Qiziqarli

Xalqaro bolalar himoya qilish kuni

Xalqaro bolalar himoya qilish kuni

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni -eng uzoq vatdan beri nishonlanib kelayotgan xalqaro bayramlardan biri. Uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 1925 yilda Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan  Butunjahon konferensiyasida qabul qilingan. Bu bolalar bayramini nima uchun aynan 1-iyun kuni nishonlashga qaror qilinganligi haqida tarixda aytilmagan.

Xalqaro bolalar himoya qilish kuni

Naqllarning biriga koʻra, 1925 yilda San-Fransiskodagi Xitoyning bosh konsuli bir guruh Xitoylik yetim bolalarni toʻplab, ular uchun aynan 1-iyun kuni Duan-u Sze ( Ajdaho - qayiqchalar namoyishi) bayramini oʻtkazib bergan. Baxtli tasodifga koʻra, namoyish Jenevadagi "bolalar" konferensiyasini oʻtkazish vaqtiga toʻgʻri kelgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin, bolalar sogʻligʻini saqlash va ularning  farovonligi muammolari har qachongidan ham dolzarbroq boʻlib turgan payt, 1949 yili Parijda bolalar baxtining yagona kafolati sifatida mustahkam tinchlikni taʼminlash uchun tinimsiz kurash toʻgʻrisidagi qasam yangragan Ayollar Kongressi boʻlib oʻtdi.

Xalqaro bolalar himoya qilish kuni

Xuddi shu yili Ayollar Xalqaro Demokratik federatsiyasi Kengashining Moskvada boʻlib oʻtgan majlisida uning 2-chi kongressining qarorlariga binoan ushbu bayram taʼsis etildi. Bir yil oʻtib esa, yaʼni 1950 yilning 1 iyun kuni birinchi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni oʻtkazildi. Shundan beri ushbu bayram har yili oʻtkazilib keladi.

Xalqaro bolalar himoya qilish kuni

Xalqaro bolalarni himoya qilish kunining oʻz bayrogʻi bor. Ulgʻayish, uygʻunlik, soflikva unumdorlik ramzi boʻlgan yashil zaminda, Yer ifoda etuvchi globus beligisining atrofida - qizil, sariq, koʻk, oq va qora ranglarda uslubiy tasvirlangan shaklchalar joylashtirilgan. Ushbu odamchalar koʻrinishidagi shaklchalar turli-tumanlik va bagʻrikenglikni anglatadi. Markazda joylashgan Yer belgisi hammamizning umumiy uyimiz ramzidir.

Xalqaro bolalar himoya qilish kuni

Qizigʻi shundaki, bu bayramni rivojlanishning sotsialistik yoʻlini tanlagan mamlakatlarda faol qoʻllab-quvvatlangan edi. Sovet Ittifoqi davrida 1 iyun kuni oʻrta maktablarda yozgi taʼtillar boshlanar edi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolalarning huquq va farovonligi haqida nutqlar, bolalar uchun yangi badiiy filmlar va telekoʻrsatuvlar namoyish etilishi, bolalar uchun tashkil etilgan tez-tez ota-onalari ishtirokidagi sport musobaqalari oʻtkazilardi.

Xalqaro bolalar himoya qilish kuni

Bugungi kunda ham koʻplab mamlakatlarda bolalar uchun ommaviy, koʻngilochar va madaniy tadbirlar oʻtkaziladi. Ammo bolalar bayrami nafaqat bolalarning oʻzlari uchun quvonchli bayram, balki barcha bolalar baxtli tarzda ulgʻayishi, oʻqishi, sevimli mashgʻulotlari bilan shugʻullanishi, kelajakda ajoyib ota-onalar va oʻz yurtlarining maʼsuliyatli fuqarolari boʻlib yetishishi uchun dunyo hamjamiyatiga eslatish va ogohlantirishdir.

Xalqaro bolalar himoya qilish kuni
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar