Sayohat

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Shundan kelib chiqib, ushbu maqolamizda yozda qaysi mamlakatlarda dam olish mumkin-u, qaysilariga borish tavsiya etilmaydi, shular haqida gap boradi. Nima boʻlganda ham dunyodagi nostabil holat va tabiatning injiqliklarini hisobga olish zarur!

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Chet el sayohatiga otlanar ekanmiz “yuqori mavsum” va “past mavsum” haqida tushunchaga ega boʻlishimiz zarur. Biz ayni mavsum payti yaxshimi yoki mavsum boʻlmagan payt afzalroqmi? Keling, avvalam bor shularga oydinlik kiritib olaylik.

Aslini olganda bu tushunchalar shartli hisoblanadi va sharoitga qarab baholanadi. Bu iboralar bizga turoperatorlar, mehmonxona va aviakompaniyalarning professional muhitidan kirib kelgan. “Yuqori mavsum” yoki “past mavsum” iboralari yilning u yoki bu mavsimida sayohatchilarning sayohatiga emas, turop-eratorlarning daromadiga nisbatan ishlatiladi.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

*”Yuqori mavsum” – mamlakatning qaysidir hududi yoki xorijiy davlatlatga sayohat qilishga boʻlgan talabning kuchayishi. Bu koʻrsatgich avvalam bor u yerdagi yaxshi iqlim sharoiti, ikkinchidan esa kanikul va taʼtilning boshlanishi bilan bogʻliq. Afzalliklari – aʼlo darajadagi ob-havo, iliq suvli dengizda choʻmilish, diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish imkoniyatlari, hech qanday yomgʻir yoki boʻron hordiqning beliga tepmaydi. Kamchiliklari – bu mavsumda dam oluvchilar soni koʻp boʻladi, shu sababli mehmonxona, yoʻlkira va sayohatning boshqa harajatlari bir muncha qimmatlashadi.

*”Past mavsum”da aksincha talab ancha kamroq boʻladi. Sayohatchilarning koʻpchiligi bu paytda oʻqish va ishda boʻladi, ob-havo sharoiti ham noqulay boʻladi. Ammo mavsum boʻlmagan paytda narx-navo pasayadi, sayohatchilarning soni ham kamroq boʻlgani uchun tinchgina va arzonroq dam olish mumkin. Agar biz sayohatga otlanayotgan mamlakatda yomgʻir mavsumi boʻlsa, borganimizda u yerda quyoshli kun bilan birga yomgʻir yogʻishi, baʼzan esa jala ham quyishi mumkunligi va bniz mehmonxonadan tashqariga chiqmasdan oʻtirishimiz mumkinligini ham hisobga olishimiz zarur.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Bolgariyada dam olish sayohatchilar ichida juda mashhur. Birinchidan, bu qimmatga tushmaydi, ikkinchidan bugungi kunda bu mamlakatning kurort va mehmonxonalari talabga javob beradi.

Yoz mavsumida Bolgariyada ob-havo quyoshli, ayniqsa Qora dengiz boʻyi va mamlakatning janubiy qismida. Bu vaqtda bu yerda katta toʻlqinlar boʻlmaydi, dengiz tinch va iliq boʻladi. Iyun oyi bir muncha salqin boʻlishiga qaramasdan – sayohat uchun eng yoqimli davrdir. Bolgariyaning Solnechniy Bereg, Zolotiye Peski va boshqa shu kabi kurortlarida dam oilish uchun eng qulay davr iyulning oʻrtasidan boshlanib, avgust oyining oxirigacha davom etadi. Bu paytda barcha mehmonxona va sohilboʻyi plyajlari turistlar bilan 100% toʻlib ketadi. 

Mashhur kurortlari: Albena, Zolotiye peski, Solnechniy bereg, Avliyo Konstantin va Yelena

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Yunonistonda dam olish – bu manzarali shaffof suvli dengiz, antic davr zamonidan bizgacha yetib kelgan qadimgi ibodatxona va haykallardir. Bu mamlakatda dam olish uchun eng qulay davr – iyun oyidir. Narx-navolar oshib ulgurmagan, dengiz esa isib, qulay ob-havo sharoiti turgan boʻladi. Iyul oyida bu yer juda juda qizib ketadi, hattoki dengiz ham yordam bermaydi, biroq shunga qaramasdan narx-navolar ancha koʻtariladi. Mavsumning eng qizgʻin pallasi avgust oyiga toʻgʻri keladi. Bu paytga kelib jazirama issiq bir muncha chekingandek boʻladi, ammo narxlar yuqoriligacha qolaveradi.

Mashhur kurortlari: Rodos oroli, Korfu oroli, Krit oroli, Kefaloniya oroli, Xalkidiki, Afina, Lutraki, Soloniki va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Gruziya yumshoq iqlimi, toza havosi, koʻpgina issiq buloqlari, davolovchi balchiq konlari, Kavkaz togʻlari, shuningdek Qora dengiz sohilboʻyi plyajlari bilan mashhur. Bu yerga hordiq chiqarish uchun kelgan sayyohlar vaqtlarini dengiz boʻyida oʻtkazganlari afzal, chunki mamlakatning markaziy qismi yoz mavsumida juda qizib ketadi.

Mashhur kurortlari: Batumi, Zelyoniy mis, Kabuleti, Chakvi, Gonio va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Qadimiy ehromlar hamda unutyilmas Qizil dengiz mamlakati

Yozda Misrda zajirama issiq havo hukmronlik qiladi. Dengiz boʻyida bi issiqlik uncha bilinmaydi, ammo mamlakatning poytaxti boʻlmish Qohira shahri va sahroga borish qatʼiyan man qilinadi! Bu yerda havo harorati 40°C dan oshadi. Bu paytda Luqsor yoki Asuanga borish haqiqiy mashaqqatga aylanadi. Ehromlar va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun yoz mavsumi juda issiqlik qiladi!

Xurgada va Al Gʻino kurortlari yoz faslida dam olish juda maroqli, yengilgina shabada esib turgani uchun issiq ham unchalik bilinmaydi (+32). Sharma  al Shayhda esa qilt etgan shabadayam boʻlmaydi, shuning uchun u yer biroz issiqroq (+40).

Mashhur kurortlar: Xurgada, Sharm al Shayh, Sfaga, Al Gʻino, Dahab.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Ispaniya – flamenco raqsi, korrida va ajoyib sohilboʻyi plyajlari bilan mashhur boʻlgan mamlakatdir. Yoz fasli – Barselona yaqinidagi qirgʻoqboʻyi yoki orollarda hordiq chiqarish uchun ajoyib davrdir. Choʻmilish mavsumi bu yerda iyun oyida boshlanadi, iyul, avgust oylari esa mavsumning ayni avjiga chiqqan pallasi hisoblanadi. Yoz faslida havo harorati yuqori boʻlishiga qaramasdan dunyoning turli burchagidan sayyohlar oqimi bu yerga oqib keladi. Iyul oyida koʻpgina bayram va festivallar oʻtkaziladi.

Avgust oyida Ispaniyaga bormagan maʼqul. Chunki bu oyda havo harorati juda isib ketadi hamda yomgʻirlar tez-tez yogʻadi. Buning ustiga mamlakatda taʼtil mavsumi boshlanadi va mahalliy aholi sohilboʻyiga dam olishga oshiqadi. Bunday paytda esa plyajlar tiqilinch boʻlib ketadi!

Mashur kurortlari:                                                                                                                                    Oʻrta yer dengizi – Ibitsa oroli, Menorka oroli, Mayorka oroli.

Atlantika okeani – Kanar orollari.

Kontinental Ispaniya – Kosta Brava, Kosta Dorada, Kosta del Sol, San Sebastyan va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Italiya – bu nafaqat lazzatli pitsa va plyajlari, balki koʻp asrli tarixga ega madaniyat va qadimiy arxitektura obidalari bilan dong taratgan mamlakatdir. Butun Yevropa sivilizatsiyasiga aynan shu yerda asos solingan! Bugungi kunda ushbu ajoyib mamlakatning Venetsiya, Rim, Florentsiya, Liguriya kabi mintaqalari butun dunyodan sayohatchilarni oʻziga jalb etib, chorlab turibdi. Yoz fasli dengiz boʻyida hordiq chiqarish uchun ajoyib davr hisoblanadi, shahar ichida ekskursiya qilish uchun esa issiqlik qiladi. Iyun oyi plyajda dam olish uchun eng qulay vaqtdir. Suv ham, havo ham anchagina isib olgan boʻladi, sayyohlar oqimi esa hali yetib kelmagan boʻladi. Iyul oyida jazirama issiq, havo esa dim boʻladi, narx-navolar ham ancha qimmatlashgan boʻladi. Birgina Milanda chegirmalar mavsumi boshlangan boʻladi.

Avgust oyida Italiyaga sayohat qilish tavsiya etilmayDI. Chunki italiyaliklarda ham taʼtil mavsumi boshlanib, bu vaqtni ular ham dengiz boʻyidagi plyajlarda oʻtkazadilar, shuning uchun plyajlarda odam juda gavjum boʻladi.

Mashhur kurortlari:Amalfi, Rimini, Kapri oroli, Sorrento, Liguriya, Latsio, Sardiniya oroli, Sitsiliya va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

 Indineziya – qarama-qarshiliklar, vulqonlar va minglab mayda orollar mamlakati! Bu yerning iqlimi issiq, tropic. Yoz fasli kelishi bilanoq haqiqiy dam olish mavsumi boshlanadi. Quyoshli havo hukmronlik qiladi, havo quru q, biroq juda ham qizdirib yubormaydi. Yoz fasli vulqonlarni tomosha qilish uchun ajoyib palladir. Yozda yomgʻirlar deyarli boʻlmaydi, iyul-avgust oylari esa Avstraliyada taʼtil mavsumi boʻlgani uchun turistlar bilan toʻlib ketadi. Bu davrda yoʻllanmalarning bahosi oshib ketadi. Balidagi mehmonxonalarni ham oldindan bron qilib qoʻyish kerak.

Mashur kurortlar: Bali, Lombok, Gili oroli, Nusa, Lembongan, Mentavay orollari, Flores oroli, Sumatra oroli, Borneo oroli va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Bu orol uchta kontinentda joylasjgan boʻlib, turistlarning sevimli joyi hisoblanadi. Yozda bu yer juda issiq, biroq past darajadagi namlik sababli odamlar uni yengil koʻtara oladilar. Dam olish uchun eng qulay davr – iyun oyidir. Iyul oyi esa eng issiq palla boʻlishiga qaramasdan mavsumning eng choʻqqiga chiqqan paytidir. Bu davrda ekskurisiyaga qilish sal qiyinrogu, ammo togʻlarga chiqish uchunh ajoyib palladir. Avgust oyida issiqlik bir muncha pasayishni boshlaydi, dam oilsh uchun shu vaqt anchayin qulayroqdir.

Mashhur kurortlar – Aya-Napa, Protaras, Pafos, Larnaka, Limmasol

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Sochi, Anapa, Yalta, Sevastopol – bu nomlar bizga yoshligimizdan beri juda tanish!

VBiroq bu yerda dam olishning bir necha kamchiliklari bor! Birinchidan, Rossiyada bahor ham qishdek oʻtishi mumkin, shuning uchun yoz fasli qanday kelishi nomaʼlum. Ikkinchidan, servis (sayyohlarga xizmat koʻrsatish) darajasi past boʻlishiga qaramasdan, narxlar ancha qimmat!. 

Iyun oyida suv hali ilib ulgurmagan, odamlar ham koʻp boʻlmaydi, narx-navo ham koʻtarilmagan boʻladi. Iyul oyida esa yuqori mavsum boshlanadi. Sayyohlar soni bilan birga narx-navo ham oshib boraveradi. Mavsumninbg eng avj pallasi avgust oyiga toʻgʻri keladi, bu davrga kelib narx-navo eng yuqori choʻqqiga yetib boradi, plyajlarda esa oyoq qoʻyishga joy topilmaydi.

Mashhur kurortlar: Anapa, Sochi, Adler, Kerch, Feodosiya, Sudak, Alushta, Yalta, Sevastopol, Yevpatoriya va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

May-iyun oylarida Keniya va Tanzaniyada yomgʻirlar mavsumi tugaydi. Yoz faslining bitinchi oyining oxiriga kelib Hind okeanining sohil boʻyida plyaj mavsumi boshlanadi. Iyul va avgust oylari bu mamlakatlarda dam olish uchun eng qulay davrdir. 

Iyul oyidan boshlab hayvonlarning migratsiyasi boshlanadi, bu narsa safariga qiziqishning ortishiga sabab boʻladi (eng avvalam bor Masai-Mara, Serengeti, Ngorongooro parklarida). Zanzibar oroli va Mombasa kurortida esa butun yoz boʻyi hordiq chiqarish mumkin. 

Mashhur kurortlar: Keniyada – Mombasa, Tanzaniyada – Zanzibar kurortlari.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Maltada yil boʻyi iliq havo hukmronlik qiladi, biroq turistlarning soni aynan yoz oylarida avjiga chiqadi. Bu yerning iqlimi Oʻrta Yer dengiziniki, shuning uchun yoz fasli juda issiq keladi. Iyun oyining oʻzidayoq havo yaxshigina qizigan boʻladi, sayyohlar bu yerga bajonu dil tashrif buyuradilar, plyajlarda koʻp odam toʻplanadi, narxlar ham shunga qarab qimmatlashadi. Dam olish mavsumi iyul oyida avji nuqtasiga yetadi, avgust oyiga kelib esa havo harorati +40 darajaga yetadi.

Mashhur kurortlar:Valetta, Mellixa, Slima, Sent-Julians, Golden Bey va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Bu mamlakat Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismida, Atlantika okeanining qirgʻoq boʻyida joylashgan.

Yoz faslida ocean yaqinidan ketmaslik tavsiya etiladi, chunki mamlakatning boshqa hududlari haddan tashqari issiq boʻladi. Marokashda hordiq chiqarishni istagan sayyohlar avgust oyini tanlaydilar, aynan shu paytda sovuq Atlantika okeanining suvi hihoyat iliydi.

Mashhur yoʻnalishlar: Agadir, Marokkash, As-Suvayra, Kasablanka, Fes, Tanjer va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Malaziya davlatida joylashgan mashhur Petronas minoralariyu, Langkavidagi Osmon koʻprigini, sirli Perxetianlaru, Borneo orollarini kim ham koʻrishni istamaydi deysiz?

Malaziyada yil boʻyi issiq boʻlib, quyosh charaqlab turadi. Shuning uchun bu yerning ob-havosi mavsumlarga boʻlinmaydi, qishin yozin bir xil qulaylikda dam olish mumkin. Birgina salbiy tomoni yuqori darajadagi namlik boʻlishi mumkin.

Malaziyaga yozda dam olishni xohlaganlarga Janubi-Xitoy dengizidagi orollarga (Tioman, Borneo, Pedang, Perxetiana) borish tavsiya etiladi. Yoz fasli bu yerdagi plyajda hordiq chiqarish va dayving bilan shugʻullanish uchun ajoyib davrdir. Ayniqsa Redang va Perxentiana orollari. Qishki mavsumda bu orollar turistlar uchun yopiladi, ammo suv osti olamining tabiati va boyliklari bu yerga kelib, ularni koʻrishga arziydi.

Hind okeanidagi Penang va Langkavi orollariga esa yozda boorish tavsiya etilmaydi. Chunki bu davrda bu yerda yogʻingarchiliklar koʻp boʻladi. Ammo eng katta xavfni yozda meduzalar keltirib chiqaradi.

Mashhur yoʻnalishlar: Tioman, Borneo oroli, Perxetian oroli, Redang.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

AQSH katta mamlakat, bu yerga tashrif buyurgan har bir sayyoh oʻziga nimanidir tanlaydi: ulkan megapolislar va milliy bogʻlar, qoyilmaqom Florida hamda unutilmas Gavayi orollari, hamisha sergavjum Las Vegas va jozibador Los Anjeles.

AQSH da yozni ocean boʻyida oʻtgazgan afzal, Tinch okeanmi, Atlantika okeanimi, farqi yoʻq. Unisi ham, bunisi ham dam olish uchun juda ajoyib joylardir! Kaliforniya, Florida va Gavayi esa ushbu mamlakatdagi dam olish uchun eng qulay maskandir!

Mashhur kurortlar: Gavayi orollari, Kaliforniya (Malibu, Santa Monika, San Diyego), Florida (Mayami, Ki Vest, Fort Loderdeyl) va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

XXII asrning eng ajoyib shahar mamlakati! Mashhur oʻyin-kulgu va sayr-tomosha oroli – Sentoza oroli hamda Singapurning boshqa plyajlari aynan ana shu yerda joylashgan. Singapurning iqlimi qoʻshni Malaziya hamda Indoneziya mamlakatlarinikiga oʻxshaydi. Yil boʻyi havo harorati bitta koʻrsatkichda turadi. Ammo yozda havo baribir issiq boʻladi! Bunday paytda bu yerda faqatgina zajirama issiqdan qoʻrqmaydigan sayyohlargina dam olishlari mumkin. Iyun oyi eng issiq oy hisoblanadi, iyul oyida esa tinmay tropic yomgʻir yogʻadi. Agar sizni yurak va qon-tomir kasalliklari bezovta qilmasa, yozda bemalol Gingapurga otlanishingiz mumkin.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Tunis mamlakati arab koloriti bilan Yevropa servisi uygʻunlashgan diyordir. Bu yerda siz Sahroi Kabirning oltin qumlari bilan birgalikda Oʻrta Yer dengizining moviy suvlarini koʻrishingiz mumkin. Yozda bu yer juda issiq va quruq. Bu issiqni faqatgina sohil boʻyida koʻtarish mumkin, sahroga esa oyoq ham bosib boʻlmaydi – u yerda chidab boʻlmaydigan jazirama. Dam olish uchun eng qulay oy iyun oyidir. Iyul oyida esa havo harorati +35 darajadan oshib ketishiga qaramasdan Tunisning barcha plyajlari sayyohlar bilan toʻlib ketadi va tabiiyki narx-navo ham koʻtariladi. Ammo eng issiq oy bu avgustdir, havo harorati +50 dan ham oshib ketadi. Yana bir yomon tomoni bu davrda Tunis qirgʻoqlartiga meduzalar suzib kelishidir. Meduzalar tishlab olishi mumkin, bu ogʻriq beradi, ammo hayot uchun xavfli emas. Meduza tishlarining izi bir oydan keyingina soʻrilib ketadi. Yaxshiyamki, Oʻrta Yer dengizining bu jonivorlari har yili yoki har kuni odamlarga hujum qilmaydi, bunday hodisalar kamdan-kam hollarda sodir boʻladi.

Mashhur kurortlar: Hammamet, Monastir, Suss, Jabra oroli, Mahdiya.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Sayohat uchun eng ommabop mamlakatlardan biridir. Kurortlar bu yerda juda koʻp, narxlar esa hamyonbop. Turkiyada ham yoz oyio kurort mavsumi hisoblanadi. Iyun oyi havo ancha qulay boʻladi, narx-navo ham hali koʻtarilmagan boʻladi. Iyul, avgust oylariga kelib kunlar qizib ketadi, havo harorati +40 darajagacha koʻtarilishi mumkin. Biroq shunga qaramasdan bu davrda baʼzi kurortlarning narxi yuqoriligacha qolaveradi.

Turkiya sivilizatsiyalashgan mamlakat boʻlgani bilan, Ramazon oyi roʻzasidan keyin bu yerda sayohat qilish huddi BAA, Misr, Marokash, Tunis va Iordaniyadagi kabi oʻtadi. Ramazon oyida koʻpgina muassasalari, kafe va transportlar toʻliq boʻlmagan ish kunida ishlaydilar. Ramazon oyi tugashi bilanoq hamma dinidan qatʼiy nazar dam olishga oshiqadilar. Bu paytd mehmonxonalarning narxi oshib ketadi, aviachiptalar ancha oldin sotib boʻlinadi, plyajlar esa odamlar bilan toʻlib-toshib ketadi.

Mashhur kurortlar: Alaniya, Antaliya, Kamar, Balak, Marmaris, Bodrum va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Frantsiya – bu muhabbat shahri boʻlmish Parij, mashhur Moviy qirgʻoq, degani, chiroyli manzara va romantika mamlakatidir! Frantsiyada yozda havo iliq va juda qulay. Bu paytda fransuz Rivyerasi yoki Atlantika sohil boʻyida dam olish uchun boorish kerak. Parijda havo juda qulay boʻladi, Disneylend esa 22.00 gacha ishlaydi. 

Frantsiyada yozda dam olish juda ommalashgan, narx-navolar ham iyun oyidan boshlab koʻtarila boshlaydi. Iyul oyi mavsumning eng qizgʻin pallasidir, bu davrda bu yerda turli festivallar oʻtkaziladi va doʻkonlarda chegirmalar boshlanadi. Avgust oyida Atlantika sohilboʻyida havo sovuqlasha boradi. Moviy qʼirgʻoqda esa turistlar turistlar soni kamaymaydi. Yozning oxiriga kelib, vinochilik bayramlari boshlanadi, bu ajoyib ichimlikni taʼtib koʻrish uchun qulay imkoniyatdir.    

Mashhur kurortlar: Oʻrta Yer dengizida – Moviy qirgʻoq (Nitssa, Antib, Sen Trope, Kann va boshqalar)

Atlantik sohil boʻyida – Akvitaniya, Bretan, Normandiya

Korsika oroli

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Ushbu uncha katta boʻlmagan mamlakat Adriatik dengizining qirgʻoq boʻyida joylashgan. Bu kichikroq davlat boʻlgani bilan u yerda tomosha qilishga arzigulik joylar bor: manzarali Alp togʻlari, qadimiy qasrlar, tabiiy diqqatga sazovor joylar va issiq buloqlar hamda ajoyib plyajlar. 

Bu yerda yoz juda issiq boʻladi, biroq iqlimi quruq boʻlganligi uchun issiqlikni koʻtarish qiyinchiliksiz oʻtadi. Iyun oyi dam olish uchun juda qulay, iyul oyida esa jazirama issiq boshlanadi. Avgust oyi ham hordiq chiqarish uchun munosib palla. Shuning uchun ham bu paytda turistlar soni koʻpayib, narx-navolar ham koʻtariladi.

Ommaviy kurortlar: Istriya yarim oroli, Kvarnera qirgʻoqlari, Oʻrta va janubiy Dalmatsiya, Dubrovnik va boshqalar.

Yozgi taʼtilda qayerga borgan maʼqul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!

Yozda Chernogoriyada havo issiq, lekin quruq boʻladi.

Iyunning boshlarida bu yerda koʻpgina yevropaliklar tashrif buyuradilar, ammo narxlar qimmat boʻlmaYDI. Havo harorati 28-30 daraja issiq, dengizda esa 18-19 daraja issiq boʻladi. Iyul va avgust oylari mavsumning avjiga chiqqan pallasi boʻlib, havo harorati +30 dan ham oshib ketadi. Qulay ob-havo, ajoyib dengiz, faqatgina narx-navo qimmat!

 Mashhur kurortlar: Budva, Bechchi, Ultsin, Gertseg-Novi, Tivat.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar