Dunyodagi eng zoʻr texnika namunalari

Shells prelude - dunyodagi eng katta kema. Gazni qaytadan ishlovchi ushbu kema okean tubidan tabiiy gaz olib, uni neft tankerlari uchun qayta ishlaydi. Ushbu ulkan fabrika 3,9 million tonna gazniushlab turish imkoniyatiga ega. Bahaybat kema asosan Hind okeanining Avstraliya gʻarbiy qirgʻoqlarida ish olib boradi. Ushbu hudud oʻzining kuchli siklonlari bilan mashhur va “Siklonlar alleyasi” nomini olgan. Kema esa turli ob-havosharoitlari va yilning istalgan paytida ishlay oladigan qilib qurilgan. Bunday imkoniyatni unga shvartovka qilish vazifasini bajaruvchi katta tizimli va 930 metrli minora taqdim etadi, uning ostidagi 3 ta tros toʻplami esa suv ichida harakatlanadi. Bunday tizim kemaning shamol yoʻnalishiga qarab va toʻlqinlarga qarshi holda burilishi uchun koʻmaklashadi. Shuningdek, yomon ob-havo sharoiti paytida kemaga har biri 6700 ot kuchiga ega 3 ta dvigatel ham yordam beradi.

Bertha– tonnel qazish uchun moʻljallangan eng katta mashina boʻlib, u Sietlning shimoliy va janubiy qismlarini bogʻlovchi 2,9 kilometrli tonnelni tamomladi.Uning oʻlchamlari 76x16 metr, vazni esa 6350 tonnaga teng. Mashina Yaponiyadan Sietlga mayda boʻlaklar koʻrinishida olib kelingan va shu yerda yagona kompleks holiga keltirilgan. Kompleksning aylanadigan qismi turli gruntlar uchun moʻljallangan 260 ta maxsus detallar bilan jihozlangan. Uning quvvati 25000 ot kuchiga ega boʻlib, bu mashinaning kuniga 10 metr yoʻl bosib oʻtishi uchun imkon beradi.

Bagger 288- dunyodagi eng katta mashina. Bir qarashda bunday kattalikdagi ekskavatorlarning aslo keragi yoʻqdek, ammo, barchasi ham siz oʻylagandek emas! Sababi Bagger 288 foydali qazilmalarni juda yaxshi tarzda, muhimi tezlik bilantopa oladi. Mazkur mashina tosh koʻmir qazish uchun ayni muddao, boisi u katta chuqurliklarga ham joylashishi mumkin. Agar buning uchun oddiy texnikadan foydalanilsa vazifani bajarish muddati bir necha oygacha choʻzilib ketadi. Bagger 288 esa oʻz ishini sanoqli kunlar ichida tugatadi va uning harajatlari bir necha yuzlab kichik texnikalardan koʻra arzonroq ham tushadi.
Mashinaning vazni 13500 tonna, uzunligi 240 metrga teng. Uning birgina strelasi uzunligi 200 metr, balandligi 750 metr va eni 46 metrni tashkil etadi. Strela uchida ulkan kovshli routerlar joylashgan boʻlib, uning kattaligini 7 qavatli uy bilan taqqoslasa boʻladi. Mashina kovshlarining har biri 6x6 kub keladi va aynan ular sabab Bagger 288 futbol stadioni bilan teng keladigan maydonni bir kun ichida toʻldira oladi.

NASA mutaxassislari ulkan raketa va yoʻldoshlarni tashish uchun moʻljallangan gusenitsali mashinani sinovdan oʻtkazishni boshladilar. Ushbu mashina har birining quvvati 2200 ot kuchiga teng boʻlgan ikki dona 60 ta silindrli dizel dvigateli bilan harakatlanadi. 2750 ot kuchiga ega yana ikkita dvigatel esa elektrik tizim va gidravlik nasoslarini taʼminlab turish uchun yordam beradi. Dizel yoqilgʻisining zahirasi 80930 litrni tashkil etadi va yoʻlning har 10 metri uchun 3 litr yoqilgʻi sarflanadi. Transportyor uzunligi 40 metr boʻlib, soatiga 3,20 kilometrgacha harakatlanishi mumkin. Mashina ustiga yuk ortilganda esa maksimal tezlik soatiga 1,10 kilometrdan oshmaydi.

Toshlar va marmarga ishlov beruvchi robotni yaratish gʻoyasi yuqori texnologiyali mashinalar hisobiga ish vaqtini qisqartirish maqsadida oʻylab topilgan. Mazkur mashinalar foydalanishda oddiy ekanligi, montaj tezligi va kichik texnologik jihozlardan arzonroq ekani bilan ajralib turadi. Ushbu ixtiro yordamida beton, shisha, uglerod toʻqimalari, cherepitsa, gʻisht, taxta va smolaga osongina ishlov berish mumkin. Mahsulotlar bir-biridan ekspluatsion sifatlari, kuchi va ogʻirligi bilan farq qiluvchi 4 modelga boʻlinadi.

Ushbu ulkan mashina insonlarga koʻpriklar qurishga yordam beradi. U oʻz zimmasiga avvaldan oʻrnatilgan tirgaklar ustida tayyor segmentlarlarni olib yurish, oʻrnatish va mustahkamlash kabi vazifalarni oladi. Shuni aytish kerakki, bunday mashina bilan koʻprik qurish jarayoni qoʻl mehnatini ham talab etadi, ammo uning miqdori va ogʻirligi oʻtgan asrda ishlatilgan texnologik vositalarga nisbatan yengilroqdir. Vazni 980 tonna keladigan SLJ 900 har birining ogʻirligi 800 dan 950 tonnagacha boʻlgan 1000 ta koʻprik detallarini joylashtira oladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



