Qiziqarli

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat
Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Leonado da Vinchi hayotdan koʻz yumganidan 31 yil oʻtganidan keyin, 1950-yilda u toʻgʻrisida yozgan koʻplab italiyalik rassomlar biografi Djordjo Vazarining yozishicha Mona Liza Franchesko del Djokondo (italyancha: Francesco del Giocondo) ismli Florensiyalik savdogarning rafiqasi boʻlgan. Uning gaplariga koʻra Leonardo bu suratga 4 yil sarflab baribir uni tugata olmagan ekan.

“Leonardo Franchesko del Djokondo uchun uning rafiqasinining portretini chizishga kirishdi, va bu asar ustida toʻrt yil ishlab, uni tugata olmay qoldirib ketdi. Bu asar hozir Fontenbloda, Fransuz qirolida.

Bu surat tasviriy sanʼat qay darajada tabiatga taqlid qilishi mumkin ekanligini koʻrishni istagan har kimga bu sirni ochib beradi, chunki unda faqat tasviriy sanʼat yetkazib bera oladigan nozik tafsilotlar aks ettirilgan. Shuning uchun ham koʻzlarda ustalikning ulugʻvor nafisligi mavjudligidagina tasvirga tushirilishi mumkin boʻlgan, odatda tirik insonda boʻladigan yarqiroqlik va namlik, ularning atrofida esa qizgʻish yoritilish va tuklar oʻz aksini topgan. Badanda haqiqatda tuklar oʻsishi kabi, ayrim joylarda qalin, ayrim joylarda siyrak, va teridagi teshikchalarga mos kipriklar bundan ortiq tabiiyroq tasvirlanishi mumkin emas.

Oʻzining chiroyli dimoqlari bilan pushti va nozik burun tirikday koʻrinadi. Lablarning alvonligi bilan chekkalarida birlashgan salgina ochiq ogʻiz, oʻz koʻrinishining badanga oidligi bilan boʻyoq emas haqiqiy andomga oʻxshaydi. Boʻyinning chuqurligida diqqat bilan qaralganida puls zarbasini ham koʻrish mumkin. Va, albatta, shuni aytish mumkinki, bu asa shunday yaratilganki istalgan va eng oʻziga ishongan rassomni ham, u kim boʻlishidan qatʼiy nazar hayajonga soladi.

Darvoqe, Leonardo quyidagi bir ustomonlikni ishga solgan: Mona Liza juda chiroyli edi, shuning uchun ham u suratni chizish paytida lirada oʻynagan musiqachilar yoki kuylovchi hofizlarni yollagan. Shu bilan birga, ustaxonada doim masxarabozlar hozir boʻlgan va Mona Lizaning koʻnglini olib, odatda tasviriy sanʼat chizilgan portrerlarda yaqqol koʻrsatib beruvchi maʼyuslikni haydagan. Leonardoning bu asarida tabassum shu qadar yoqimli aks ettirilganki, tirik inson emas, qandaydir  bir ilohiyotni koʻrib turgandek tuyuladi. Portretning oʻzi esa favqulodda asar sifatida alohida ehtiromga sazovor, chunki hayotning oʻzi ham oʻzgacha boʻla olmas edi.”

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Suratning italyan tilidagi toʻliq nomlanishi Ritratto di Monna Lisa del Giocondo - “Liza Djokondo xonim portreti”. Italyan tilida “ma donna” soʻzlari “mening bekam” maʼnosini anglatadi. Bu soʻz iborasining qisqartirilgan koʻrinishi “monna” yoki “mona” deb aytiladi. Model ismining ikkinchi qismi erining familiyasi deb hisoblanadi - del Giocondo, italyan tilidan toʻgʻridan-toʻgʻri “quvnoq, oʻynoq” deb tarjima qilish ham mumkin. Shuning uchun ham ayrim joylarda La Gioconda -“quvnoq, oʻynoq” sifatida tushuniladi.

Ilk bor “la Gioconda” 1525-yilda Leonardo da Vinchining vorisi va shogirdi - musavvir Salai merosining roʻyxatida tilga olingan. U suratni Milandagi oʻz singillariga qoldirgan. Suratdagi yozuv suratni La Djokonda ismli xonimning portreti ekanligidan darak beradi.

Suratning yaratilish tarixi

Leonardo da Vinchining birinchi italyan biograflari bu surat musavvirning ijodida alohida oʻrin egallagani toʻgʻrisida yozgan edi. Leonardo da Vinchi boshqa koʻplab buyurtmalardan farqli oʻlaroq “Mona Liza” ustida ishlashdan hech charchamagan, aksincha unga doimo oʻzgacha mehr bilan yondoshgan, “Angiaridagi jang” asari ustida ishlashdan qolgan vaqtini toʻlaligicha unga sarflagan. Leonardo bu asarga vaqtining salmoqli qismini sarflagan va balogʻat yoshida Italiyadan ketayotib boshqa bir necha tanlab olingan suratlari bilan birga uni ham oʻzi bilan Fransiyaga olib ketgan. Da Vinchi bu portretga juda bogʻlanib qolgan edi, va uni yaratilishi paytida koʻp fikr yuritgan. Masalan “Rassomlik toʻgʻrisidagi falsafiy asar” hamda rassomlik texnikasi toʻgʻrisidagi unga kirmagan oʻz yozuvlarida shubhasiz aynan “Djokonda”ga aloqador koʻp koʻrsatmalarni topish mumkin.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Leonado da Vinchi hayotdan koʻz yumganidan 31 yil oʻtganidan keyin, 1950-yilda u toʻgʻrisida yozgan koʻplab italiyalik rassomlar biografi Djordjo Vazarining yozishicha Mona Liza Franchesko del Djokondo (italyancha: Francesco del Giocondo) ismli Florensiyalik savdogarning rafiqasi boʻlgan. Uning gaplariga koʻra Leonardo bu suratga 4 yil sarflab baribir uni tugata olmagan ekan.

“Leonardo da Vinchi Franchesko del Djokondo uchun uning rafiqasinining portretini chizishga kirishdi, va bu asar ustida toʻrt yil ishlab, uni tugata olmay qoldirib ketdi. Bu asar hozir Fontenbloda,  Fransuz qirolida.

Bu surat tasviriy sanʼat qay darajada tabiatga taqlid qilishi mumkin ekanligini koʻrishni istagan har kimga bu sirni ochib beradi, chunki unda faqat tasviriy sanʼat yetkazib bera oladigan nozik tafsilotlar aks ettirilgan. Shuning uchun ham koʻzlarda ustalikning ulugʻvor nafisligi mavjudligidagina tasvirga tushirilishi mumkin boʻlgan, odatda tirik insonda boʻladigan yarqiroqlik va namlik, ularning atrofida esa qizgʻish yoritilish va tuklar oʻz aksini topgan. Badanda haqiqatda tuklar oʻsishi kabi, ayrim joylarda qalin, ayrim joylarda siyrak, va teridagi teshikchalarga mos kipriklar bundan ortiq tabiiyroq tasvirlanishi mumkin emas.

Oʻzining chiroyli dimoqlari bilan pushti va nozik burun tirikday koʻrinadi. Lablarning alvonligi bilan chekkalarida birlashgan salgina ochiq ogʻiz, oʻz koʻrinishining badanga oidligi bilan boʻyoq emas haqiqiy andomga oʻxshaydi. Boʻyinning chuqurligida diqqat bilan qaralganida puls zarbasini ham koʻrish mumkin. Va,albatta, shuni aytish mumkinki, bu asar shunday yaratilganki istalgan va eng oʻziga ishongan rassomni ham, u kim boʻlishidan qatʼiy nazar hayajonga soladi.

Darvoqe, Leonardo quyidagi bir ustomonlikni ishga solgan: Mona Liza juda chiroyli edi, shuning uchun ham u suratni chizish paytida lirada oʻynagan musiqachilar yoki kuylovchi hofizlarni yollagan. Shu bilan birga, ustaxonada doim masxarabozlar hozir boʻlgan va Mona Lizaning koʻnglini olib, odatda tasviriy sanʼat chizilgan portrerlarda yaqqol koʻrsatib beruvchi maʼyuslikni haydagan. Leonardoning bua sarida tabassum shu qadar yoqimli aks ettirilganki, tirik inson emas, qandaydir bir ilohiyotni koʻrib turgandek tuyuladi. Portretning oʻzi esa favqulodda asar sifatida alohida ehtiromga sazovor, chunki hayotning oʻzi ham oʻzgacha boʻla olmas edi.”

Ehtimol, Vazari masxarabozlar toʻgʻrisidagi voqeani mutolaa qiluvchilarning koʻnglini olish uchun qoʻshib qoʻygandir. Vazarining matni suratda hozir boʻmagan qoshlarning aniq tafsilotlarini oʻz ichiga oladi. Bu noaniqlik faqatgina muallif suratni xotirasi boʻyicha taʼriflansagina yoki boshqalarning gaplariga koʻra yozgan taqdirdagina vujudga kelishi mumkin. Aleksey Djivelegovning yozishicha, Vazarining “portret ustida ishlash toʻrt yil davom etgani” toʻgʻrisidagi gaplari aniq boʻrttirilgan: Leonardo Tsezar Bordjdan qaytganidan keyin shuncha payt Florensiyada boʻlmagan, agar u portretni Tsezarning oldiga ketishidan avval chizishni boshlaganida, Vazari surat besh yil chizilgan deyishi mumkin edi”. Shu bilan birga olim portretning yakunlanmagani toʻgʻrisidagi xatolik koʻrsatmasi toʻgʻrisida ham yozadi -“portret, albatta juda uzoq vaqt chizilgan va, Vazari nima desa ham, u yakuniga yetgan. Vazari Leonardoning biografiyasida uni birorta yirik ishni yakuniga yetkaza olmaydigan rassom sifatida taʼriflab bergan. Asar nafaqat yakunlangan, balki Leonardoning eng sayqal berilgan asarlaridan biridir”

Shunisi qiziqki, oʻz taʼriflashida Vazari Leonardoning model bilan suratning oʻrtasidagi oʻxshashlikni emas, balki jismoniy fenomenini yetkazib bera olish isteʼdodidan gʻoyat zavqlanadi. Tuyulishicha durodonaning aynan shu noyob fazilati rassom atelyesiga tashrif buyuruvchilarda chuqur hissiyotlar qoldirganva Vazariga deyarli ellik yil oʻtgandan keyin yetib kelgan.

Leonardo ushbu suratni oʻzi bilan birga olib Italiyadan Fransiyaga 1516- yilda ketganiga qaramay surat sanʼatsevarlar orasida juda mashhur boʻlgan. Italiyan manbalarga koʻra u oʻsha paytdan beri fransiya qiroli Fransisk I kolleksiyasida boʻlgan, biroq u qachon, kim tomonidan sotib olingani haligacha nomaʼlum. Leonardo suratni buyurtmachiga qaytarib bermagan.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Balki, rassom haqiqatdan ham suratni Florensiyada yakunlamasdan, 1516- yilda ketayotgan paytida oʻzi bilan birga olib ketgan va oxirgi chizgini moʻyqalam bilan guvohlarsiz bajargandir. Agar shunday boʻlsa u suratni 1519-yilda, oʻz vafotidan oldin tugatgan. (Fransiyada u Klo-Lyusda, Ambuaz qirollik qasriga yaqin joyda yashagan).

1617- yilda kardinal Luidji dʼAragon Leonardoning fransuz ustaxonasiga tashrif buyurgan. Bu tashrining tafsiloti kardinalning kotibi Antonio de Beatis tomonidan yozib qoldirilgan: “1517- yilning 19- oktyabrida monsinyor va u bilan birga oʻzim Ambuazning uzoqlashgan qismlarining birida zamonimizning eng ajoyib rassomi - yoshi yetmishdan oshgan, soqollari oqargan Florensiyalik janob Leonardo da Vinchining oldiga tashrif buyurdik. U zoti oliyalarga uchta suratni koʻrsatdi: bittasi Muxtasham Lorensoning akasi Djuliano Medichining buyurtmasiga koʻra chizilgan florensiyalik ayol surati, ikkinchisi - avliyo Ioann choʻqintiruvchining yoshlik paytidagi surati va uchinchisi - Avliyo Anna bilan Bibi Marʼyam hamda chaqaloq Iso Masiho surati. Ularning hammasi oliy darajada goʻzal. Oʻsha paytda oʻng qoʻli falaj holatda boʻlgani uchun ustaning oʻzidan boshqa yangi ishlar kutib boʻlmas edi.” Bir qism tadqiqotchilarning fikricha “florensiyalik ayol” deb atalgan surat toʻgʻrisida yozilganida aynan “Mona Liza” nazarda tutilgan.

Ammo, bu birorta guvohlik yoki nusʼha qolmagan boshqa portet boʻlishi ham, buning natijasida esa Djuliano Medichi “Mona Liza”ga hech qanday aloqasi boʻlmasligi ham mumkin.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

1511-yilda tugʻilgan Vazari Djokondani oʻz koʻzi bilan koʻra olish imkoni boʻlmagan va Leonardo birinchi biografiyasining nomaʼlum muallifi bergan axborotga tayanishga majbur boʻlgan. Aynan u rassomga uchinchi xotinining portretini buyurtma qilgan florensiyalik shoyi savdogari toʻgʻrisida yozadi. Oʻsha anonim zamondoshning soʻzlariga qaramay, koʻpchilik tadqiqotchilar “Mona Liza” aynan Florensiyada yaratilganiga shubhalangan, chunki yaratilishning oʻta nozik texnikasi surat yaratilishining ancha kechroq davrga toʻgʻri kelishini koʻrsatishi mumkin. Oʻsha davrda Leonardo da Vinchi shu qadar “Angiaridagi jang” asari ustida mashgʻul boʻlganki, hatto Mantuan markizasi Izabella dʼEstening burtmasiga ham rad javobini berishga majbur boʻlgan, degan asos ham keltirilgan.

Franchesko del Djokondo, taniqli fransuz savdogari, 1495-yilda oʻttiz besh yoshida uchinchi marta Gerardini zodagonlar oilasidan boʻlgan yosh neapollik ayolga uylangan. Ayolning Ismi Liza Gerardini, toʻliq ismi - Liza di Antonio Maria di Noldo Gerardini (1479-yil 15 iyun —1542-yil 15-iyul yoki tahminan 1551-yil)

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Ayol shaxsi toʻgʻrisida Vazari maʼlumot berganligiga qaramay uning toʻgʻrisida uzoq vaqt noaniqlik saqlanib kelib, bir necha tahminiy fikrlar aytilgan:

Katerina Sforsa, Milan Gersogi Galeasso Sforsaning noqonuniy qizi

Izabella Aragonskaya, Milan Gersoginyasi

Chechiliya Gallerani (rassomning “Oqsuvsarli ayol” deb nomlangan boshqa portretidagi model)

Konstantsa dʼAvalos. Uning ham “Quvnoq”, yaʼni italyancha La Gioconda deb aytiladigan laqabi boʻlgan. Venturi 1925-yilda tahmin qilishicha, “Djokonda” - gersoginya Konstansa dʼAvalos, Federigo del Balsoning bevasi. Leonardo da Vinchi uning portretini tilga olgan holda Eneo Irpino kichik poemasida taʼriflagan. Konstansa Djuliano Medichining jazmani boʻlgan.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Pachifika Brandano (Pacifica Brandano) - Djuliano Medichining boshqa jazmani, kardinal Ippolito Medichining onasi (Roberto Zapperining tahmininga koʻra, onasining vafot etganligidan darak topib koʻrish istagida ekanligini aytgan, keyinchalik qonuniylashtirib olgan nikohsiz oʻgʻli uchun Pachifikaning portreti Djuliano Medichi tomonidan buyurtma berilgan. Sanʼatshunosning fikriga koʻra, shu bilan birga buyurtmachi Leonardoga toʻliq harakat erkinligini qoldirgan).

Izabela Galanda (Izabela Galanda)

Oddiy ideal ayol

Ayol kiyimidagi yigit (masalan, Leonardoning yoqimtoyi Salai)

Leonardo da Vinchining avtoportreti

Rassom onasi Katerinaning (1427-1495) retrospektiv portreti. (Freyd tomonidan taklif etilgan, keyinchalik Serge Bramly, Rina deʼ Firenze, Roni Kempler va boshqalar.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Shunga qaramay, suratning umumiy tanilgan nonlanishi modelning shaxsiga mos kelishi toʻgʻrisidagi tahmin 2005- yilda batamom oʻz tasdigʻini topdi, deb hisoblanadi. Geydelberg universitetidan tadqiqotchi olimlar foliant hoshiyalaridagi belgilarni oʻrganib chiqib uning egasi Florensiyalik amaldor, rassom Agostino Vespuchchining shaxsiy tanishi boʻlganligini aniqladi. Kitob hoshiyalaridagi yozuvlarda u Leonardoni mashhur qadimiy Yunon rassomi Appeles bilan taqqosladi va taʼkidlaydiki “hozir da Vinchi uch surat ustida ishlamoqda, ularning biri - Liza Gerardinining portreti”. Shunday qilib, Mona Liza haqiqatdan ham Florensiyalik shoyi savdogari Franchesko del Djokondoning rafiqasi - Liza Gerardini boʻlib chiqdi. Olimlarning isbotlashicha surat Leonardoga yosh oilaning yangi uyi uchun va ularning ikkinchi oʻgʻli Andreaning tugʻilishi sharafiga buyurtma qilingan.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Toʻgʻri burchakli formatdagi suratda toʻq rangdagi kiyimda yarim burilib turgan holdagi ayol tasvirlangan. U ikkala qoʻlini birlashtirib, bir qoʻlini kursining tirsakqoʻygichiga tirab olgan, ikkinchisini esa birinchisining ustiga qoʻygan holda, kursida tomoshabin tomonga deyarli toʻligʻicha burilgan holda oʻtiribdi. Farq bilan boʻlingan tekkis va yassi yotgan sochlar ularga tashlab qoʻyilgan shaffof xarir orqali koʻrinib turibdi (ayrim tahminlarga koʻra - bevalik nishonasi), yelkalariga ikkita qalin boʻlmagan, yengil toʻlqinsimon tutam bilan toʻkilib turibdi. Yashil koʻylak ingichka burmalarda, taxli sariq yenglar bilan, baland boʻlmagan oppoq koʻkrak qismida kesilgan. Boshi yengil burilgan.

Sanʼatshunos Boris Vipper, suratni tasvirlagan paytda Mona Lizaning yuzida kvatrochento modasining izlari borligini koʻrsatadi: uning qoshlari va peshonasining yuqoriqismidagi sochlari qirib tashlangan.

Suratning pastki qismi ayolning tanasining ikkinchi yarmini kesib koʻrsatadi. Shunday qilib, portret deyarli beldan baland qism koʻrinishiga ega. Model oʻtirgan kursi balkonda yoki peshayvonda turibdi. Parapetning chizigʻi ayol tirsagining orqasida koʻrinib turibdi. Hisoblanishicha, avval surat kengroq boʻlishi va ikkita yon taradagi ustunlarni ham oʻziga sigʻdira olardi. Hozirgi paytda shu ustunlarning qismlari parapetning chekkalari boʻylab koʻrinib turibdi.

Peshayvon egri-bugri oqimlar va qorli togʻlar qurshovidagi koʻldan iborat, ufqning baland koʻtarilgan chizigʻi tomonga taralib boruvchi yovvoyi xilvat joyga qaratilgan. Mona Liza peyzaj fonida kursida oʻtirgan holda taqdim etilgan. Uning tomoshabinga juda yaqinlashtirilgan shakli uzoqdan koʻrinib turgan oʻta yirik togʻ va manzara bilan taqqoslanishining oʻzi ushbu siymoga mislsiz salobatni bahsh etadi. Shaklning yuqori plastik seziluvchanligi va tush kabi tumanli olislikka uzoqlashib boruvchi manzara bilan bir maromdagi umumiylashtirilgan silueti oʻrtasidagi keskinlik ham huddi shu taasurotga koʻmaklashadi.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

“Djokonda” portreti Italyan Yuqori Renessansining portret janrining eng zoʻr naʼmunalaridan biridir.

Boris Vipperning hisoblashicha kvatrochento modasining izlari, “koʻkrak qismidagi kichik kesik va erkin qat-qatli yenglari, shu bilan birga toʻgʻri poza,badanining yengil burilganligi va qoʻllarining yumshoq imosiga qaramay Mona Liza toʻlaligicha klassik usulning davriga oid”. Mixail Appatov “Djokonda qatʼiy proporsional toʻrtburchakka aʼlo darajada chizib qoʻyilgan, uning yarimshakli butun bir birlikni tashkil etadi, taxlangan qoʻllari esa uning siymosiga yakunlanganlikni bagʻishlaydi. Xullas, barcha konturlar qanchalik yumshatilgan boʻlmasin, Djokondaning toʻlqinli soch tutamlari shaffof xarirga juda mos, yelka ortida tashlangan mato esa oʻzida uzoq yilning yumshoq burilishlaridan darak beradi. Leonardo buning hammasida ritm va garmoniyaning qonunlariga muvofiq oʻzining yaratuvchanligini namoyon qiladi.

“Mona Liza” dastlabki holatiga nisbatan juda qorayib ketgan. Bu mualifning boʻyoqlar bilan tajribalar oʻtkazishga moyilligining natijasi deb hisoblanadi. Ushbu moyillik “Maxfiy kecha” freskasini (devorga solingan surat) nobud qilgan. Shunga qaramay rassomning zamondoshlari nafaqat kompozisiya, surat va nur oʻyini balki asardagi ranglar uygʻunligiga nisbatan ham oʻzining hayratini izhor etishga ulgurgan. Tahminlarcha, masalan Djokonda koʻylagidagi yenglarning ranglari dastlab qizil boʻlgan deyish mumkin.

Suratning hozirgi holati juda yomon, shuning uchun ham Luvr xodimlari uni koʻrgazmalar uchun boshqa bermasligini aytgan: “Suratda yoriqlar paydo boʻlgan, ularningbiri esa Mona Liza boshidan sanoqli milimetrlar uzra toʻhtagan”.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Texnika

Djivelegov taʼkidlashicha Mona Lizaning yaratilish paytiga kelib Leonardo da Vinchining mahorati “shunday yetuklik fazasiga kirgan ediki, kompozision va boshqa turdagi barcha rasmiy vazifalar oldiga qoʻyilib, bajarib boʻlingan va Leonardoga faqat oxirgi rassomlik texnikasining eng qiyin vazifalari ular bilan shugʻullanishga arzigudek boʻlib tuyula boshlagan edi. U Mona Liza qiyofasida uning talablarini qondira oladigan modelni topa olganida u rassomlik texnikasining eng yuksak va qiyin vazifalarini amalga oshirishga urinib koʻrishga qaror qilgan edi. U avval ishlab chiqilgan va sinab koʻrilgan amallari yordamida, ayniqsa oʻzining mashhur "sfumato" yordamida oʻzi avval bajarganidan koʻprogʻini qilmoqchi boʻldi: tirik insonning yuzini yaratish va ushbu yuzning chizgi va chehrasini shunday tasvirlash kerak ediki, ular yordamida insonning ichki dunyosi toʻlaligicha ochib berilishi kerak edi. Boris Vipper oʻziga shunday savolni beradi: “Shu ulugʻsifatlik, Mona Liza siymosidagi shu oʻlmas ong  uchquni qaynday vositalar yordamida yaratilgan edi? - va shu savolga javob boʻluvchi vositalarni ikkita asosiy qismga boʻldi. Birinchisi - bu Leonardoning ajoyib sfumatosi. Leonardoning doimiy soʻzlari “modelirovka - rassomlikning ruhi” degan gaplari bejiz aytilmagan. Aynan sfumato Djokondaning nam nigohini, shamolday yengil tabassumini, qoʻllarining mislsiz yumshoqligini yaratadi” Sfumato - bu yuz va shaklni qamrab oluvchi, chizgilar va soyalarning yumshatuvchi, bazoʻr tutib olinishi mumkin boʻlgan tutun. Leonardo bu maqsadda nurlik manbai va tanalar oraligʻida “tumanning bir turini” taratishni tavsiya qilgan.

Rotenbergning yozishicha “Leonardo oʻz ongiga umumiylashtirishning shu darajasini olib kira olgan ediki, bu uni umuman renessansga oid inson siymosi sifatida koʻrish imkonini beradi. Bu umumiylashtirishning yuqori chorasi suratning tasviriy unsurlarida, uning alohida sabablarida- yengil, shaffof xarir Mona Lizaning boshi va yelkalarini qamrab olib, aniqlik bilan chizilgan soch tutamlari va koʻylakning mayda qat-qatlarini bitta umumiy yumshoq chizgiga birlashtirishida aks ettiriladi. U yuzning hech narsa bilan taqqoslab boʻlmas nozik yumshoqligida (yuzda oʻsha davrning modasiga binoan qoshlar terib tashlangan) va goʻzal avaylangan qoʻllarda seziladi.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Alpatovning qoʻshimchasiga koʻra “yuz va shaklni qurshab, yumshoq erib borayotgan tutun ichra, Leonardo inson mimikasining cheksiz oʻzgaruvchanligini sezdira olgan. Djokondaning koʻzlari diqqat bilan va sokin tarzda tomoshabinga qarab turishiga qaramay, koʻz chuqurlarining qoraytirilgani tufayli ular maʼyuslik bilan tirishgan deb oʻylash mumkin; uning lablari qisilgan, ammo ularning qirralaridagi arang koʻzga tashalanuvchi soyalar lablar bir daqiqa ochilib,tabassum qiladi va gapiradi, deb ishontira oladi. Diqqat bilan tikilib turgan nigoh hamda lablardagi yarimtabassum oʻrtasidagi keskinlik uning hayajonlari toʻgʻrisida tushuncha beradi. Leonardo uning ustida bir necha yil mehnat qilgan, suratda bir dona ham keskin boʻyoq, bir dona ham oʻtkir chizgi qolmasligiga harakat qilgan. Suratdagi barcha narsalarning qirralari yaqqol koʻrinsa-da, ularning hammasi yarim soyalardan yarim yorugʻlikka nozik oʻtishlarda aks ettirilgan.

Sanʼatshunoslar rassom shaxsning portret tavsifnomasini peyzaj bilan bogʻlagan uzviylikni taʼkidlaydilar. Bu uzviylik oʻziga xos kayfiyatga ega va u portretning jozibadorligiga yanada jozibadorlik qoʻshdi.

Viper peyzajni suratni ulugʻvorligi yaratuvchi ikkinchi vosita, deb hisoblaydi:“Ikkinchi vosita - bu shakl bilan fon oʻrtasidagi munosabat. Fantastik, qoyali,goʻyo dengiz suvi orqali koʻrilgan peyzaj Mona Lizaning portretida uning shakliga koʻra boshqa reallikga ega. Mona Lizada -  hayotning voqeligi, peyzajda esa - tush kabi reallik. Shu kontrastga koʻra Mona Liza mislsiz yaqin va sezilarli, peyzajni esa undagi orzularining nur taratish kabi qabul qilamiz.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Renessans sanʼatining tadqiqotchisi Viktor Grashenkovning yozishicha Leonardo, shu jumladan peyzaj yordamida maʼlum bir shaxsning portretini emas, universal siymo yaratishga erisha olgan. “Bu sirli suratda u hech kimga tanish boʻlmagan Florensiyalik ayol, Franchesko del Djokondoning rafiqasi Mona Lizaning portret tasviridan koʻra ancha koʻproq narsa yaratgan. Maʼlum shaxsning tashqi qiyofasiva ruhiy tuzilishi taʼriflashga til ojiz sintetiklik bilan uzatilgan. Bu impressional psixologizmga inson hozir boʻlganligining biror belgilarisiz peyzajning koinot singari mavhumiyligi toʻlaligicha javob beradi. Tutunsimon yorugʻlik bilan soya ichida nafaqat shakl va manzaraning barcha chizgilari yumshaydi. Koʻz uchun deyarli ilgʻab boʻlmas yorugʻlikdan soyaga oʻtishlarda,Leonardoning sfumatosidagi silkinishlar iloji bor qadar yumshab, eriydi va individuallik va uning ruhiy holatining har qanday maʼlumligi yoʻqolib ketishga tayyor. “Djokonda”- portret emas. Bu - butun bir narsaga birlashgan va oʻzining individual aniq shaklidan chalgʻitilib taqdim etilgan insonning oʻzi va tabiyat tasvirlangan timsoli. Ammo, bu monand dunyoning qotib qolgan yuzasi uzra mavj kabi yugurib oʻtgan bazoʻr bilinadigan harakatning ortida jismoniy va ruhiy hayot imkoniyatlarining boyligi sezilib turadi”.

“Mona Liza”birinchi planning tilla-jigarrang bilan mallarang tuslarida va ikkinchi uzoqdagikoʻrinishlarning zumrad-yashiltuslarida berilgan. “Shishaday shaffof boʻyoqlargoʻyo insonning qoʻli bilan emas, eritmadan shakli boʻyicha beqiyos kristallarhosil qiluvchi materiyaning ichki quvvati bilan yaratilganday, goʻyo.Leonardoning koʻp asarlari kabi bu asar ham vaqt oʻtib qorayib qolgan va undagiranglarning nisbatlari biroz oʻzgargan, lekin hozir ham karnasiya tuslari bilankiyimlardagi taqqoslanishlar hamda manzaraning “suvosti” tusi bilan ularningumumiy kontrasti yaqqol qabul qilinadi.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Djokonda tabassumi

Mona Liza tabassumi suratning eng mashhur sirlaridan biri. Bu yengil, bilinar-bilinmas tabassum ustaning oʻziga tegishli koʻp boshqa asarlarida ham, shu bilan birga shogirdlarining ishlarida ham juda koʻp uchraydi, biroq aynan “Mona Liza”da u avjiga chiqarilgan.

Umuman olganda shuni eʼtiborga olish kerakki, bu taʼrifni (yoki adabiy tamgʻani) romantik yozuvchi Teofil Gotye 1855-yilda ishlatgan. U eng asosiysini amalga oshirgan - u Djokondaning sirli tabassumini oʻylab topgan. Ungacha hech kim bu tabassumda hech qanday sirni koʻrmagan. Malsalan, Vazari Mona Lizaning tabassumini atigi “yoqimli” degan. Gotye Djokondaning tabassumini sevib qolish juda hatarli, biroq sevmay iloji yoʻq boʻlgan muqarrar ayolning eng asosiy quroli sifatida tanitgan. Gotye shunday deb yozgan:

“Djokonda! Bu soʻz hotirada darhol Leonardoning suratidan sirli tarzda tabassum ila qarab turgan goʻzallik sfinksini uygʻotadi... Bu sharpaning dilraboligiga maftun boʻlib qolish juda xavfli... Uning tabassumi nomaʼlum zavqlardan darak beradi, u juda ilohiy, istehzoli... agar Don Juan Djokondaning uchratib qolganda, uning siymosida oʻz roʻyhatidagi uch ming ayolning hammasini tanib olar edi...”

Sanʼatshunos Genadiy Kozlovning yozishicha Gotyedan keyin sirli tabassum hatto Leonardoning oʻzi muallifligini ham chetda qoldirib, omma uchun “Djokonda”ning eng muhim fazilatiga aylanib qoldi.

Sanʼatshunoslar va sanʼat tarixchlari unga juda koʻplab misralarni bagʻishlagan. Masalan, Grashyenkovning yozishicha: “Inson hissiyotlari va istaklari, bir-biri bilan kurashayotgan ehtiroslar va xayollarning bitmas-tugalmas hilma-hilligi tekkislanib birlatishtirilgan holda, uygʻunlik bilan Djokondaning vazmin qiyofasida atigi uning bazoʻr paydo boʻlib, shu zahot yoʻqoluvchi tabassumining mavhumligi orqali oʻz aksini topgan. Uning lablari tutashgan qirralaridagi hech narsani anglatmaydigan bir onli harakati, huddi uzoqlashib bir tovushga aylangan aks-sado kabi cheksiz uzoqlikdan bizgacha inson maʼnaviy hayotining rang-barang polifoniyasini yetkazib keladi.

Sanʼatshunos Rotenbergning hisoblashicha, “butun dunyo sanʼatida feʼl-atvor va aql-idrokning birligida jamlangan inson shaxsini aks ettirib bera olish kuchi bilan “Mona Liza”ga teng keladigan portret koʻplab topilmaydi. Leonardo da Vinchining bu portretidagi aynan noodatiy intellektual toʻldirilganlik uni kvatrochento siymolari portretlaridan ajratib turadi. Uning bu hususiyati u modelning tabiati avval umuman oʻzgacha, aksariyat lirik siymoviy ohangdoshlikda ochib berilgan ayol kishining portretiga oid ekanligi yanada oʻtkirroq qabul qilinadi. “Mona Liza”dan taralayotgan kuch hissi - bu ichki yigʻnoqlik va shaxsiy erkinlik hissiyotining uzviy birligi, insonning oʻz ahamiyatini anglashga tayangan maʼnaviy barqarorligidir. Ayol tabassumining oʻzi ustunlik yoxud kalondimogʻlikni emas oʻziga boʻlgan sokin ishonch va hotirjamlikni aks ettiradi.

Boris Vipperning koʻrsatishicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoshlarning yoʻqligi va peshona tepasining qirilganligi, balki, uning yuzidagi gʻalati sirlilikni beihtiyor kuchaytirib yuboradi. Keyin u surat taʼsirining kuchi toʻgʻrisida yozadi: “Agar biz oʻzimizdan “Mona Liza”ning buyuk jozibadorlik kuchi, uning hech bir narsa bilan taqqoslab boʻlmas gipnotik taʼsiri nimada, deb soʻrasak, javob faqatgina bitta boʻlishi mumkin - uning ulugʻvorligida. “Djokonda”ning tabassumiga eng uddaburon va eng qarama-qarshi interpretasiyalar qoʻshilgan. Unda gʻurur va nafislik, hislilik va erkalik,badjahllik va kamtarinlikni topishni istaganlar. Xatolik, birinchidan, Leonardo aynan odatiy ulugʻvorlikka erishishga harakat qilganliginiga qaramay, Mona Lizaning siymosida subʼyektiv ruhiy hususiyatlar izlangan. Ikkinchidan, - va bu yanada muhimrogʻi - Mona Lizaning ulugʻvorligiga emosional hususiyatlarni bogʻlashga urinishgan, aslida esa u intellektual ildizlarga ega. Mona Lizaning moʻʼjizasi aynan shundaki, u fikrlaydi. Biz sargʻaygan, yoriqlarga toʻlgan taxtaning oldida turgan holda aql-idrokka ega mavjudotning hozirligini sezib turamiz, unga gapirib va undan javob kutsa boʻladigan mavjudot oldida turganligimizni his etamiz.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

Lazarev uni sanʼatshunos olim sifatida tahlil qilgan: “Bu tabassum Mona Lizaning oʻziga xos fazilati boʻlishidan koʻra koʻproq ruhiy tirilishning odatiy tenglamasi, Leonardoning barcha navqiron siymolari uzra qizil ip kabi oʻtuvchi tenglama, keyinchalik uning shogirdlari va izdoshlari uchun anʼanaviy qolip boʻlib qolgan tenglama sifatida namoyon boʻladi. Leonardo shakllarining nisbatlari kabi, u eng nozik matematik oʻlchamlarda, inson tanasidagi alohida qimslarining maʼnodor muhimliklarini qatʼiy hisob-kitobida qurilgan. Va shu bilan birga, uning tabassumi mutlaqo tabiy, uning jozibadorligi ham aynan shunda. U yuzdagi barcha dagʻallik, taranglik, turgʻunlikni yoʻqotib uni mavhum, noaniq ruhiy iztiroblar koʻzgusiga aylatirib yuboradi. Oʻzining tutqich bermas beqarorligida u faqat bir onda suv yuzasida oʻtib ketuvchi mayda mavjga tenglashtirilishi mumkin.

Uning tahlili nafaqat sanʼatshunoslar, balki ruhshunoslarning ham eʼtiborini oʻziga tortgan. Zigmund Freydning yozishicha: “Leonardo da Vinchining suratlarini tasavvur qilgan kishining xotirasida suratlardagi ayollar siymosida yashiringan gʻalati, asirga oluvchi va sirli tabassum vujudga keladi. Choʻziq, hilpirab turuvchi lablarda qotgan tabassum Leonardoga xos va koʻpincha “leonardocha” tabassum deyiladi. Florensiyalik Mona Liza del Djokondaning oʻziga xos maftunkor siymosida ushbu tabassum tomoshabinni hamma narsadan ham kuchliroq oʻziga mahliyo qilib qoʻyadi va parokandalikka soladi. Bu tabassum faqat bitta talqinni talab qilgan, ammo sanoqsiz turli talqinlarni topgan, lekin ularning birortasi ham tabassumni tariflash berish talabini qoniqtira olmaydi. Mona Lizaning tabassumida ikkita turli narsa birlashgan, degan tahmin koʻpchilik tanqidchilarda tugʻilgan. Shuning uchun ham bu hurliqo Florensiyalik ayolyuzining koʻrinishida ular ayolning ishqiy hayotini boshqaruvchi antagonizmning eng yoruq aks ettirilishi, vazminlik va afsun, ayollarga xos nafosat va erkak kishini qandaydir oʻzga narsadek yutib yuboruvchi koʻz ilgʻamas-talabchan hissiyotlarni koʻrar edilar. Leonardo Mona Lizaning chehrasida undagi tabassumning cheksiz nazokat va dahshatli tahlikadan darak kabi ikki tomonlama maʼnosini yarata oldi.

Tomoshabinni ayniqsa, bu tabassumning iblisona fusunkorligi sehrlab qoʻyadi. Bir qarashdan jozibali tabassum qilayotgan, yoki sovuq va bagʻritoshlik bilan boʻshliqqa qarab turgandek qotib qolgan bu ayol toʻgʻrisida yuzlab shoir va yozuvchilar yozgan, va hech kim uning tabassumi sirini fosh qilib, fikrlarini talqin qilib bera olmadi.

Faylasuf Aleksey Fyodorovich Losev u toʻgʻrisida salbiy yozgan: ... “Mona Liza” oʻzining “iblisona tabassumchasi” bilan. “Axir faqat Djokondaning koʻzlariga qarab koʻring, hech qiynalmasdan shuni anglash mumkinki, u umuman jilmaygani ham yoʻq. Bu tabassum emas, biroq bu sovuq koʻzlarga ega va Djokonda sehrlab olmoqchi boʻlgan oʻljaning chorasi yoʻqlini aniq bilib turgan va oʻljada zaiflikdan tashqari uni egallab olgan yoqimsiz hissiyot oldidagi kuchsizlikka tanib turgan yirtqich bashara.”

Psixolog Pol Ekman Djokonda yuzining belgilari toʻgʻrisida yozadi va uni inson mimikasi toʻgʻrisidagi oʻz bilimlari nuqtai nazaridan tahlil qiladi: “ikkita boshqa-boshqa yuz (tabassum) koʻzlarning oʻziga xos koʻrinishiga ega samimiy tabassumni birlashtiradi. Havasni keltiruvchi oʻzini qiziqtirgan obʼyektdan koʻzini olib qochsada, unga keyin yana istehzoli nigoh tashlab, yana bir on oʻtmay, nigohlar uchrashishga ulgurmasdanoq olib qochiladigan oʻynoqi tabassum. Mashhur Mona Lizadan qoluvchi taasurotning noodatiyligi shundaki, Leonardo oʻz naturasini aynan shu oʻynoqi harakat paytida ilib oladi; u boshini bir tarafga burib, koʻzi bilan boshqa tarafga - oʻzini qiziqtirgan obʼyektga qarab turadi. Hayotda yuzning bu koʻrinishi bir onlik - yashirin nigoh tashlash bir ondan koʻp davom etmaydi.

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat

"Mona Liza" portretlar janrida Oliy Uygʻonish davri asarlariga taʼsir koʻrsatgan va ular orqali portret janrining keyingi rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatgan eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi. Portret janri doimo “Djokonda”ga qandaydir yetib boʻlmas, lekin albatta majbur boʻlgan narsaga qaytib borishdek qaytishi kerak.

Sanʼat tarixchilari shuni taʼkidlaydiki, Mona Lizaning portreti renessans portreti sanʼatining rivojlanishida hal qiluvchi qadam boʻlgan. Rotenbergning yozishicha: “kvatrochento rassomlari ushbu janrning bir qator salmoqli asarlarini qoldirib ketganlariga qaramay, baribir portret chizishdagi ularning yutuqlari asosiy rassomlik janrlarining yutuqlariga mutanosib emas edi - masalan, diniy va mifologik mavzudagi rassomlik janrlariga. Portret janrining huquqiy tengsizligi portret tasvirlarning “ikonografiyasi”da namoyon boʻla boshlagan edi. XV asrdagi portret ishlari ularning soʻzsiz fizionomik oʻxshashlari va ular taratayotgan ichki kuch bilan birga baribir tashqi va ichki cheklanganlik bilan ajralib turar edi. XV asr rassomlarining bibliyaga oid va mifologik siymolari tasvirlab beruvchi inson hissiyotlari va hayajonlarining boyligi odatda ularning portret asarlarining fazilatlari qaotirga kira olmas edi. Buning aks sadolarini Milanda boʻlgan dastlabki yillarda yaratilgan Leonardo da Vinchining oʻziga tegishli erta asarlarida koʻrish mumkin. Ularga nisbatan Mona Liza sifat jihatidan ulkan siljishning natijasi, deb qabuli qilinadi. Portret siymosi ilk bor oʻz ahamiyatiga koʻra boshqa rassomlik janrlarining eng yorqin siymolaribilan bir qatorga turib olgan edi.      

Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat
Mona Liza. Besh yuz yildan beri lol qoldirib kelayotgan surat
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar