Qiziqarli

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Osmon jismlarining koordinatlarini aniqlash uchun dastlabki moslamalarning biri eramizdan avval 370 yilda olima ayol, faylasuf, astronom va matematik Gipatiya Aleksandriyskaya tomonidan ixtiro qilingan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Kelajakda Wi-Fideb tanilib ketgan sirli aloqa vositasini 1941 yilda Xedi Lamar ismli ayol patentlagan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Taxta tilish korxonasidagi erkaklarning ogʻir mehnatini yengillashtirish uchun, Tabita Bebbitt ularning ishini muvofiqlashtirishga qaror qilib 1810 yilda dastlabki sirkulya rarraning prototipini ishlab chiqqan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

1845 yilda Sara Meter patentlagan ushbu moslama yordamida suvosti kemasidan boshqa obyektlarni kuzatish va shu obyektgacha boʻlgan masofani aniqlash mumkin.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Goʻshtli taom va uni uzoq muddat davomida saqlash usulini Nadejda Kojina oʻylab topgan va 1873 yilda Avstriyaning Vena shahrida umumjahon koʻrgazmada taqdim etgan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Djozefina Kokreyn 1886 yilda idish-tovoq yuvish mashinasini oʻylab topishi bilan millionlab uy bekalarining va umumiy ovqatlanish ishchilarining mehnatini ancha yengillashtirgan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Koʻchalarni qordan tozalash jarayonini soddalashtirish uchun oddiy kotiba Sintiya Vestover 1892 yilda birinchi qor kurash mashinasining prototipini ishlab chiqqan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Ayollar tomonidan tozalik uchun kurash va bu jarayonni muvoiqlashtirish mavzusini davom ettiradigan boʻlsak, 19 asrning boshida haydovchilar har daqiqada old oynani tozalab olish uchun toʻhtayotganini biroz kuzatib, Meri Anderson oyna tozalagichlarni oʻylab topgan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

1909 yilda Melitta Bents maxsus filtrni ixtiro qilib, qahva tayyorlash jarayonini ancha soddalashtirgan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Yoʻllarda shovqinni pasaytirishga 1917 yilda El Dolores Djons oʻz ixtirosi bilan yordam bergan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Bugungi kunda koʻzga umuman tashlanmaydigan kichgina bir narsa – chaqaloqlarning tagliklari uchun insoniyat oddiy uy bekasi Marion Donovandan minnatdor boʻlishi kerak. U 1917 yilda u dush pardasidan yangi turdagi birinchi taglikni yaratgan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Rut Ueykfild 1930 yilda juda muvafaqiyatli pazandalik tajribasini oʻtkazgan: u pishiriq uchun tayyorlangan xamirga eritilgan shokoladni qoʻshgan. Natija bugungi kunga qadar barcha shirinlik sevuvchilarni quvontirib kelmoqda.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

1808 yilda Nikol Barbe Kliko oʻziga xos rang va taʼmga ega boʻlgan ichimlik hosil qilish uchun shampan vinosini tayyorlashning tez usulini oʻylab topgan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Bronejiletning asosiy tarkibiy qismi boʻlgan kevlar sintetik materialini 1965 yilda doktor Stefanii Kvolek yaratgan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari

Juda koʻp oʻtkazgan tajribalaridan keyin haykaltarosh Patrisiya Billings 1970 yilda turgʻun, egiluvchan, suv va olovning buzgʻunchi taʼsiriga qarshi tura oladigan yangi material – silikonni ishlab chiqqan.

Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari
Ayollarning 15 nafar eng yaxshi ixtirolari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar