Ogohlik zarar qilmaydi: Haqiqat boʻlib chiqqan 5 nafar mudhish shahar afsonalari

Afsona:
“Botinkangning iplarini bogʻlab ol, boʻlmasa poyafzalining ipi ilashib qolgan anavi yigitga oʻxshab seni ham eskalator yutib yuboradi!” poyafzalining iplarini bogʻlashga oʻrgatmoqchi boʻlgan ota-onalar oʻz bolalariga tahminan shunday deb aytadi.
Eskalatorlarda hech qanday hodislarsiz koʻp yillar davomida yurgandan keyin eskalator barmoqlaringni yeb qoʻyishidan koʻra boshingga meteorit uchib kelish ehtimoli koʻproqday tuyuladi.
Haqiqat:
Biroq, bu biz oʻylagandek havfsiz emas. Eskalator tarixida ular orasida “odamxoʻr”ga aylangan yuzdan ortiq hodisalar mavjud.
Shanxaydagi savdo markazlaridan birida eskalator farroshning oyogʻini olib kirib ketdi. Erkak zinaga turganida uning ostida pol yorilib, oyogʻi mashinaning mexanizmi ichida tiqilib qoldi. Jabrlangan erkakni eskalator changalidan faqat qutqaruvchilargina ozod qila oldi.
Qarovsiz qoldirilgan bolakayning qoʻlini eskalator olib kirib ketdi. Xayriyatki,bola qutqarib qolindi.

Afsona:
Odatda faqat gʻarbiy dahshatli filmlarida uchraydigan nekrofil qoʻshni qanaday taʼrifga ega boʻlishi mumkin deb oʻylaysiz: yuvosh, xushmuomala, ziyoli va hech qanday shubhaga oʻrin qoldirmaydigan.
Haqiqat:
Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridan boʻlgan olim-tilshunos Anatoliy Moskvin aynan shunaqa pismiqlardan edi.
Uning butun xonadoni kattagina, odam boʻyi keladigan qoʻgʻirchoqlarga toʻla boʻlgan. Shuning oʻzigina juda gʻalati, ammo eng dahshatlisi hali oldinda – “qoʻgʻirchoq”larning oborochkali koʻylaklari-yu oq-malla pariklar ostida tezkor hodimlar ... 26 nafar qizlarning mumiyolangan jasadini topib olgan!
Moskvin ashaddiy kolleksioner boʻlgan, shu qadar ashaddiy boʻlganki, aynan shuning orqasidan “tomi ketib qolgan”, lekin boshqalar kabi pochta markalari, turli davrlarning tangalarini emas odamlarning moʻmiyolangan jasadlarini toʻplagan. U 2000 yildan boshlab Nijniy Novgorod, Moskva va boshqa shaharlardagi qabristonlardan jasadlarni kavlab olib uyiga olib kelgan.
Anatoliy Moskvinga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 244-moddasi “Qabrlarni yoki murdalarni tahqirlash” boʻyicha ayb qoʻyilgan, lekin 2012 yilda boʻlib oʻtgan sud jarayonining natijalariga koʻra u gʻayrishuuriy shaxs deb topilib (“shizofreniya” tashhisi qoʻyilgan) majburiy ruhiy davolashga yoʻnaltirilgan. Keyinchalik majburiy davolashning muddati bir necha marta uzaytirilgan, hozirgi paytda amalda boʻlgan oxirgi xukmning uzaytirilishi toʻgʻrisida 2017 yilning iyul oyida qaror qilingan.

Afsona:
Ishonchli bemorlarni parchalashni yaxshi koʻradigan shifokorlar - koʻpgina shaharlar afsonalari, koʻplab qoʻrqinchli filmlarning qahramonlari sifatida namoyon boʻladi.
Haqiqat:
Kaliforniyalik plastik jarroh Glenn Taker, odamlarni tasqaraga aylantirganidan sadistik zavqlanganiga oʻxshaydi. Qoʻlidagi ogʻriqlarga shikoyat bilan murojaat qilgan bir bemorni davolash amputatsiya bilan yakunlandi.
Shikoyat daftari va sudga daʼvo arizalari togʻday boʻlib ketishi bilan jarroh qayiqda sayr qilayotgan paytda choʻkib ketib fojeali tarzda halok boʻlganligi toʻgʻrisida xabar paydo boʻlgan edi. Oradan bir yil oʻtib u Floridada yana paydo boʻlib qoldi. Shu bir yil ichida u yana bir qancha mijozlarni badbashara qilishga ulgurgan.
Voqea ommaviy ahborot vositalarida yangrab oʻtgan. Taker hibsga olingan va garov evaziga sudgacha qoʻyib yuborilgan, biroq u sudni kutib oʻtirmay u oldindan oʻz uy hayvonlarining barchasini oʻldirib, keyin oʻzini otib yuborgan.

Afsona:
Oʻz uyingizda bir oʻzingiz boʻlsangiz birdan sizni tinmay kimdir kuzatayotganday tuyulaveradi. Hamma oyna va eshiklarni bekitib qoʻydingiz, biroq baribir uyda sizdan tashqari yana kimdir borligini sezib turibsiz?
Siz bilan shunday boʻlganmi?
Haqiqat:
Yakka oʻzi yashaydigan 57-yoshli yaponiyalik bir erkak oʻz uyida ayrim narsalar tinmay joyini oʻzgartirayotganini seza boshladi. Ovqat yoʻq boʻlib qolar edi, ammo uy egasi uni yemaganini aniq eslaydi. Eshik qulflangan, oynalar esa mustahkam yopilganligiga qaramay tunning yarmida u oʻz xonadoni ichidagi gʻalati tovushlardan uygʻonib ketadigan boʻlib qolgan edi.
Bu vaziyatga aniqlik kiritish uchun u butun uyi boʻylab yashirin kameralarni oʻrnatib chiqdi.
Ertasi kuni kameralarning yozuvini koʻrayotib u “Qoʻngʻiroq” badiiy filmidagi kabi idish-tovoq shkafining ostidan chiqib kelgan gʻalati ayolni koʻrib qoldi. U ayol ovqatlanib hojatxonaga kirib chiqib, keyin yana shkafning ichiga kirib ketdi. Bunaqa narsani koʻrgan ayrim odamlar ruhoniyga yoki psixiatrga murojaat qilishi mumkin edi. Yapon erkak sarosimaga tushmay politsiyaga murojaat qildi. Politsiya uyning ichida tintuv oʻtkazgandan keyin shkafning ichida yashirinib yotgan uysiz ayolni topib oldilar. Keyinchalik aniqlanishicha, u biryil avval uyning ichiga kirib olib, shundan beri yeb-ichib, uxlab va xatto, dush qabul qilib yurgan ekan.

Afsona:
Dahshatli filmlardagi banditlar, qotillar oʻz qurbonlarini stulga bogʻlab qoʻyib, ularni choʻchqalar uchun yemish sifatida tashlab yuborishi bilan qoʻrqitadi. Lekin, choʻchqalar odamni yemaydi-ku?
Haqiqat
Choʻchqalar odamni yemaydi? Yeydi, yana qanday yeydi! Djeyms Svitchel Vyetnam urushininng fahriysi travmadan keyingi sindromdan qutilishi uchun choʻchqa boqishga qaror qilgan edi. Vaqt oʻtib bu juda foydali biznesga aylangan. 2012 yilda Djeyms oʻz choʻchqalarini boqish uchun choʻchqaxonaga kirib ketgan edi, shundan beri uni hech kim boshqa koʻrmadi. Choʻchqaxonada nima sodir boʻlgani haligacha nomaʼlum. Koʻrinishicha choʻchqalar uni toʻliq yeb qoʻyishgan va undan faqat tish protezi bilan kiyimlarining yirtiq boʻlaklari qolgan.

Doimo ogoh va ehtiyot boʻling, chunki falokat oyoq ostida. Hammani yaratganning oʻzi asrasin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



