Hayotda va ishda muvaffaqiyatni kafolatlovchi 6 ta xislat

Demak, olimlarning aniqlashlaricha, muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi hislatlarga ega boʻlish lozim:

Ushbu hislatga ega boʻlgan insonlar ularning boʻynilariga qoʻyilgan vazifalarni masʼuliyat bilan hamda imkon qadar yaxshiroq bajarishga harakat qiladilar. Shuningdek ular hissiyotlarni hamda tasodifiy taʼsirchanliklarini boshqara oladilar, qaror qabul qilishni biladilar va kelajakga ishonch bilan qaraydilar.
Bu xususiyat shuningdek, muvaffaqiyatli oʻqishni ham taʼminlaydi. Biroq ruhshunoslarning aytishlaricha, boshqa xususiyatlar kabi bu xususiyatning ham salbiy tomoni yoʻq emas, yaʼni haddan tashqari vijdoniylik insonni egilmaydigan qilib qoʻyadi.

Zamonaviy inson hamisha stress holatida ishlashga toʻgʻri keladi, shuning uchun har bir odam xavotirni his qiladi. Ruhshunoslarning qayd qilishlaricha, yuqori darajada kirishimli insonlar qoʻrquv (vahima), yoʻnalish va meyordan ortiq vazifalarni boshqalarga qaraganda osonroq yengib oʻtadilar.
Shuningdek, ular his-tuygʻularning qaror qabul qilishda xalal berishiga yoʻl qoʻymaydilar. Bunday odamlar stressni xavf sifatida emas, oʻsish uchun imkoniyat, deb qabul qiladilar, bu esa oʻz navbatida murakkab vaziyatlardan oson chiqa olishlarini taʼminlaydi.

Noaniqlikdan ham ogʻirroq narsa boʻlmasa kerak. Agar sizning barcha vazifalaringiz rahbariyat tomonidan tuzib chiqilgan, faoliyatingizning natijasini oldindan aytish mumkin boʻlganda, boshqa gap edi. Bizning barchamizning vazifalarimiz rahbariyat tomonidan tuzib chiqilishi va faoliyatimizning natijasini oldindan ayta bilish holati qoniqtiradi, mavhumlik esa qiynaydi. Biroq noaniqlikdan choʻchimaydigan insonlar ham boʻladi. Bunday odamlar qaror qabul qilishdan avval turli nuqtai nazarlarni koʻrib chiqadilar, aqida va bir xilliklarga berilmaydilar, munosabatlarda koʻproq qayishqoqlik qila oladilar.
Noaniqlikni qabul qila oladigan insonlar oʻzgarishlarni oson qabul qila oladilar, mehnat, vazifa va texnologiyalarning yangi sharoitlariga tezda koʻnikib ketadilar. Ammo ruhshunoslar odam noaniqlikda oʻzini noqulay his qilishi hamisha yomon boʻlavermaydi, deb taʼkidlamoqdalar. Baʼzi jabhalarda – masalan, nazorat va boshqaruvda tartibli yondashuv afzal.

Tugʻma qiziquvchanlik, yangi gʻoyaga qiziqish kabi xislarlar insonga oldiga qoʻyilgan yangi vazifalarga ijodiyroq yondashuvni hamda muammolarni hal qilishida qayishimliroq boʻlishni taʼminlaydi. Shuningdek, qiziquvchanlik biror yangi narsani oʻrganishga yordam beradi va ishdan bezib ketishdan asraydi. Bu xususiyatning kamchiligi – mulohasizlik va ishga yuzakilik bilan qarash, mehnat faoliyatini tez-tez almashtirish kiradi.
Koʻpincha rahbar oʻzi xohlamagan qarorlar qabul qilishga va hamkasblari bilan konfrontatsiyaga kirishishiga toʻgʻri keladi. Toʻsqinliklarni yengish, javobgarlikni boʻyinga olish hamda qaror qabul qilish uchun dovyurak boʻlish talab etiladi.
Sogʻlom ambitsiyalar va shaxsiy muvaffaqiyat sari talpinish faoliyatga qoʻshimcha kuch sarflashga chorlaydi. Biroq bu xususiyatning ozgina nozik jihati bor – hasad va birovning muvaffaqiyatiga ichi qoralik bilan qarash, bu narsa bir kunmas bir kun jamoada kelishmovchilikka sabab boʻlishi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



