Koinotning bizga yuborayotgan beshta maxfiy belgisi

Hayolimizdagi istalgan orzu yoki xavotir Koinot tomonidan “qayta ishlov berilib”, bizga aniq belgi sifatida yuboriladi. Masalan, bu reklama taxtasidagi soʻzlar, kinofilmdagi ibora yoki tinglangan qoʻshiqdagi matn boʻlishi mumkin. Qiziq, Koinotning barcha belgilari birin-ketin ketma-ketlikda keladi, ulardan biri oʻtkazib yuborilsa, ketidan boshqasi keladi, toki biz Koinotni “eshitmagunimizcha”. Shunday ekan, inson juda qadrli boʻlgan vaqtini zoye ketkazmasdan Koinotning yuborilgan sirli belgilariga yaxshilab eʼtibor berib, ularni tahlil qilib, oʻziga kerakli xulosa chiqarib olishi va shu bilan noxush va muammoli holatlarning oldini olishi hamda oʻzini qiynayotgan savollarga javob olishi kerak.

Tush – bu Koinot tomonidan yuboriladigan maʼlumotlar oqimining tarqatuvvchisidir. Uni toʻgʻri talqin qilish kerak xolos. Baʼzi tushlar insonni tanasida kelib chiqqan, biroq oʻzi hali sezmayotgan kasalliklar haqida xabar beradi. Masalan, tushda kimdir boʻgʻayotgan boʻlsa, demak qalqonsimon bezda oʻzgarish yuz bergan boʻlishi mumkin, shuning uchun endokrinolog nazoratidan oʻtish zarur boʻladi. Ehtomol tushda harakatlana olmaslik va qimiqlay olmaslik hollari roʻy bergan boʻlishi mumkin. Bunday tush kutilayotgan tajovuzdan darak boʻlsa ajab emas. Ayniqsa, qayta-qayta takrorlanayotgan tushlarga koʻproq eʼtibor berish kerak. Tushlarda shuningdek, bizni ayni damda qiynayotgan savollarga javoblar kelishi mumkin – faqatgina ularni toʻgʻri talqin qilishni bilish lozim.
Aynan ana shu yoʻl bilan Koinot insonnni kamida unga hech qanday foyda keltirmaydigan hodisadan, baʼzan esa hattoki zarar berishi mumkin boʻlgan holatlardan asrayotgan boʻladi. Masalan, siz ishga joylashish boʻyicha muhim suhbatdan oʻtishingiz lozim boʻlib qoldi, biroq ertalab kechroq turib, suhbatga bora olmadingiz, yoki boʻlmasa kiyinayotganingizda kiyimingizda dogʻ yoki teshik paydo boʻlib qolganini payqab qoldingiz yoki paypogʻingizning poyi yoʻqolib qoladi. Bunday holda siz oʻzingizni noshud, deb hisoblaysiz, kiyimlaringizni bir kun oldin kechqurun tayyorlab qoʻymaganligingizga achinasiz. Aslida esa bu Koinotning sizni toʻxtatib qolishiga boʻlgan urunishi boʻlishi mumkin. Agar Koinot sizni toxtatib qolish niyatida boʻlsa, kiyinib chiqayotganingizda kalitni unutib qoldirishingiz, pul va hujjatlarni deb uyga qaytishingiz, transportga kech qolishingiz, tirbandlikka tushib qolishingiz mumkin. Va oxir oqibat belgilangan manzilga yetib olganingizdan keyin suhbat bugun boʻlmasligini, boshqa kunga koʻchirilganini eshitasiz. Shu yoʻl bilan Koinot bu ish sizniki emasligini, sizga hech qanday yaxshili olib kelmasligini ayon bermoqda.

Agar siz toʻgʻri yoʻlda boʻlsangiz va boshlayotgan ishingiz ijobiy natija bersa, yuqoridagi holatlarning aksi sodir boʻladi. Kayfiyatingiz aʼlo darajada boʻlsa, yuzingizdan tabassum arimasa, ishlaringiz baroridan kelaytgan boʻlsa, boshlayotgan ishingiz shubhali boʻlishiga qaramasdan koʻtarinki ruh va ochiq koʻngillik sizga hamroh boʻlsa, demak siz toʻgʻri yoʻldasiz. Bunday ijobiy xususiyat koʻproq Koinot qonunlari bilan yashaydigan, odamlarga faqat yaxshilik ulashadigan, birovga yomonlik qilmaydigan, hayotdan faqat yaxshilik kutib yashaydiga insonlarga xosdir.
Har bir odamda hayotda bir marotaba boʻlsa ham dejavyu – yaʼni takrorlanish hissi yuzaga keladi. Dejavyu hissi paytida inson shu holat qachondir hayotida sodir boʻlganu, hozir yana takrorlanmoqda, degan hayolga boradi. Bunday hisni musiqa, hid, yoʻldagi yozuvli taxta, film va boshqa narsalar berishi mumkin. Dejavyu ham Koinot tomonidan yuborilgan belgi boʻlishi mumkin. Bunday baqtda holatingizni yaxshilab tahlil qilib koʻring, chunki unda siz uchun atalgan maʼlumot bor boʻlishi mumkin.

Kasalliklarning deyarli barchasi shunchaki kelib chiqmaydi. Koʻp hollarda bu Koinotning “ishi” boʻlishi mumkin.Shu yoʻl bilan u insonning hayotiga boshqatdan nazar solib, yaxshilab tahlil qilib, toʻgʻri xulosa chiqarishi va kerak boʻlsa hayot tarzini oʻzgartirishga majbur etadi. Uzoq vaqt davomida Koinotning belgilarini pisand qilmay kelayotgan inson aynan kasallik tufayli bir paytlar kirib qolgan boshi berk koʻchadan chiqish yoʻlini qidirib topishi mumkin. Bu belgilar xavfli boʻlishiga qaramay, boshi berk koʻchaga kirib qolgan insonning toʻgʻri yoʻl topishi uchun eng samarali usullardan biridir. Xastalik tufayli oʻz xatosini tushunib yetgan odamning tuzalishi ham oson kechadi va endilikda xatolarini qaytarmasdan, yaxshi hayol va kelajakka ishonch hissi bilan hayot kechiradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



