Avto

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?

Bu feʼl-atvor xususiyatlarini baxtli boʻlishni xohlagan har kim oʻzida rivojlanishi mumkin. Xoʻsh, ushbu shaxsiy fazilatlarva feʼl-atvor xususiyatlari qanday?

Ular bor-yoʻgʻi bir nechta va ular tabiiy ravishda biri-biridan kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, oʻzimizni bir yoʻnalishda takomillashtirish orqali biz boshqa koʻrsatkichlarni avtomatik tarzda yaxshilab boramiz.

Bugun oʻzini ijobiy baholash, oʻziganisbatan ishonch, hurmat, oʻz hayoti uchun maʼsuliyat,onglilik (ongli ravishda tanlash) gap boradi.

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?

1. Baxtli insonning eng salmoqli xususiyati - bu adekvat, ijobiy oʻzini baholay olishdir, u burchakning boshida turadi va uning xulqi, munosabatlari, faoliyati, faolligi, maqsadlarni belgilash va ularga erishish qobiliyatiga taʼsir etadi.

Oʻzini sogʻlom baholay olish naqadar muhimligini koʻrsatish uchun insonning hayotida oʻziga past baho berish qanday taʼsir qilishini bir misolda koʻrib chiqaylik: biz nima qilishimizdan qatʼiy nazar, biz oʻz xatti-harakatlarimizni, oʻz faoliyatimiz va boshqalar bilan munosabatlarimiz natijalarini beihtiyor baholashga oʻrganib qolganmiz. 

Salbiy jihatdan oʻzini baholash boshqalarning fikrlariga qaramlikka, oʻz manfaatlarini himoya qila olmaslikka yoki ularni himoya qilishning nooʻrin shakliga (tajovuz, boshqalarniayblash, oʻta qattiq oʻzinitanqid qilish) olib keladi. Oʻziga past baho beradigan odamlar oʻz qobiliyatlarining qadriga yetmaydi va hayotiy vaziyatlarnioʻz foydasiga oʻzgartirishga jurʼat qila olmaydi. Ular juda koʻp hollarda ongli yoki ongsiz ravishda oʻzlarini bunga noloyiq deb hisoblab, istalgan narsaga erishishning qulay imkoniyatlarini rad etadi.

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?

Har qanday korxonaning muvaffaqiyatli taqdirida ular buning sababini tashqi sharoitlarda deb hisoblaydi va aksincha, muvaffaqiyatsizlikda - oʻzini aybdor deb biladi.Ular boshqalarga ham bir xil munosabatda boʻlmaydi, ularni yoki oʻta kamsitib yoki minbarlarga koʻtarib yuboradi. Hatto konstruktiv tanqidni ham yuragiga juda yaqin, ogʻir oladi va  boshqalar muvaffaqiyatlarini koʻrgan paytlarda hasaddan azob chekadi. Va eng yoqimsiz narsa inson sutkasiga 24 soat oʻz ichki "ayblovchi"si bilan yashaydi. Yumshoqroq qilib aytganda, bu juda ogʻir, chunki oʻzingdan qochib keta olmaysan, kishi. 

Oʻziga past baho berish turli qaramliklarning sababi boʻladi (alkogol, nikotin,  ishqiy oʻyinlar, xizmatbozlik - bu holatdamuvaffaqiyatli mavqe “oʻz tushkunligi, norasoligi” uchun tovon sifatida xizmat qiladi va hokazo).

Qaramliklar doimo eng kamida bitta vazifani bajarishga qaratilgan boʻladi: ular kuch-quvvatdan ayriydi yoki ichki "ayblovchi"ning faoliyatini kamaytiradi. Inson uchun eng muhimi nima - oʻzini baholay olish qobiliyati yoki boshqalarning fikri ekanligini aniqlash uchun oddiy bir test, yaʼni sinov mavjud (natijalarning yuz foiz ishonchli ekanligiga kafolat bera olmaydi, ammo koʻp hollarda toʻgʻri tashxis qilinadi). 

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?

“Oʻz peshonangizda koʻrsatkich barmogʻingiz bilan E harfini chizing, kattami, kichikmi – baribir. Buni qanday qilganingizni eslab qoling. Nima uchun bunday qilishkerakligini biroz vaqt oʻtgach tushunib olasiz. Xoʻsh, sogʻlom, adekvat, ijobiy oʻzini baholashga nima taʼsir qiladi?

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?

2. Baxtli kishining ikkinchi xususiyati oʻziga ishonch hisoblanadi. Oʻziga ishonish, oʻzini ijobiy adekvat baholashiga zarar yetkazmagan holda, oʻzi va boshqalardan doimiy ideal xatti-harakatlar yoki yakuniy natijalarni kutish uchun hech qanday ehtiyoj yoʻq, degan maʼnoni anglatadi. Oʻziga nisabatn ishonch oʻzinga va boshqalargaxato qilish huquqini beradi. Oʻziga boʻlgan ishonch hayotning deyarli barcha sharoitlarida oʻziga nisbatan ijobiy munosabatni saqlab qolishga imkon beradi. Variant sifatida: oʻz-oʻzini baholash biroz yoki keskin oʻzgaradi, lekin juda qisqa muddat uchun. Boʻrttirilgan, noadekvat oʻzini baholash aynan insonning oʻziga nisbatan boʻlgan ishonchsizligi,  xatolarga yoʻl qoʻyishi va nomukammal boʻlish huquqini eʼtirof etishga qodir emasligidan darak beradi.

3. Baxtli odamning keyingi xususiyati - bu oʻziga ishonch, oʻzini hurmat qilish, oʻz qadr-qimmatinibilishdir. Oʻziga nisbatan hurmat oʻz ichiga qadr-qimmatiga boʻlgan ishonchni oladi; yashash va baxtli boʻlish huquqiga nisbatan ijobiy tasdiqlovchi tamoyil; fikrlarni, istak va ehtiyojlarni oʻrinli tasdiqlashdagi qulaylik; hursandchilik hissi - bevosita huquqi ekanligini his qilish. Oʻzini hurmat qilish oʻz ahamiyatliligini ortiqcha namoyish qilishni anglatmaydi. Oʻziga nisbatan ichki ishonch,"ovozi baland" tashqi namoyon boʻlishi ehtiyojiga ega emas, u oʻziga nisbatan munosabatda, va albatta boshqalarning unga nisbatn boʻlgan hurmatida namoyon boʻladi. 

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?

4. Avvalgi uchtasidan kelib chiqadigan baxtli insonning keyingi xususiyati –oʻz hayoti uchun maʼsuliyatdir. Oʻz qobiliyatlari toʻgʻrisidagi tasavvurga ega boʻlib, oʻz ehtiyojlarini, mijozining tabiy xususiyatlarini hurmat qilib, xatolar va boshqa odamlar tomonidan nisbiy tushunmovchilik yoki salbiy munosabatdan qoʻrqmagan holda,baxtli odamlar oʻzlarini mavjud variantlardan eng yaxshisi - tanlash huquqidan mosuvo qilmaydi (darvoqe, bu huquq har doim va hammada mavjud), javobgarlikni oʻz zimmasidan boshqalarga yuklab qoʻymaydi.

5. Shu bilan birga, ular oʻz tanlovini vaziyatning bosimi ostida emas, ongli ravishda, chuqurva atroflicha mushohada qilib yoki yoʻl-yoʻlakay barcha "tarafdor" va "qarshi" fikrlarni taroziga qoʻyib koʻrib,  oʻz manfaatlari va tamoyillarini himoya qilgan holda, va oʻzlarining hotirjaligi uchun amalga oshiradi. Shu bilan birga, ular hatto oʻzlarini biror narsadan mahrum qilsalar ham, bu tanlov nima (kanday muhimroq qadriyatlar) uchun qilinganligini tushunadilar. Maʼlum hayotiy sharoitda onglilik qanday namoyon boʻlishini, “Mehr bilan va usiz” Dzen masali yaqqol yoritib beradi. 

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?

6. Baxtli insonlarning keyingi oʻziga xos xususiyati bu autorefleksiya. Bu psixologik termin biz oʻzimizning hissiyotlarimizga, fikrlarimizga xolisona hisobot berib,oʻz qiyofamizga tashqaridan qarashni, oʻz his-tuygʻularimizni va hulq-atvorimizni uchinchi shaxs nomidan kuzatib maqsadli ravishda taʼriflashimizni nazarda tutadi. Nima uchun autorefleksiya juda muhim? U bizga ehtiroslarning joʻshqinligini pasaytirish va vaziyatning asl holatini koʻrish imkoniyatini beradi. 

Bu esa, inqiroz paytida samarasiz kechinmalardan - konstruktiv izlanish, muammoni faol va samarali hal qilinishiga oʻtishga undaydi. Quvonchli hodisa yuz berganda esa - oʻzini,oʻzehtiyojlarini, maqsadlarini, qiymatlar tizimini teranroq anglash imkonini beradi. Autorefleksiya oʻzini hurmat qilish hissiga ega, ishonchi boʻlgan vaadekvat ijobiy oʻzini baholash qobiliyatiga ega kishilarda eng koʻprivojlangan. Autorefleksiya hissiyotlarimizni toʻldirilgan va yorqin qilishibilan birga, jamiyatning stereotiplari tomonidan “qoʻllanilmaydigan”lariga ham nur sochib, ularni ochib beradi. Lekin ular shuning uchun ham stereotipi –inson hissiyotlarining butun spektri deyarli har bir shaxs uchun mavjud. turlicha hissiyotlarga,va ularni namoyon etishga boʻlgan huquqini hamma ham anglay olmasligi yoki  tushunmasli – boshqa masala. Faqat qachon, qanday va nima uchun?

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?

Endi esa orqaga, peshonangizga chizib qoʻyilgan E harfiga qaytamiz. Agar E uni yozgan odamga oʻqish uchun qulay boʻlsa-yu, roʻparadagi suhbatdoshingiz uning koʻzgudagi aksini koʻrsa, bunday holda oʻzingizni baholash siz uchun muhimroq; agar buning aksincha,sizga qarab turgan suhbatdoshingiz nuqtai nazaridan harf toʻgʻri yozilgan boʻlsa– siz uchun boshqalarning fikri muhimroqdir.

Psixologiya: Oʻzingizga nisbatan qanday munosabatdasiz?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar