Yurak haqidagi eng qiziqarli faktlar

Organizm “motor”i boʻlmish yurakni Platon: “Ehtiroslar makoni” deb ataydi. Haqiqatan ham, kishi sevinganda yoki qaygʻurganda uning yuragi tez-tez ura boshlaydi. Aql mahsuli boʻlmish fikrlash esa inson miyasida paydo boʻladi.

Homila 4 haftalik boʻlganda uning yuragi urishni boshlaydi. Ona qornidagi bolaning yurak qisqarish chastotasi (puls) katta odamnikidan, taxminan 2 baravar tez. Bu daqiqasiga 140 marta yurak urishiga teng.

Yangi tugʻilgan bolada qon aylanishi 1 piyola qon miqdoricha keladi.

Yurak 75 trln hujayralardan iborat organizmni qon bilan taʼminlaydi. Faqat koʻz ustki pardalarigina bundan mustasno.

Mashina 32 km masofani bosib oʻtish uchun qancha energiya sarflasa, yurak ham organizm uchun har kuni shuncha energiya sarflaydi. Yurakning butun hayot davomida ishlab chiqargan energiyasi Oyga borib kelishga yetadi.

Ayol yuragi erkaknikiga nisbatan tezroq uradi. Erkak yuragi taxminan daqiqasiga 70 marta, ayol yuragi esa 78 marta uradi.

Katta yoshdagi inson yuragi, daqiqasiga 72 ta , kuniga 100000 ta, yiliga 3 600 000 ta va butun hayoti davomida 2.5 mlrd marta uradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



