Qiziqarli

Kashandalik - irodasizlikning oqibati

Kashandalik - irodasizlikning oqibati

Deyarli hammamiz uchun allaqachon odatiy boʻlib qolgan koʻrinishlardar biri - sigaret chekayotgan odam.

Sigareta chekish uchun moʻljallangan, tamaki barglarini quritib, maydalab, qogʻoz silindrga (odatda, 120 mm uzunlikda va 10 mm diametrli) solingan mahsulotdir. Tamakidan tashqari unga boshqa masalliqlar ham qoʻshiladi. Sigaretaning bir uchi olov yordamida tutatilib, boshqa (odatda filtrli) uchidan tutun soʻriladi. Uni baʼzan sigareta trubkasidan ham chekiladi. Asosiy masalligʻi tamaki boʻlmagan noanʼanaviy sigaretalar ham bor, ularga boshqa oʻtlar (masalan, nasha) solinadi.

Sigareta, boshqa tamaki mahsulotlari kabi sogʻliq uchun oʻta zararli, baʼzan saraton, yurak, nafas olish tizimi, qon aylanish tizimi xastaliklar va tugʻma nogironlikka sabab boʻlishi mumkin.

Kashandalik - irodasizlikning oqibati

Afsuski, bugungi kunda gohida yoshlar va oʻsmir yigit-qizlarni ham sigareta bilan koʻrib qolishimiz mumkin. Diyorimiz bozorlari-yu savdo doʻkonlarida toʻkin-sochinlik. Buning ustiga har bir mahsulotning ishlab chiqaruvchisi uni iloji bor qadar koʻrkamroq, jozibadorroq qilib koʻrsatishga intiladi. Lekin, zahar oltin qadah ichida keltirilsa ham zaharligicha qolaveradi.

Kashandalik - irodasizlikning oqibati

Oʻspirinlik— nozik davr. Bu davrda oʻsmirlar organizmida psixofiziologik oʻzgarishlar, biokimyoviy jarayonlar jadallashgan palla boʻladi. Endi moʻylovi sabza urgan oʻsmir bolani hali kattalar qatoriga ham qoʻshib boʻlmaydi. Ayni shu damlarda birdan ulgʻayib qolayotgan oʻgʻil-qizlar oʻtish davrida oʻz organizmida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar oldida biroz shoshib qolishadi. Shunda ularga kattalar yordami zarur. Ayniqsa, ota-ona bu borada farzandining eng yaqin sirdosh doʻstiga aylanishi zarur. U bilan ochiqchasiga suhbatlashib, koʻngliga yoʻl topishning iloji boʻlmasa ota-ona oʻsmir oʻgʻil-qiziga oʻspirinlik davri xususida tibbiy qollanmalar tavsiya etgani maʼqul. Maktabda esa psixolog yoki sinf rahbari (oʻqituvchilar) oʻz jinsi vakillari bilan alohida-alohida suhbat qurishi shart. Oʻtish davrida oʻsmir yigit-qizlar oʻz organizmida kechayotgan jarayonlar xususida ishongan va oʻziga yaqin olgan kattalardan kerakli yordam va maʼlumotni olmasalar ularga koʻchadagi begonalar yordam qoʻlini choʻzadi. Ammo bu "begʻaraz yordamchilar" baʼzan oʻsmirlarni tezroq kattalar olamiga oshno etish uchun sigaretalar, baʼzan undanham battari - nasha kabi miyani zaharlovchi, xumor qiluvchi vositalardan foydalanishlari mumkin. Oʻz vaqtida farzandiga eʼtibor bergan ota-ona uni koʻchaning yomon taʼsiridan asrab qolishi mumkin.

Kashandalik - irodasizlikning oqibati

Tamaki barglari quritilgach esa ushbu radioaktiv moddaning zichligi yanada oshadi. Chekuv­chining bronx va oʻpkasi, buyrak hamda jigarida poloniy — 210 radioaktiv moddasi asta-sekin toʻplanib boradi. Bu esa oʻz navbatida saraton kasalligi rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Kashandalik - irodasizlikning oqibati
Kashandalik - irodasizlikning oqibati

Birgina tamaki tutuni tarkibida is gazi, sianid (sinil) kislota, azot oksidi, aseton, asetalaldegid, akrolein, benzin, nitrobenzol, gidrazin (diamid) kabi qatorzaharli moddalar mavjud. Yopiq xonada chekuvchilar bilan hamroh boʻlgan sogʻlomodam ham 80 foiz sigaret tutuni bilan toʻyingan havodan nafas oladi va zararli moddalar uning ham organizmiga yuqori nafas yoʻllari orqali kiradi. Bunday kashandalar bilan yonma-yon ishlovchi yoki yashovchi odamlar ham passiv chekuvchilar hisoblanishadi.

Kashandalik - irodasizlikning oqibati

Oʻsmir yigitlar (va qizlar!) ayni "oʻtish davri"da organizmi jadal faoliyat yuritayotgan va unga koʻproq nikotin emas, balki meva-sabzavotlar isteʼmol qilish zarurligini bilarmikan? Ochiq havodagi sayr, sport bilan shugʻullanish, oʻz vaqtida uxlash, oqilona ovqatlanish, kun tartibiga qatʼiy amal qilish salomatlik garovidir. Sogʻlom inson esa uzoq umrkoʻradi. Oilasi va yaqinlari koriga yarab hamda jamiyat taraqqiyoti, ona Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qoʻshadi.

Kashandalik - irodasizlikning oqibati
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar