Sport

Futbol – millionlar oʻyini

Futbol – millionlar oʻyini
Futbol – millionlar oʻyini

Futbolning tugʻilishi haqida koʻpgina afsonalar mavjud. Ammo zamonaviy futbol IX asrda Angliyada paydo boʻldi. Huddi shaxmatga oʻxshab. Shaxmat oʻyini V asrdan beri mavjud, biroq uning zamonaviy turi XVI asrdagina shakllandi. Futbol va boshqa sport turlarida ham shunday holat boʻlgan.

1904 yil 21 may kuni Frantsiya, Belgiya, Shvetsiya, Ispaniya, Shvetsariya, Gollandiya, Daniya kabi mamlakatlarning vakillari tomomidan Frantsiyada Xalqaro Futbol Federatsiyasi (FIFA) tashkil qilingan. Shunisi qiziqki, assotsiatsiya tashkilotchilari ichida futbolning asl vatani boʻlmish Angliya davlati yoʻq edi. Bunday ajoyib gʻoyaning tashabbuskori va ragʻbatlantiruvchisi fransuz jurnalisti Rober Geren boʻldi. FIFA ning birinchi prezidentligiga ham uni saylashdi. Hozirgi kunga qadar FIFA ga sakkiz kishi prezidentlik qildi. Ayni damda esa dunyoning eng yirik tashkilotlaridan biri hisoblanmish FIFA ga Yozef Blatter boshchilik qilmoqda. Tashkilotning shtab-kvartirasi Syurix shahrida joylashgan.

Zamonaviy futbolning asoschilari bu oʻyinga bir qancha yangiliklar kiritdilar, ular hozirgi kunga qadar yetib kelgan. 1863 yilda inglizlar birinchi Milliy Futbol assotsiattsiyasiga asos soldilar. Bu narsa boshqa mamlakatlar uchun namuna boʻla oldi. Shunday qilib, jamoada oʻn bir oʻyinchi oʻynashi yoʻlga qoʻyildi. 1871 yilda qirq bech daqiqadan ikki taym oʻynash belgilandi. 1873 yilda esa jamoa sardorlari oʻzaro kelisholmay qolib, ovozlari yoʻqolguncha baqirib-chaqirib yurmasliklari uchun hakam arbitiri kiritildi. 1891 yilda oʻn bir metrlik jarima toʻpi – penalti belgilandi. 

Futbol – millionlar oʻyini

1928 yilda dunyoning eng kuchli futbol jamoasini aniqlash vaqti yetib keldi. Amsterdamdagi FIFA komissiyasi futbol boʻyicha ilk bor jahon chempionatini oʻtkazishga qaror qildi. 1924 va 1928 yillardagi Olimpiya oʻyinlarida Urugvay terma jamoasi ketma-ket chempion boʻlganligi uchun futbol boʻyicha birinchi jahon chempionatini shu mamlakatda oʻtkazishga qaror qilindi. 

1930 yilda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha birinchi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Janubiy Amerika mintaqasiga oʻn uchta mamlakat terma jamoalari  tashrif buyurdi. Dunyo kubogi hamda birinchi chempion nomi turnirga mezbonlik qilgan Urugvay terma jamoasiga nasib qildi.  

Futbolning bir necha xil turi mavjud. Shulardan keng tarqalganlari: futzal, plyaj futboli, shoubol va boshqalar. Futbolning shuningdek ekzotik turlari ham bor: botqoqlik futboli (botqoqlik loyida oʻynaladi), florentiya futboli (qonun-qoidasiz futbol, darvozaga kim koʻproq toʻp kirgizish), rashbol – rus futboli, futdavblbol (ikkita toʻp bilan oʻynash).

Futbol – millionlar oʻyini

Sovrinlar haqida ham gapirib oʻtish joiz. Eng nufuzli futbol sovrini – bu 1968 yildan beri topshirib kelinayotgan “Oltin butsa” sovrini boʻlib, Yevropa mamlakatlarining milliy chempionatidagi eng yaxshi hujumchiga topshiriladi. Ikkinchisi – “Oltin toʻp” mukofoti boʻlib, 1956 yildan beri Yevropaning, 2007 yildan boshlab esa butun dunyoning eng yaxshi futbolchisiga taqdim etiladi. 

Barcha zamon va xalqlarning eng buyuk futbolchisi, deb braziliyalik Pele tan olingan. Uni futbol “qiroli”, deb munosib ataydilar. Zamonaviy futbolchilar orasida esa eng mashhur va boylari – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi hisoblanadi. Ularni sotib olmoqchi boʻlgan klublar juda katta miqdordagi pulni sarflashlariga toʻgʻri keladi – yuz million yevro har biri uchun.

“Futbol – dunyodagi eng mashhur va ommaviy sport turidir. Dunyoda 300 000 ta futbol klubi mavjud. Biroq hech bir sport turi bunchalik ommalashmagan. Shuning uchun ham hech bir mubolagʻasiz futbolni – “sport qiroli”, deb aytish mumkin”- deydi mashhur futbolchilardan biri Franz Backenbauer.

Futbol – millionlar oʻyini
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar