Jozibador futbol

Futbol (inglizcha “foot” — oyoq, “ball” — toʻp) —sportning jamoaviy turi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yokigavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida). Hozirgi paytda futbol dunyodagi eng keng tarqalgan va ommabop sport turi.
FIFA (fransuzcha: Fédération Internationale deFootball Association, qisqacha FIFA) futbol uyushmalari Xalqaro Federasyasi va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi “futbol” soʻzidan ushbu oʻyinning xalqaro nomlanishi sifatida foydalanadi. Oʻyinning ingliz tildagi “association football” (“uyushma qoidalari boʻyicha futbol") deb nomlanadi toʻliq nomlanishi 1863 yilda ingliz Futbol uyushmasi tashkil etilgan paytda tanlangan. Bundan maqsad, oʻsha paytda mavjud boʻlgan fubolning boshqa turlari, masalan, qoʻl bilan oʻynash ruxsat berilgan regbi-futboldan (“rugby football”, Ragbi Maktabi qoidalari boʻyichafutbol) farq qilishidir. Vaqt oʻtgan sayin oʻyin turlarining uzun nomlanishlari kundalik soʻzlashish va matbuotda qisqara boshlagan. Dastlab Angliyada “assoc.”qisqartmasi tarqalgan edi, keyin 1880-yillarda undan “sokker” termini (inglizcha: soccer) vujudga kelgan. Huddi shu tarzda regbi-futbol qisqartirilgan holda “ragger” (inglizcha: rugger) deb atalgan. Har qalay matbuotda “sokker” termini 1892 yildan buyon ishlatilib kelmoqda.

Bugungi kunda “sokker” termini tarixiy jihatdan futbolning boshqa turlari ham hamon ommabop boʻlib qolayotgan bir qator ingliz tili davlatlarida tarqalgan. Masalan, Avstraliya va Yangi Zallandiyada azalda “futbol” deb “Avstraliya futboli yoki regbilig”ni atashadi. Irlandiyada “futbol” termini gel futboliga nisbatan ishlatiladi, shuning uchun ham matbuotda biz bilgan oddiy futbol “sokker” deb ataladi. Janubiy Afrika Respublikasida oʻyin koʻpincha “sokker” deb tanilgan. Bu JAR chempionati -“Sokker premer ligasi” va 2010 yildagi jahon chempionatining final oʻyini boʻlib oʻtgan “Sokker Siti” stadionining nomlanishida aks etgan. AQSh va Kanadada “sokker” terminidan foydalaniladi, chunki bu yerda futbol deb “Amerika futboli” va “Kanada futboli”ni nomlashadi. Angliyada “sokker” nomlanishi eskirib qolgan va muhlislarning yangi avlodi bu soʻzni millionlar oʻyiniga nisbatan iltifotsizlik, deb hisoblashar ekan.

Portugal tilida - “futebol”, nemis tilida - Fußball,yunon tilida — ποδόσφαιρο,finn tilida — jalkapallo, ivritda — כדורגל,karel tilida — jalgamiäččy va adigey tilida — lʼepeyeu, yoki “tepmoq”, “oyoq”soʻzlaridan hosil boʻlgan holda intalyan tilida — calcio (kalchio), xorvattilida — nogomet (nogomyot).
Futbol oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsusmaydon (90—120 x 45— 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpiningogʻirligi 410—450 g , aylana diametrining uz. 68—70 sm, oʻyinning asosiy vaqti90 min. (45 min.dan 2 boʻlim, 12—15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11kishidan boʻladi.

Futbolga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr vaSharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan. Masalan Xitoyda bunday turdagi oʻyin “Chju-Ke”, qadimiy Spartada “Episkiros”, Qadimiy Rimda “Xarpastum” deb atalgan.Tahminlarcha Yangi asrlar davrida Bryansk yerlarida asosiy inventari,oʻlchamlari oʻrtacha tarvuzdek, pat bilan toʻldirilgan charmli toʻp boʻlganoʻyinlar oʻtkazilgan ekan. Bu musobaqalar “shaliga” va “kila” deb nomlangan.Tahminan 14-asrda italyanlar “kalchio” oʻyinini oʻylab topgan. Britaniyaorollariga bu oʻyin gʻoyasini aynan ular olib kirgan ekan.

19-asrning 80-chi yillarida futbol jamiyatda mislsiz ommabop boʻlib ketdi. Futbol uyushmasidagi kulblar soni 100 dan oshib ketganedi. Oʻsha paytda ayrim kulblar oʻyinchilarga maosh toʻlashi toʻgʻrisidagi mish-mishlar tariala boshlangan edi. Biroz vaqtdan keyin esa bunday mish-mishlar haddan tashqari urchib ketgan edi. Uyushmaning dastlabki maqsadi boʻyicha esa futbol mutlaqo havaskorlik sport turidir. Shuning uchun ham 1882 yilda qoidalarga quyidagi band qoʻshib qoʻyilgan edi:
"Klubdan oʻzining shaxsiy harajatlari va mablagʻidan oshadigan, qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar mukofot yoki pul shaklida haq olayotgan klubning har qanday oʻyinchisi u yoki bu oʻyinga chiqishi munosabati bilan Kubok uchun musobaqalardan, Futbol Uyushmasi panohidagi har qanday musobaqalar va halqaro turnirlardan avtomatik tarzda chetlatiladi. Bunday oʻyinchini yollagan klub avtomatik tarzda Uyushma aʼzoligidan chiqaribyuboriladi".
1884 yilning boshida “Apton Park” klubi “Preston Nord End” klubini oʻz futbolchilariga maosh toʻlayotganida aybladi. “Preston”ning Prezidenti Uilyam Saddel ham buni tan olgan edi. Klub futbol Uyushmasi aʼzoligidan chiqarib yuborilgan edi.1885 yilda esa Futbol uyushmasi futbolchilarga maosh toʻlashga axiyri ruxsat bergan. Bu dunyodagi birinchi doimiy futbol Ligasining yaratilishiga olib keldi. Bu turnirning chempioni “Preston Nord End” klubi boʻlgan. 1872 yil 30-noyabr kuni tarixdagi birinchi halqaro futbol matchi oʻtkazilgan. U Angliya va Shotlandiya terma jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan. 1904 yilda Parijda FIFA -futbol olamining boshqaruv tashkiloti tashkil topgan edi. Unga Belgiya, Daniya, Fransiya, Niderland, Ispaniya (“Madrid” futbol klubi siatida), Shvetsiya va Shveytsariya aʼzo boʻlgan.
1901 yilda Urugvay poytaxti Montevideoda Britaniya orollari vakillari boʻlmagan terma jamoalari oʻrtasidagi tarixdagi birinchi uchrashuv oʻtkazilgan. Maydon egalari - Urugvay terma jamoasi gʻalaba uchun katʼiy kurashda Argentina terma jamoasiga 2:3 hisobi bilan yutqazib qoʻygan.
19 - asrda Angliyada futbol ommabopligi boʻyicha kriket bilan taqqoslana oladigan darajada tarqalib ketdi. Bu oʻyin asosan kolledjlarda oʻynalgan. Biroq, ayrim kolledjlarda oʻqin qoidalari toʻpni qoʻlbilan oʻynash ruxsat berilar, boshqalarida esa taqiqlanar edi. Hamma uchunyagona qoidalar majmuasini yaratishning birinchi urinishi 1846 yilda bir necha kolledjlarning vakillari yigʻilgan paytda boʻlgan. Ular futbolning ilkqoidalari oʻrnatilgan majmuani yaratgan. 1857 yilda birinchi maxsus futbolklubi - “Sheffild” tashkil topgan. 1862 yilda uzoq muzokaralardan soʻng AngliyaFutbol Uyushmasining qoidalar toʻplami qabul qilingan. Shu bilan birga futbol maydoni va darvozalarning oʻlchamlari ham belgilangan. 1971 yilda esa dunyodagi eng keksa futbol musobaqasi - Angliya Kubogiga asos solingan. 1891 yilda penalti, yaʼni jarima zarbasi toʻgʻrisidagi qoida qabul qilingan. Biroq,dastlab jarima zarbasi nuqtadan emas, oʻsha davrda hozirgi kundagidek ham darvozadan 11 metr uzoqlikda joylashgan jarima maydonchasining chegarasi boʻlgan chiziqchadan urilgan.
1921 yilda FIFAning Prezidenti sifatida Jyul Rimesaylanganidan soʻng keyingi Olimpik futbol turnirlarini “havaskorlaroʻrtasidagi futbol boʻyicha jahon chempionatlari” deb hisoblash toʻgʻrisidagitaklif ratifikasiya qilingan. 1924 yil va 1928 yildagi bu turnirlarni Urugvayterma jamoasi yutib olgan. Shu muvaffaqiyatlarga koʻra Urugvay futbolUyushmasida 1930 yilda tarixda birinchi marta FIFAning jahon Kubogini (oddiyroqqilib aytganda futbol boʻyicha jahon chempionati) tashkil etilishi uchunkurashda raqiblari boʻlmagan. Urugvayliklar oʻz uyidagi musobaqaninggʻoliblariga aylangan, futbol boʻyicha uch karra jahon chempionlari va FIFAjahon Kubogining ilk egalariga aylangan edi. Bu futbol tarixidagi yangi eraningboshlanishi boʻlib qolgan edi. 1970 yilga qadar bu oʻlja Jyul Rimening isminiolib yurgan, shu bilan birga “Nike maʼbudasining Kubogi” sifatida ham tanilgan,ammo Braziliya terma jamoasining jahon chempionatidagi uchinchi gʻalabasidankeyin unga abadiy saqlash uchun berilgan edi. Uning oʻrniga zamonaviy jahonKubogi oʻynala boshlangan.


Oʻyinning 17 nafar rasmiy qoidalari mavjud, ularninghar birida qoʻshimcha shartlari va yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi tamoyillari bor. Buqoidalar futbolning hamma stahlarida qoʻllanilishi uchun bir hil. Shungaqaramay, yuniorlar, kattalar, ayollar va jismioniy imkoniyatlari chegaralangankishilar kabi guruhlar uchun ayrim oʻzgartirishlar kiritilagan. Qonun-qoidalarkoʻpincha umumiy doiralarda taʼriflangan, bu oʻyin xarakteriga bogʻliq holdaularni soddalashtirish imkonini beradi. Oʻyinning qoidalari FIFA tomonidan chopetiladi, ammo Futbol uyushmalarining Xalqaro Kengashi (IFAB) tomonidanqoʻllaniladi.
Har bir jamoa eng koʻpi bilan 11 kishidan iborat(zahiradagi oʻyinchilarni hisobga olmagan holda), ularning orasidan bir kishi -darvozabon. Norasmiy musobaqalarning qoidalari oʻyinchilar sonini 7 tagachakamaytirishi kamaytirilishiga ruxsat berishi mumkin. Darvozabonlar - oʻz darvozasioldidagi jarima maydoni sarhadlarining ichidagina qoʻli bilan oʻynashga ruxsatberilgan yagona oʻyinchi hisoblanadi.
Alohida futbol oʻyini match deb ataladi va 45daqiqadan iborat ikki taymdan iborat boʻladi. Birinchi va ikkinchi taymningorasidagi tanaffus 15 daqiqaga teng. Shu vaqt ichida jamoalar dam oladi.Tanaffus tugaganidan keyin esa darvozalarini almashtiradi. Oʻyindan maqsadraqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari)kiritish, buni iloji bor qadar koʻproq amalga oshirish va oʻz darvozalariga golurilishini oldini olishdan iborat. Gollarning koʻproq sonini urgan jamoa match,yaʼni uchrashuv gʻolibi hisoblanadi.
Agar ikkala taym davomida jamoalar gollarning bir hilsonini urgan taqdirda, yoki durang natija yoziladi, yoki matchning oʻrnatilgan reglamentiga muvofiq aniqlanadi. Buholda qoʻshimcha vaqt - har biri 15 daqiqadan boʻlgan yana ikkita taym belgilanishi mumkin. Odatda matchning asosiy va qoʻshimcha vaqti orasida jamoalarga tanffus beriladi. Qoʻshimcha taymlar orasida jamoalarga faqat darvozalarnining taraflarini almashtirish uchun vaqt beriladi. Bir vaqtlar futbolda shunday qoida boʻlgan ediki, unga koʻra qoʻshimcha taymlarning istalgani tugashi bilan yutgan (“kumush gol” qoidasi) yoki asosiy vaqt tugagandan keyin, qoʻshimcha vaqtda birinchi golni urgan (“oltin gol” qoidasi)jamoa gʻolib hisoblanar edi. Xozirgi paytda qoʻshimcha vaqt yoki umuman oʻynalmaydi, yoki toʻla xajmda (15 daqiqadan 2 taym) oʻynaladi. Agar qoʻshimcha vaqt davomida ham uchrashuv gʻolibini aniqlashning imkoni boʻlmasa, match qismi hisoblanmaydigan matchdan keyingi penaltilar seriyasi oʻtkaziladi: raqibning darvozasiga 11 metrga teng masofadan turli oʻyinchilar tomonidan beshtadan zarba toʻpi uriladi. Agar ikkala jamoada ham urib kiritilgan penalti toʻplarining soni yana teng boʻlib qolsa, gʻolib aniqlanmaguniga qadar birjuftdan penalti toʻpi tepiladi.

Belgilash
Matchlar tabiy toʻshamali maydonlarda oʻtkazilishi bilan birga sunʼiy toʻshamali maydonlarda ham oʻtkazilishi mumkin. Futbol oʻynashning rasmiy qoidalariga muvofiq sunʼiy toʻshama yashil rangda boʻlishi shart. Oʻyin uchun maydon toʻgʻri burchak shakliga ega. Yon taraf chiziqlari albatta darvozalar chiziqlaridan uzunroq boʻlishi shart. Maydonning oʻlchami uzunasiga 100-110 metr vaeniga kamida 64-75 metrni tashkil etishi kerak, degan qaror qabul qilishga urunshlar ham boʻlgan, biroq keyinchalik bu talabning majburiy sharti toʻgʻtatib qoʻyilgan.
Belgilashning kengligi
Maydonning belgilari kengligi 12santimetrdan koʻpboʻlmagan chiziqlar bilan chiziladi; bu chiziqlar oʻzlarichegaralaganmaydonlarga kiradi. Barcha chiziqlar bir hil kenglikka ega boʻlishishart.
Maydon chiziqlarining nomlanishi
Maydonni oʻyin uchun cheklovchi ikkita uzun chiziqlar yon taraf chiziqlari deb nomlanadi; ikkita kalta chiziq yuza chiziqlari yoki darvoza chiziqlari deb ataladi.
Oʻrtachiziq
Maydon yon taraf chiziqlarining oʻrtalarini birlashtiruvchi oʻrta chiziq yordamida ikkiga boʻlinadi. Oʻrta chiziqning oʻrtasida diametri 0,3 metrga teng boʻlgan yaxlit dumaloq nuqta belgilanadi. Maydonning markazi atrofida radiusi 9,15 metrga teng doira oʻtkaziladi. Asosiyva qoʻshimcha vaqtdagi har bir taymning boshlanishida,shuningdek, har birurilgan goldan keyin boshlangʻich zarba amalga oshiriladi. Boshlangʻich zarba amalga oshirilayotgan paytda hamma oʻyinchi maydonning oʻziga tegshishli boʻlgan yarmi tarafda boʻlishi, zarbani amalga oshiruvchi jamoaning raqiblari esa markaziy doiraning tashqarisida boʻlishi shart.
Darvozalarning maydoni
Maydonning har bir yarmida darvoza maydoni joylashtiriladi - darvozadan amalga oshirilgan zarba undan tashqariga chiqarib yuborilishi uchun boʻlgan hudud - jarima maydonchasi belgilanadi.
Darvozalar har bir ustunining ichki tarafidan 5,5 metr uzoqlikdagi nuqtadan darvoza chiziqlariga nisbatan toʻgʻri burchaklar ostida maydon oʻrtasi tarafga ikkita chiziq oʻtkaziladi. 5,5 metr masofada bu chiziqlar darvoza chizigʻiga paralell boʻlgan boshqa chiziq bilan birlashtiriladi. Shunday qilib, darvozalar maydonining oʻlchamlari —18,32 metr va 5,5 metrni tashkil etadi.
Jarima maydonchasi
Maydonning har bir yarmida jarima maydonchasi - darvozabon qoʻli bilan oʻynay oladigan hudud belgilanadi. Oʻz jarima maydonchasida jarima zarbasi bilan jazolanadigan oʻyin qoidasining buzilishiga yoʻl qoʻygan jamoaning darvozasiga esa 11-metrli zarba belgilanadi.
Darvozalar har bir ustunining ichki tarafidan 16,5 metr uzoqlikdagi nuqtadan darvoza chiziqlariga nisbatan toʻgʻri burchaklar ostida maydon oʻrtasi tarafga ikkita chiziq oʻtkaziladi. 16,5 metr masofada buchiziqlar darvoza chizigʻiga paralell boʻlgan boshqa chiziq bilan birlashtiriladi. Shunday qilib, darvozalar maydonining oʻlchamlari —40,32 metr va 16,5 metrni tashkil etadi. Jarima maydonchasining ichida, darvozalar chizigʻining markazi boʻylab 11 metr masofada oʻn bir metrli belgi - diametri 0,3 metrga teng boʻlgan yaxlit dumaloq qoʻyiladi. Jarima maydonchasining tashqarisida radiusi 6,15 metrga teng boʻlgan aylananing yoyi chiziladi. Bu yoydan oʻn bir metrlik zarba amalga oshirilayotgan paytda jamoalar oʻyinchilarini joylashtirish uchun foydalaniladi.
Burchak sektorlari
Maydonning toʻrttala burchagida radiusi 1 metrga teng va markazi maydonning burchagida joylashgan yoy oʻtkaziladi. U burchakdan zarbalarni amalga oshirish uchun sektorni chegaralaydi.
Burchak sektorlarining chegaralaridan 9,15 metr uzoqlikda yon taraf chiziqlari va darvoza chiziqlari oldida chiziqning tashqi tarafidan ularga toʻgʻri burchak ostida ulangan belgilar qoʻilishi mumkin. Bu burchak zarbasi amalga oshirilayotgan paytda oʻyinchilar qanday masofada hozir boʻlganini aniqlash uchun hizmat qiladi.
Shu bilan birga maydonning har birburchagida tepasida oʻtkir uchi boʻlmagan, albatta balandligi kamida 1,5 metrgateng bayroqdastaklarida bayroqlar ilib qoʻyiladi.

Futbol toʻpi sharsimon shaklda, boʻlishi shart. Futboltoʻpiga boʻlgan talablar “Futbol oʻyini qoidalari”ning 2 qoidasiga asosanbelgilanadi.
Toʻp 3 qism: pokrishki, podkladka va kameradan iborat.
Pokrishka — toʻpning ustki qobigʻi, zarbalar aynanunga beriladi.
Podkladka — toʻpning oʻrta qobigʻi, toʻp mustahkamligiuning qalinligiga bogʻliq (qancha qalinroq boʻlsa, shuncha mustahkamroq)
Kamera — toʻpning markaziy qobigʻi. Uning ichiga havotoʻldirilib, toʻp shu tarzda shishiriladi.

Futbolda standart holatlar boʻlib turadi. Futboldagi standart holatlarga hakamning ishorasi boʻyicha amalga oshiriladigan jarima, erkin, burchakli va boshqa zarbalar kiradi.
Standart holatlar quyidagilar:
• Boshlangʻichzarba. Har bir taymning boshida, shuningdek — har bir urilgan toʻpdan keiyn maydonning markazida joylashgan aylananing markaziy nutasidan amalga oshiriladi.
• Toʻpni oʻyinga kiritish (aut). Yon taraf chiziq ortidan qoʻllar yordamida amalga oshiiladi. Toʻp shu chiziqni kesib oʻtganidan keyin belgilanadi. Bunda autni yon taraf chizigʻini kesib oʻtishdan avval toʻp oxirgi boʻlib tekkan oʻyinchining raqibi kiritadi.
• Darvozadan zarba. Toʻp hujum qilayotgan jamoa oʻyinchisidan darvoza chizigʻini toʻliq kesib oʻtganidan keyin (darvoza hududidan tashqarida) darvozabon tomondan amalga oshiriladi.
• Burchakli zarba. Toʻp himoyalanayotgan jamoa oʻyinchisidan darvoza chizigʻini toʻliq kesib oʻtganidan keyin (darvoza hududidan tashqarida) hujum qilayotgan jamoaning oʻyinchisi tomonidan amalga oshiriladi..
• Erkin zarba. Raqibga nisbatan qoʻpol oʻyin koʻrsatilgan (amalga oshmagan qoidabuzilishi) taqdirda qoʻpol oʻyinga yoʻl qoʻygan jamoaning darvozasiga belgilanadi. Qoʻpollikka yoʻl qoʻyilgan nuqtadan amalga oshiriladi. Erkin zarbadan toʻgʻridan-toʻgʻri urilgan gol hisobga oʻtmaydi.
• Jarima zarbasi. Qoida buzilgan taqdirda qoidani buzgan jamoaning darvozasiga belgilanadi. Faqatgina qoidabuzar jamoaning jarima maydonchasi ortida belgilanishi mumkin. (yaʼni, agar qoidabuzarlik jarima maydonchasining ichida sodir etilgan boʻlsa penalti belgilanadi. Jarima zarbasi ham erkin zarba kabi qoidabuzarlik roʻy bergan nuqtadan amalga oshiriladi. Jarima zarbasidan toʻgʻridan-toʻgʻri urilgan gol hisobga oʻtadi.
• Penalti. Darvozadan 11 metr masofada joylashgan maxsus belgidan amalga oshiriladi.
• Munozarali toʻp. Ikki raqib oʻyinchilar oʻrtasidagi toʻpni tashlayotgan hakam tomonidan amalga oshiriladi. Agar oʻyin qoidalarga bogʻliq boʻlmagan holda toʻhtatilgan boʻlsa belgilanadi. Xokkey oʻyinidagi shayba tashlashni eslatadi.

Bugungi kunda Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya,Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona,Frans Bekkenbauyer, Lev Yashin, Zinedin Zidan, Ronaldo va boshqa Futbolchilarbu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga ulkan hissa qoʻshishdi.

Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy Futbol qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilib kelgan. 1912 yilda Fargʻona vodiysining Qoʻqon shahrida birinchi Futbol jamoasi tuzildi. Keyinchalik Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham Futbol jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada Futbolning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda Futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. Mirjalol Qosimov,Igor Shkvirin, Azamat Abduraimov, Maksim Shatskix nafaqat Oʻzbekistonda, Osiyova boshqa qitʼalarda ham nom qozonganlar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



