Urfdan qolmaydigan liboslar 5taligi

Jinsini qanday narxda sotib olishingizdan qatʼi nazar, uzoq vaqt hizmat qilishi tahsinga sazovor. Shuningdek, u har qanday uslubga xos libos va aksessuarlar bilan aʼlo darajada uygʻunlashadi.

Ushbu modelni allaqachon klassik liboslar qatoriga kirgan deyish mumkin. Tizzagacha uzunlikdagi va orqa tomonidan kichik yirmoch (razrez) bilan ishlangan yubka muhim tadbirlar chogʻida ham ishbilarmon ayol koʻrinishini berib turadi.

Xarid chogʻida ishonchingiz komil boʻlsin, pulni havoga sovurayotganingiz yoʻq. Sababi, oq bluzani turli uslublarga hos yubka, shim va jinsi bilan uygʻunlashtirish imkoni mavjud.

Qomatga urgʻu beruvchi bejirim plash salqin kunlarda ham zamonaviy koʻrinish yaratishingizga yordam beradi.

Charm sumka borasida tejamkorlik qilmagan maʼqul. Sababi sifatli sumka sizga yillar davomida beminnat hizmat qiladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



