Qiziqarli

Eng chiroyli Bollivud juftliklari

Eng chiroyli Bollivud juftliklari

Bollivudning eng mashhur juftliklaridan biri ekranlarda ehtirosli muhabbat dardiga chalingan oshiqlar rolini ijro eta turib, taqdir yoʻllarini bogʻlashga qaror qildilar. Ushbu ishq debochasi aktyorlar taqdirini bogʻlagan "Zanjeer" filmi edi. 1973 yili turmush qurgan yulduzli juftlikning oilaviy hayoti bir tekisda kechdi deyish qiyin, albatta. Amitabx Bachchan va Rekxa haqida mish-mishlar omma orasida bir zumda yoyilgan boʻlsa-da, Jaya xonim oila shaʼnini 45 yildan buyon sabot ila saqlab kelmoqda. Bachchanlar oilasi bugungi kunda Bollivudning eng chiroyli juftliklari qatorida yetakchi oʻrinni egallaydi.

Eng chiroyli Bollivud juftliklari
Eng chiroyli Bollivud juftliklari

Ikki dinga topinuvchi ikki qalbning bir butunga aylanishi, oilalar qarshiligi, uzoq yillar davom etgan kurashish jarayoni... Nihoyat, Bollivudni zabt etgan Qirol Xon Gauri oila aʼzolarining qalbidan ham mustahkam joy oldi va 1991 yili juftlik taqdiri bogʻlandi. 

Eng chiroyli Bollivud juftliklari
Eng chiroyli Bollivud juftliklari

Kino ixlosmandlari qalb toʻridan oʻrin egallagan Rishi Kapur va Nitu Singx 1979 yili turmush qurishgan. Oʻz zamonasining jurnalistlari bu juftlik nikohi ikki yildan ortiq davom etmasligini bashorat qilgan edilar. Biroq, barchasi ular kutganday boʻlib chiqmadi. Nikohdan soʻng Nitu Singx oʻzini oila va farzandlarga bagʻishlash uchun kinoindustriyani bir umrga tark etdi. Keyinchalik aktrisa "Sevgi: kecha va bugun" filmida turmush oʻrtogʻi bilan birga epidozik rolda namoyon boʻldi. 

Eng chiroyli Bollivud juftliklari
Eng chiroyli Bollivud juftliklari

Boni Kapur 90-yillarning eng talabgir aktrisalaridan biri boʻlmish Shri Devini bir koʻrishda yoqtirib qolgan. U hind sohibjamolining muhabbati uchun 15 yil kurashdi, va nihoyat aktrisa qalbiga sazovor boʻldi. Mazkur juftlik koʻp yillar davomida birga umr kechirdilar. Ammo afsuski Shri Devi yaqindagina vafot etdi.

Eng chiroyli Bollivud juftliklari
Eng chiroyli Bollivud juftliklari

1999 yili kamgap va kamsuqum Ajay Devgan yulduzni benarvon uradigan Kajolga turmush qurishni taklif qildi. Qarama-qarshi feʼl-atvorga ega yulduzlar nikohi butun hind halqini hayratga soldi. Bugungi kunda ularning Nisa ismli qizi va Yug ismli oʻgʻli bor. 

Eng chiroyli Bollivud juftliklari
Eng chiroyli Bollivud juftliklari

"Alibobo va qirq qaroqchi" filmi yulduzlari bir-birlariga koʻngil qoʻyganida Dxarmendra allaqachon oilali inson edi. Bu esa Xemani tashvishga solar va oʻtgan asr super yulduzining taklifiga rozi boʻlishga yoʻl qoʻymasdi. Biroq, oradan 10 yil oʻtib, ommaviy axborot vositalari ularning turmush qurganliklari haqida bong ura boshladi. Ular hozir ham Bollivudning eng chiroyli juftliklari qatorida tilgan olinadi.

 

Eng chiroyli Bollivud juftliklari
Eng chiroyli Bollivud juftliklari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar