Eyfel minorasi haqida bilasizmi?

Parij ramzi hisoblanadigan Eyfel minorasi 1887-yilning yanvar oyida qurila boshlagan boʻlsa, 1889-yil 30-martida yakunlangan. Minora qurilishiga koʻplab fransuzlar qarshilik koʻrsatishgan. Ular 300 metrlik "temir majruh" shahar koʻrkini buzib turadi deb hisoblashgan.

Maʼlumotlarga koʻra 300 yozuvchi va rassomlar munitsipalitet nomiga konstruktsiyani "foydasiz va koʻrimsiz" taʼriflab raddiyalar yozganlar.
Ulkanbunyodkorlik ishlarida 300 nafar ishchi kuchidan foydalanilgan.

Shakllarning har biri aniq, xavfsiz va chidamli boʻlishi uchun 12 mingta metall detallar ishlatildi.
Inshoatni tiklash va boshqa xizmatlar uchun 7,8 million frank sarflangan.
Minora mashhur arxitektor Gustavo Eyfelning nomiga shunday nomlangan.

Eyfel yon koʻprigi qarshisidagi Mars maydonida qad tiklagan.
Minoraga oʻrnatilgan dastlabki ikki lift gidravik nasoslar yordamida ishlatilgandi. Ammo ulardan qish faslida foydalanib boʻlmas edi.
Liftga chiqishdan qoʻrqadiganlar 1792 ta zinadan hatlab minoraga chiqishlari mumkin.

Eyfelning xavfsizligidan xavotirlanmasa ham boʻladi. U eng kuchli boʻron (180 km/soat)turgan taqdirda ham 18 santimetrgacha tebranishi mumkin xolos.
Bino foydalanish uchun topshirilgandan boshlab 6 oy ichida 2 million tomoshabinni oʻziga jalb qilgan.

Dastlab Eyfel bilan tuzilgan shartnomada minora 20 yil qad rostlab turishi, keyin esa buzib tashlanishi koʻzda tutilgan edi.
Binoning balandligi 324 metr, ogʻirligi esa 10100 tonnani tashkil qiladi.

Minora kunduz kuni oʻz rangida: uzoqdan qop-qora, yaqinlashgan saringiz, shunchaki eskirgan temirlar majmuasi.
Tunda oltindek sap-sariq yonadi. Vaqti-vaqti bilan chiroqlar butun minora boʻylab raqsga tushadi. Lift birinchi, ikkinchi qavatlar va minora uchigacha koʻtariladi. Chipta narxi ham shunga qarab belgilanadi. Parijni Eyfelning yuqorisidan tomosha qilmoqchi boʻlsangiz 16 evro toʻlaysiz.

Liftga 30kishi sigʻadi. Minoraga navbatsiz kirish faqat internet orqali oldindan buking qilganlarga nasib etadi. Birinchi qavatda restoranlar joylashgan. Minora "toji"da aylanma zinapoyalar bilan yuqoriga koʻtarilsangiz, arxitektor Eyfelning maxsus kabinetini koʻrasiz. Eyfel sharafiga minoraning chap oyogʻi ostida haykal oʻrnatilgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



