Rossiyada boʻlib oʻtayotgan futbol boʻyicha 2018 yilgi jahon chempionatining matchlariga mezbonlik qiluvchi stadionlar

1956 yilda barpo qilingan, 2017 yilda qayta taʼmirlangan
81 100 tomoshabinga moʻljallangan

Rossiyaning eng asosiy stadioni hisoblanmish “Lujniki” arenasi qurilganidan beri uch marotaba qayta taʼmirlangan. Bu stadionni 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorlash uchun 26,6 milliard rubl sarf qilinib, muxlislarni sigʻdirish boʻyicha 8 mingtaga qisqardi.
Moskva shahrida joylashgan ushbu stadionda Olimpiada-1980 oʻyinlari, chempionlar Ligasining, UEFA Kubogining finali hamda regbi-7 boʻyicha chempionatlar boʻlib oʻtgan.
2018 yilgi jahon chempionati doirasida “Lujniki” arenasida jami yettita match boʻlib oʻtishi moʻljallangan: guruh etapidagi toʻrtta match, chorak final, yarimfinal va turning final oʻyinlari.
2014 yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan
45 360 tomoshabinga moʻljallangan

“Spartak” jamoasiga qarashli bu stadionning qurilishiga 14,5 milliard rubl sarf qilingan. Yangi arenaning qurilishi 2007 yilda boshlangan, biroq turli sabablar tufayli uch marotaba toʻxtatilgan edi.
Va nihoyat 2014 yilning avgust oyida stadion qurib bitkazildi. Stadion hududida Moskva klubining mashhur futbolchilariga atab haykallar hamda 24,5 metr balandlikdagi gladiatorning tosh shakli oʻrnatilgan.
“Otkritiye Arena” stadioni shuningdek, “Stadion Spartak” nomi bilan ham ataladi va 2018 yil jahon chempionatida guruh etapining toʻrtta matchini hamda chorak final oʻyinlarini qabul qiladi.
2017 yilda ochilgan
68 172 ta tomoshabinga moʻljallangan

“Zenit” jamoasiga qarashli ushbu maydonning qurilishi 2007 yilda boshlangan, biroq turli sabablar bilan 10 yilga choʻzilib ketgan. Stadionning ochilishi 2017 yilning 22 aprelida “Zenit”-“Ural” jamoalari oʻrtasidagi match bilan boshlangan.
Krestovskiy orolidagi uchbu stadionning bahosi 6,7milliard rubl, deya baholangandi. Asta-sekinlik bilan chala joylarni bartaraf etish hamda rublning qadrsizlanishi natijasida smeta 43 milliard rublgacha koʻtarildi. Stadionning ochilishidan keyin bir qancha kamchiliklar aniqlandi – past sifatli gazon, chakki oʻtkazuvchi tomlar. Shu sababli “Zenit” jamoasi vaqtinchalik eski maydoniga koʻchishiga toʻgri keldi.
2013 yilda ochilgan
45 379 ta tomoshabinga moʻljallangan

“Qozon Arena” stadioni bor-yoʻgʻi 36 oy ichida 14,4milliard rubl evaziga qurib bitkazildi. Bu 2018 yilgi jahon chempionati uchun qurilgan ilk stadiondir.
Ushbu stadionning mediafasadi 3 700 kvadrat metrni tashkil etib, Yevropadagi eng yiriklardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda boʻlib oʻtadigan turli xil tadbirlarni toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish mumkin. Stadionda 2013 yilgi Butun jahon yozgi Universiada boʻlib oʻtdi. Bu maydon shuningdek, suzish boʻyicha musobaqa oʻtkazilgan birinch istadion hisoblanadi. Suzish boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish uchun maydon hududiga vaqtinchalik tribuna va ikkita basseyn oʻrnatilgan.
“Qozon Arena”da Konfederatsiya-2017 Kubogining toʻrtta matchi boʻlib oʻtgan, bu yil esa u yerda 2018 yilgi jahon chempionatining oltita bahsi boʻlib oʻtadi – guruh etapining toʻrtta matchi hamda 1/8 final uchrashuvi.
1965 yilda ochilgan, 2018 yilda qayta taʼmirlangan
25 000 ta tomoshabinga moʻljallangan, bu yilgi jahon chempionatida esa 35 696 nafar muxlislarni ham sigʻdira oladi

Rossiyaning Yekaterinburg shahirda joylashgan stadion oʻtgan asrning 50-yillarida qurilgan, oxirgi 12 yil ichida ikki marotaba qayta taʼmirlangan. Birinchi taʼmir ishlariga 2,5 milliard rubl, ikkinchisiga esa 12,5 milliard rubl sarf qilingan.
Taʼmirlanishi bilanoq stadion original tashqi koʻrinish bergan koʻchma tribunalari bilan tanildi. Mundial davomida stadion faqatgina mahalliy muxlislarnigina qabul qila oladi. Arenada 2018 yilgi jahon chempionatining toʻrtta baxsi boʻlib oʻtadi, shundan keyin omonat tribunalar yigʻishtirib olinib, joylar 25 mingtagacha qizqaradi.
2018 yilda ochilgan
25 000 ta tomoshabinga moʻljallangan (2018 yilgi jahon chempionati davrida 44 000 nafargacha qabul qila oladi)

Stadionning qurilishi 2018 yilgi jahon chempionatidan sakkiz yil avval boshlangan hamda joriy yilning aprelida nihoyasiga yetdi. Arenani barpo qilishga 16,5 milliard rubl sarf qilindi. Saransk stadionining tashqi koʻrinishi mordova xalqining qadimiy afsonalarining asosiy ramzi boʻlmish quyoshni eslatadi. Arena mordova xalqining Rossiya xalqlari bilan birlashganligining 1000 yilligi munosabati bilan qurildi.
“Mordoviya Arena” 2018 yilgi jahon chempionatining guruh etapidagi toʻrtta matchni qabul qiladi. Chempionat tugagandan keyin esa muxlislarning joyi 25 000 tagacha qisqaradi.
2018 yilda ochilgan
36 877 nafar tomoshabinga moʻljallangan (tadbir davomida 45 000 ta tomoshabinni sigʻdira oladi)

“Rostov” futbol klubining stadioninng qurilishi 19,8milliard rublga tushdi. Qurilish ishlari 2012 yilda boshlanib, 2018 yilda nihoyasiga yetdi.
Stadion Don daryosining sohilida joylashgan. Uning tashqi qoplamasi mediafasad texnoligiyasi boʻyicha bajarilgan boʻlib, 54 ming svetodiod yoritgichlardan iboratdir.
Rostovdagi stadionda jahon chempionati guruh etapining toʻrtta matchi hamda 1/8 final bahsi boʻlib oʻtadi.
2018 yilda ochilgan
44 918 nafar muxlisni sigʻdiradi

Bu stadion 2018 yilgi jahon chempionatining tashkilotchilariga 18,9 milliard rublga tushdi. Stadion toʻrt yil davomida qurib bitkazildi, ochilishi mundialning start olishidan ikki oy avval boshlangan.
“Kosmos Arena” – bu stadionning ikkinchi nomi, diametri Moskvaning “Lujniki” stadionidan ham katta, lekin shunga qaramasdan ikki marotaba kam muxlislarni qabul qila oladi.
Samaradagi stadionda guruh etapining toʻrtta matchi, 1/8 hamda ¼ final oʻyinlari oʻtkaziladi.
2013 yilda ochilgan, 2017 yilda qayta taʼmirlangan
48 000 ta tomoshabinga moʻljallangan

Sochi shahridagi bu stadion 2014 yilgi qishki Olimpiada oʻyinlariga atab qurilgan. Boshlanishida stadion 1,4 milliard rublga qurib bitkazilishi kerak edi, biroq smeta 23,5 milliard rublga borib yetdi. Qayta taʼmirlash ishlariga yana 3 milliard rubl sarflandi. Stadionning nomi qoʻshni Kavkaz togʻlarining bosh choʻqqisining nomi bilan atalgan.
Bu arenada avvaliga Olimpiadaning, soʻngra Paraolimpiadaning ochilish va yopilish marosimlari boʻlib oʻtgan.
“Fisht” arenasida 2018 yilgi jahon chempionatining guruh etapining toʻrtta matchi hamda 1/8 va 1/4 final oʻyinlari boʻlib oʻtadi.
2018 yilda ochilgan
35 016 nafar muxlislarga moʻljallangan

Bu stadion 2018 yilgi jahon chempionatiningmatchlarini oʻtkazish uchun atayin qurilgan, bu Rossiyaga 17,75 milliar rublga tushdi.
Arena loyihasi Myunhenning “Bavariya” klubiga qarashli “Alyans-Arena” stadionini asos qilib oldi, biroq muxlislarni sigʻdira olishjihatidan undan ikki barobar kichik.
Kaliningradda 2018 yil jahon chempionatining guruh etapidagi toʻrtta matchi boʻlib oʻtadi. Mundialdan soʻng arena mahalliy “Baltika” jamoasining stadioniga aylanadi.
2018 yilda ochilgan
45 000 nafar tomoshabinga moʻljallangan

Bahosi 17 milliard rublga teng boʻlgan stadion “Olimpiyets” klubining maydoni hisoblanadi.
Arena Volga daryosining sohil boʻyida, Aleksandr Nevskiy sobori yaqinida joylashgan. Bu arenada guruh etapining toʻrtta matchi hamda mundialning 1/8 va ¼ final oʻyinlari boʻlib oʻtadi.
2018 yilda ochilgan
45 568 nafar muxlisga moʻljallangan
Bu stadionning qurilishi 2014 yilda boshlangan va toʻrt yil davom etgan. Boshlangʻich hisob-kitob boʻyicha stadion qurilishiga 10milliard rubl sarflanishi moʻljallangan edi, biroq qurilish 17 milliard rublga tushdi.
Stadionning fasadi Gʻalaba salyutining belgisini eslatadi.
Arena 2018 yilgi jahon chempionatining guruh etapidagi toʻrtta matchni qabul qiladi. Mundial tugagandan keyin “Rotor-Volgograd” jamoasining maydoniga aylanadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



