladi va shundan keyin mijozlar uchun kichik ovqatlanish xonasi bilan avtomobil tuzatish ustaxonasini ochdi.
Ovqatni Sanders uy oshxonasida tayyorlab, tanovulxonani esa ustaxonaning oʻzidagi xonalardan birida joylashtirdi. Ovqatlanish xonasi mashhur boʻlib ketdi va tez orada Sandersning taomlari Kentukkidan tashqari uzoq-uzoqlarga tarqaldi. 65 yoshida u oʻz restoranlari uchun franshizalarni sota boshladi - shunday qilib "Makdonalds"ning mashhur raqibi - KFC Corporation dunyoga keldi.
1964 yilda uning asoschisi kompaniyani 2 million AQSH dollariga sotdi. Hozirda KFC Corporation dunyodagi yuzdan ortiq mamlakatlarda 15000 dan ortiq restoranlariga ega.

10. Paulo Koelo 1947 yil 24 avgustida Rio-de-Janeyroda, muhandis Pedru va Liji Koelolarning farovon oilasida tugʻilgan.Yetti yoshida u iezueitlik maktabga yuborildi va shu yerda unda birinchi marta kitob yozish istagi namoyon boʻldi. Yozuvchi boʻlish istagi uning oilasida tushunish bilan qabul qilinmagan, shuning uchun ham u oila aʼzolari majburlovi bilan Rio-de-Janeyro universitetining huquqshunoslik fakultetiga oʻqishga kirgan, ammo tez orada uni tashlab, koʻproq jurnalistika bilan shugʻullangan. Natijada, u bilan uning oilasi oʻrtasidagi ziddiyatlar ortib borgan va oʻn yetti yoshli Paolo Koelo davolanish uchun majburan bir xususiy psixiatrik shifoxonaga joylashtirilgan. Namoyon boʻlgan shizofreniya tufayli elektroshok bilan davolash ham, davolashning ikkinchi bosqichi ham uning oʻziga boʻlgan ishonchini oʻzgartira olmadi.
Natijada, davolanishning uchinchi bosqichidan soʻng, uning oilasi u "normal"ish bilan shugʻullana olmasligiga koʻnikkan edi. Unga olmashumul mashhurlikni olib kelgan bestseller asari boʻlgan birinchi romani – “Alximik”ni Paolo Koelo 1988 yilda butun dunyo boʻylab kezib chiqqandan keyingina yozgandi. Bugungi kunda dunyoning 150 mamlakatida 67 tilga tarjima qilingan Paolo Koeloning 86 milliondan ortiq kitobi sotilgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



