Foydali

Sira urfdan chiqmas sharf va roʻmollar. U qanday tanlanadi va nimalarga mos tushadi?

Sira urfdan chiqmas sharf va roʻmollar. U qanday tanlanadi va nimalarga mos tushadi?

Xaqiqatdan ham sharf tanlashdagi eng asosiy omil - mato sifati. Masalan ipak – silliq va yaltiroq koʻrinishga ega boʻlib, oʻzga matolardan ajralib turadi. 

Sira urfdan chiqmas sharf va roʻmollar. U qanday tanlanadi va nimalarga mos tushadi?

Viskozadan tayyorlangan sharf va roʻmollarni esa aʼlo darajada bezatish mumkin. Mato tanlashda eng muhimi – u teriga zarar yetkazmasligi, chiroyli koʻrinishga ega boʻlishi va choʻzilib ketmasligi lozim.

Sira urfdan chiqmas sharf va roʻmollar. U qanday tanlanadi va nimalarga mos tushadi?

Sharf tanlash borasida kashemir, ipak, shifon, krepdeshin, duxoba, sherst (jun gazlama) va viskoza matolariga alohida eʼtibor qarating. Sintetik matolardan tayyorlangan roʻmollarni ham koʻzdan kechiring. Bugungi kunda mashxur dizaynerlar tomonidan yaratilgan kolleksiyalarda sintetik matolar ahamiyati tobora ortib, zamonaviy texnologiyalar undan aʼlo darajadagi sharf tayyorlash imkonini bermoqda.

Sira urfdan chiqmas sharf va roʻmollar. U qanday tanlanadi va nimalarga mos tushadi?

Sharf tanlash jarayonida uni garderobingizdagi biror kostyum bilan birga tasavvur qiling.Yengil matodan tayyorangan liboslar harir sharflarni talab qilsa, qalinroq ust-bosh oʻziga oʻxshash qalin matodan tayyorlangan sharf bilan mos tushadi.Yupqa shifon sharf sherst mato bilan mos tushmaydi, u zigʻir matosidan tayyorlangan yozgi liboslarga uygʻun.

Sira urfdan chiqmas sharf va roʻmollar. U qanday tanlanadi va nimalarga mos tushadi?

Agar maʼlum bir libos uchun sharf sotib olmoqchi boʻlsangiz, xaridga otlanayotganingizda aynan shu libosni kiyib chiqing. Sotib olish jarayonida esa sharfni turli usullar bilan oʻrab koʻring. Agar sharf juda dagʻal yoki oʻta yumshoq boʻlsa, uni sotib olmaganingiz maʼqul.

Sira urfdan chiqmas sharf va roʻmollar. U qanday tanlanadi va nimalarga mos tushadi?

Neytral rangdagi liboslar uchun yorqin rangli sharf tanlanishi lozim. Amma unutmang, sharf teringiz rangiga ham mos tushishi kerak. 

Sira urfdan chiqmas sharf va roʻmollar. U qanday tanlanadi va nimalarga mos tushadi?

Tantanalar uchun tilla yoki kumushrang ip va yaltiroq kukun bilan ishlov berilgan sharflar tanlagani yaxshi. Bunday sharf bilan oddiygina qora libos ham ajoyib koʻrinadi. Sharfning eni ham muhim ahamiyatga ega. Boʻyni uzun qizlar enli sharf tanlaganlari maʼqul. Boʻyni qisqaroq qizlar esa ensiz sharf tanlasalar nur ustiga aʼlo nur. Toʻladan kelgan honimlar yupqa sharf tanlasalar ajoyib koʻrinishga ega boʻladilar.

Sira urfdan chiqmas sharf va roʻmollar. U qanday tanlanadi va nimalarga mos tushadi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar