Evelina Xromchenkodan uslub darslari

Evelina Xromchenko - mashhur teleboshlovchi, yozuvchi va moda eksperti. U 13 yil davomida mashhur moda jurnalini boshqarib kelgan.

1. Etiklar qanday boʻlsa, hayot ham shunday.

Koʻp yillik tajriba va professional bilim orqali ushbu ayol boshqalarga ham oʻz uslubini topish va munosib qiyofa yaratish borasida yordam berib keladi.

2. Xudo bizga tejamkorlikni ishga solish uchun didni bergan.

3. Shimlar yoki mukammal, yoki hech qanday boʻladi. Mukammal shimlar oyoqlarni uzunlashtirib, boʻksani kichikroq koʻrsatadi.

4. Qiz bola poshnali poyabzalga oʻtdimi - uning shaxsiy hayotida baxtli voqea sodir boʻladi. Bu qonun.

5. Erkak kishi sizga pand berishi mumkin, koʻzgu - hech qachon. Sizda oʻz boʻy-bastingizni toʻliq koʻrsatadigan koʻzgu boʻlishi kerak.

6. Dumaloq yuzga dumaloq, toʻrtburchak yuzga toʻrtburchak koʻzoynak taqish yaramaydi.yuzning qirrali chiziqlari koʻzoynak gardishining aylana shakli bilan yaxshi kelishadi.

7. Sumkasiz ayol - shubhali shaxsdir. Asos shunday: oqshom uchun klatch, oʻrta kattalikdagi zanjirli sumkacha, ikkita tutqichli katta sumka.

8. Mukammal tufli - teri rangidagi lodochka va qora poshnali tuflidir.

9. Suratga tushishning asosiy siri - koʻzlar hech narsani aks ettirmasligidadir. Oʻzingiz istagan nigohni tasvirlash uchun koʻz oldingizga oq devorni keltiring.

10. Modaning asosiy vazifasi - individuallikka urgʻu berishdir.

11. Har qanday libos insonning haqida uning oʻzidan koʻproq narsa aytib berishi mumkin.

12. Pardoz qilish uchun vaqtingiz boʻlmasa quyoshdan himoyalovchi koʻzoynak taqing yoki boshga roʻmol oʻrab oling.

13. Oqshom obrazi uchun yagona bir qoida bor: unda yoki koʻylak tovlanib turishi kerak, yoki aksessuarlar.
14. Muvaffaqiyat siri - oddiy yechimlarda. Of kofta, qora shim, chiroyli roʻmol yoki sharf - mana shu betakror did asosidir.
●
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



