Sayohat

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Bu yerga faqatgina koʻpincha turistlarga toʻlib ketgan ingichka yoʻlakchalar orqali kelish mumkin. Keyin qoya boʻylab juda katta boʻlmagan egri-bugri zinadan biroz yurishga toʻgʻri keladi. Bu xilvat jannatmakonga yetib borishning eng oddiy usuli kirakash qayiqchalar boʻlsa ajab emas. Ammo, ishoning, sayohat bunga haqiqatdan ham arziydi. Aslida, bu Oʻrta yer dengizining 10 ta eng zoʻr plyajlaridan bittasi. 

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Fulxadxu – bu Hind Okeanining oʻrtasida joylashgan orol. U hayotni oroldagi tub aholining koʻzibilan qarash istagida boʻlganlar uchun aʼlo darajada mos keladi. Bu Maldiv orollarining asosiy qismidan tezkor katerda ikki soatlik yoʻl masofasi uzoqligida joylashgan haqiqiy tropik jannat. Unda turistik diqqatga sazovor joylar yoʻq, faqat birgina mehmonxona bor. 

 

Turistlar bu yerdagi mahalliy aholisining qoidalariga rioya qilishlari shart, yaʼni bikinida yurish (gʻarbiy plyaj sarhadlaridan tashqarida mumkin) va spirtli ichimliklarini isteʼmol qilish mumkin emas. Palmalar, koral riflar, rang-barang baliqlar qurshovida siz Maldiv olamini tadqiq etish uchun barcha sabablarni topa olasiz. 

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Bu plyajni turistlar makoni, deb boʻlmaydi. Bu erga etib kelgandang soʻng atigi bir necha mahalliy aholi vakillaridan tashqari bir oʻzingiz ekanligingizni sezib hayratda qolarsiz, balki. Bu yerda maymunlarni, koʻplab korallarni, palmalarni va doʻstona toshbaqalarni koʻrishingiz mumkin. Togʻlar zaminida mislsiz manzara paydo boʻladi, quyoshning botishi esa ertaklardagidek, goʻyo. 

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Dam Trau plyaji aeroportning shunday yonginasida, shuning uchun ham bu yerda tez-tez boshingiz uzra atigi bir necha metr balandlikda uchayotgan samolyotlarni koʻrishingiz mumkin.Bu plyaj qisman tropik changalzorlar, bambuk va qaragʻay oʻrmon bilan qurshab olingan, shuning uchun, goʻyo oʻzingizning kichik bir xilvat behisht olamingizdagidek taasurotlar vujudga keladi. Plyajga sezilarli darajadagi oʻnqir-choʻnqir yoʻlakcha orqali yetib olsa boʻladi. Ushbu yoʻl oxir-oqibat ajoyib xushmanzara dengiz, uchta kichgina plyaj va mayda oq qumga olib chiqadi. Bu yerda ham turistlar juda kam boʻladi. 

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Dastlabda sizga qayiq kerak boʻladi, keiyn biroz yoʻlak boʻylab yurishingizga yoki koʻtarilishlar va granitli bahaybat toshlarga toʻla 30 daqiqali safar qilishga qaror qilishingizga toʻgʻri keladi. Bu toshlar uzra faqatgina sudralib harakatlanish mumkin. Iblis koʻrfazidapastga qarab yurganda bahaybat toshlar arklar, grotlar, yaʼni tik qoyalardagi gʻorlar,suv koʻtarilish basseynlari, tunellar va haqiqiy labirintga duch kelish mumkin. Shuningdek, bu yerda dayving bilan shugʻullanish, qisman suvning ichida joylashgan bahaybat toshlar oralab suzish mumkin. 

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Bu plyaj sportning suv turlari tufayli tanilgan. Bu sarguzasht ishqibozlari uchun juda mos keladigan joy. Suv ostida suzish (yorqin rif atigi 5 fut chuqurlikda boshlanadi), trekking, gidrosamolyotda uchish, baliqchilik, oyna tubli qayiqchada sayr qilish va xatto dengiz tubini tadqiq qilish mumkin boʻlgan sayr uyushtirish mumkin. 

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

2013 yilda dunyoga mashhur Trip Advisor turistik portalida bu plyaj dunyodagi eng yaxshi plyaj deb topilgan. Orol qitʼadan 170 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning qoyali grotlarida butun bir tarix oʻyib chiqarilgan. Uni arablar, yunonlar va rimliklar istilo etgan. Shuningdek siz sohildagi tarixdan avvalgi kulbalarni topishingiz va ajoyib, serhasham yoʻlaklar boʻylab sayr qilishingiz mumkin. Qiziqarli bir fakt: aslida quyonlar sharafiga nomlangan bu orolda ushbu moʻynali hayvonlar juda ham koʻp emas. 

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Dastlabda Agios Georgios nomi bilan tanilgan ushbu plyaj hech bir mubolagʻasiz halokatga uchragan kemaning qirgʻoqqa chiqarib yuborilgan boʻlaklari mavjud boʻlgan plyajdir. Shubhasiz,afsonalarga boy sirli kema halokati bu yerga turistlarni chorlaydi, biroq plyajning billurdek shaffof suvlari –odamlar bu yerga tashrif buyurishining asosiy sababi.

Bu plyajga yetib kelishning yakkayu yagona yoʻli – dengiz trafdan suzib kelish. Sehrlovchi manzaralar qoyalarning ustida joylashgan piyodalar yoʻlaklari va turistlar platformalaridan ochiladi. 

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Tropik Raka-Bich (shuningdek, saqoqushlar plyaji sifatida ham tanilgan) – Kichik Eksumadagi eng uzun plyaj.U 1,5 kilometrga choʻziladi. Bu yerga uzun tuproq yoʻlak orqali kelish mumkin. Bu yerdagi suv shaffof va korall yoki toshlar kabi toʻsiqlar umuman yoʻq. Oʻzining joylashishi tufayli bu yerga juda kam turistlar keladi, shuning uchun ham ushbu plyajni qadr-qimmatiga yarasha haqiqiy voha deb atasa ham boʻladi. 

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar

Ushbu plyaj goʻzalligini taʼriflashga til ojiz. Siz ham shunday joyda hordiq chiqarishni istarmidingiz?

Dunyodagi eng toza suvga ega boʻlgan koʻrkam plyajlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar