Foydali

Nima uchun xitoyliklar issiq kunda qaynoq suv ichishadi?

Nima uchun xitoyliklar issiq kunda qaynoq suv ichishadi?

Xitoyliklar issiq va jazirama sharoitlarda ham iliq hamda qaynoq ichimliklar isteʼmol qilishadi. Bu mamalakatda koʻp asrlar avvaldan shakllangan anʼana boʻlib,bugungi kunga qadar oʻzining ahamiyatini yoʻqotmagan. Uzoq umr koʻrish borasidagi koʻrsatkichlar va mustahkam salomatlik ushbu usulning haqiqatan ham ish berishi mumkinligini anglatadi.

Nima uchun xitoyliklar issiq kunda qaynoq suv ichishadi?

Xitoyning koʻplab ofislarida kulerlar oʻrniga suv qizdirish moslamalarini koʻrishingiz mumkin. Bu yerliklar issiq kunlarda ham kichik germetik termoslaridan ayrilishmaydi. Bolalarga ham yoshligidan issiq suv ichishni oʻrgatishadi. Maktab oʻquvchilari esa ota-onalari tomonidan olib berilgan mitti termoslarisiz uylarini tark etishmaydi. 

Nima uchun xitoyliklar issiq kunda qaynoq suv ichishadi?

Xitoy tibbiyoti teoriyasiga koʻra, bunday isteʼmol 40 yoshdan oshganlar uchun ham juda foydali.U metabolizmni tezlashtiradi, ovqat hazm qilishni normallashtiradi va immunitetni koʻtaradi. Issiq va iliq suv ichishga odatlanganlar tengdoshlariga nisbatan yoshroq koʻrinadilar va kamdan-kam hollardagina kasal boʻladilar. 

Nima uchun xitoyliklar issiq kunda qaynoq suv ichishadi?

Ularning aytishlaricha, haddan tashqari muzdek suv organizm uchun stress holatinikeltirib chiqaradi. Bundan tashqari Xitoy shifokorlari muzdek ichimliklar tish emalini zararlashi haqida ham aytib oʻtganlar. 

Nima uchun xitoyliklar issiq kunda qaynoq suv ichishadi?

*tanani toksi nva shlaklardan halos qiladi;

*ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi;

*buyrakni va oʻtqopini qumdan tozalaydi;

*qon sirkulyatsiyasini tezlashtiradi;

*bosh vamushaklar ogʻrigʻini yengillashtirib beradi;

*psoriaz,osteoxondroz va ateroskleroz alomatlarini kamaytiradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar