Kalendardagi oy nomlarining kelib chiqishi va ularning maʼnolarini bilasizmi?

Qadimgi Rimda quyosh kalendari ishlab chiqilgan, undaoylarga Rim ilohlari, imperatorlari va sonlarning nomi berilgan. Shunisi hameʼtiborliki, kalendar u davrda ham oʻn ikki oydan iborat boʻlgan, faqat yilSharq kalendarlari kabi Mart oyidan boshlangan.

Mart (lot. Martius) Qadimgi Rim urush ilohi – Mars nomi bilan atalgan. Qadimgi Rimliklar bu ilohga qattiq eʼtiqod qilganlar. Ular chamasi bahor kelishiga harbiy yurishlarni rejalashtirganlar, shuning uchun ham bahorning va yilning birinchi oyini Mars ilohining nomi bilan ataganlar.

Aprel oyining nomi lotincha “Aprilis” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “ochilmoq” maʼnosini beradi. Bu oyda daraxtlardagi kurtaklar ochilgan. Aprel soʻzining kelib chiqishining boshqa variati ham bor, yaʼni lotincha “apricus” – “quyosh iliqligi” soʻzidan ham kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Ikkala variantning ham maʼnosi deyarli bir xil.

May oyining nomi Rimliklarning bahor ilohasi Maya (Majus) sharafiga qoʻyilgan. Rimliklar Mayani italiyaliklarning moʻl-hosillik ilohasi Mayestoga tenglashtirar edilar. Bu oyda mazkur ilohaga atab turli xil qurbonliklar keltirar edilar.

Iyun (Junius) – Yunona ilohasining sharafiga qoʻyilgan. Yunona rimliklarda ayollarning homiysi va Yupiter ilohining xotini hisoblangan. Yana bit taxmin boʻyicha, Iyun nomi birinchi Rim konsuli Yuniy Brut ismi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin.

Iyul oyi (Julius) – mashhur sarkarda va siyosatchi Yuliy Ssezar nomi bilan atalgan. Kalendarni qayta isloh qilish gʻoyasi ham aynan unga tegishli. Ungacha esa bu oy “kvintilis”, yaʼni “beshinchi” deb atalib kelingan.

Avgust (Augustus) oyi kalendarga oʻzgartirishlar kiritgan Imperator Avgust sharafiga qoʻyilgan. Bungacha bu oy “Sextilis”, yaʼni “Oltinchi” deb nomlanib kelingan.

Bu yerda hammasi tushunarli. Mazkur oylar shunchaki kalendardagi oʻzining tartib raqami bilan atalgan.
Sentaybr lotincha “septem” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “yettinchi” maʼnosini bildiradi.
Oktyabr lotincha “octo” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “sakkizinchi”, degan maʼnoni beradi.
Noyabr lotincha “novem” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “toʻqqizinchi”, degan maʼnoni bildiradi.
Dekabr lotincha “decem” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “oʻninchi” degan maʼnoni bildiradi.
Kalendardagi oylarni koʻpgina nufuzli shaxslar oʻz nomlari bilan atashga urunishlari koʻp boʻlgan. Baʼzi imperatorlar nomlarini abadiylashtirish maqsadida kalendardagi oylarni oʻz nomlari bilan nomlamoqchi boʻlganlar. Bir paytlar Tiberius, Antonius va boshqa shu kabi oy nomlari mavjud boʻlib kelgan, biroq keyinchalik oʻzgarib ketgan.

Yanvar (Yanuarius) Qadimgi Rim ilohi Yanus sharafiga qoʻyilgan. Yanus ilohi barcha yangi ishlar va tashabbuskorliklarning, oʻtmish hamda kelajakni birlashtiruvchi, kirish va chiqishlarni qoʻriqlovchi iloh hisoblanar edi. Yanus shuningdek, yoʻllarni va yoʻlovchilarni asrovchi iloh, deb ham hisoblanar edi.Italiyalik dengizchilar odamlarga ilk kemalarni aynan shu iloh oʻrgatgan, deb unga eʼtiqod qilib kelganlar.

Fevral (Februarius) lotincha “Februaʼ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “tozalanish bayrami” maʼnosini beradi. Aynan shu oyda qadimda tozalanish, gunohlardan poklanish” marosimlari oʻtkazilgan. Baʼzi tarixchi olimlar Fevral oyning nomini yer osti saltanatining ilohi Februus nomi bilan ham bogʻlaydilar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



