Yoʻqotilgan boylik - Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi

Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi (lotincha: Ursus arctos isabellinus) Tyan-Shan va Himolay togʻlari va ularning yonbagʻralrida yashavchi qoʻngʻir ayiqning (Ursus arctos) ajralgan kenja turi. Uning oʻlchamlari nisbatan katta emas - 140 santimetrgacha, ogʻirligi 300 kilogrammgacha, biroq gohida juda yiriklari ham uchrab turadi.

Moskvadagi “Foʻnd Losinogo ostrova” (Bugʻular oroli Fondi) “Medvejiy ugol” (Ayiq burchagi) biologik stansiyasida 2005- yildan buyon 1993 - yilda tugʻilgan, deyarli uch metrga teng 700 kilogrammlik gigant yashab keladi. Uning tusi qormatir-qoʻngʻir, sargʻish boʻyinbogʻiga ega. Eng asosiy farqli belgisi - oldingi oyoqlaridagi uzun och tusli tirnoqlari.


Tyan-Shantogʻ tizimida: Karjantau, Ugan, Qirgʻiz, Zail, Kungay, Ketmon tizimlarida, shuningdek, Jungar Alatau bilan birga Oltin Amal, Toʻqsonboy, Koʻyanditau, Kakontogʻ mavzelarida tarqalgan. XX- asrning 40-yillarida Sirdaryo Qoratovida yoʻqolib ketgan.

Qozogʻistondagi qoʻngʻir ayiq faunasining ikkita, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstiligi mamlakatlaridagi 6-7 kenja turlaridan biri. Bugunga kunda Aksu-Jabagli, Almati koʻriqxonalarida himoya qilinib keladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



