Qiziqarli

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Balki ushbu satrlar orqali oʻz xarakteringiz aksini koʻrgandek boʻlarsiz?

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Sichqon muchali (1924, 1936, 1948, 1960, 1972, 1984, 1996, 2008)

Sichqon muchalida tugʻilganlar toʻgʻri soʻz, yumshoq tabiatli boʻlishadi. Ular omadli boʻlib oʻz kuch va imkoniyatlaridan foydalana olishadi. Atrofdagilar ularni baxtli insonlar deb hisoblashadi, ammo oʻzlari bufikrga qoʻshilmaydi. Gap shundaki sichqonlar koʻp mehnat qilishadi, bir parcha nonni ham peshona teri bilan topishadi. Ular chaqqon, usta ammo oʻta hissiyotga beriluvchan boʻlib, muvaffaqiyatsizliklardan qattiq aziyat chekishadi. Bu esa, oʻz navbatida, sogʻliqlariga salbiy taʼsir etib, jiddiy xastaliklarga sababboʻlishi mumkin. Ularning asosiy tashvishi – ishda muvaffaqiyat qozonish, oilasini mustahkamlash.

Ammo, toʻgʻrisini aytganda, ular hamisha ham qilgan mehnatlariga yarasha muvaffaqiyatga erishavermaydilar. Sichqonlar doimo huddi poezdga kechikishdan choʻchigan yoʻlovchidek shoshib yashaydi. Ular oʻz byudjetlarini puhta rejalashtirishga xarakat qilishadi. Maqsadlari – kelajakda qiynalib qolmaslik. Sogʻliqlarini asrashadi, jismoniy mehnatni sevishadi, mayda– chuyda gʻalabalardan ham quvonishni bilishadi.

Sichqon tevarak atrofdagi olamni,koʻrgan-kechirganlari, eshitganlarini anglashga, mushohada qilishga ancha-muncha ruhiy quvvat sarflaydi. Buni xisobga olib, jismonan va aqlan damolib turishi kerak. Har doim bir soat oʻtirib ishlaganidan soʻng 10 daqiqa tanaffus qilishi lozim. Imkoni boʻlsa, soat 14:00- 16:00 oraligʻida bir-bir yarim soat mizgʻib olsa, yanayam yaxshi. Shunda kechki payt oʻzini tetik va bardam his qiladi.

U doimo mayda chuydalarga eʼtibor berib yashaydi. Zero, katta baxt kichik shodliklardan tashkil topadi. Sichqon tabiatiga koʻra oʻziga xos, hatto jinday hudbinroq boʻladi. Ammo bu meʼyordagi hudbinlik. Chunki, birinchidan, ana shunday hudbinligi tufayli u oʻz kuch va imkoniyatlariga tayanib jismonan va maʼnan komillikka intiladi. Ikkinchidan, mustaqil ravishda ter toʻkib ishlashi tufayli oʻzining boshqalardan ustunligini isbotlaydi.Garchi bunga baʼzan muvaffaq boʻla olmasa ham, ammo oʻzligini namoyon etishi borasida ajoyib natijalarga erishadi. Shu oʻrinda, insof yuzasidan bir xaqiqatni qayd etib oʻtish joiz. Yaʼni sichqonning ijodiy kuch quvvatga toʻlib toshishiga nafaqat qatʼiy intizomga boʻysundirilgan turmush tarzi, balki, shu bilan bir qatorda, boshqa jins vakillari bilan oʻzaro muloqotlari ham muhimomil boʻladi.

Anatomo- fiziologik jihatdan ayol sichqonga hoʻkiz, quyon, ajdaho, ot, qoʻy, maymun, xoʻroz, toʻngiz muchali ostida tugʻilgan erkaklar yoqadi. Erkak sichqon esa ajdaho, maymun, sichqon, baʼzan esa qoʻy,toʻngʻiz, quyon, xoʻkiz muchalida tavallud topgan ayollarni yoqtiradi. Ammo bu yuqoridagi muchal sohiblarining hammasi ham sichqonni sevib qoladi degani emas.Axir , hayotda baʼzan javobsiz muhabbatlar ham uchraydi-ku.

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Hoʻkiz muchali (1925, 1937, 1949, 1961, 1973, 1985, 1997, 2009)

Bu muchal sichqonning aksi. Tabiatan vazmin,sabr-toqatli, faol, harakatchan. Birvarakayiga bir necha ishni bajarishga ulguradi. Masalan, bir vaqtning oʻzida oʻqiydi, yozadi, ovqatlanadi va televizor tomosha qiladi. Yoʻl-yoʻlakay siz bilan ob-havo, narx-navo haqidagaplashishi mumkin. Voqea hodisalarga baho berishga shoshmaydi. Biror masalani hal etish chogʻida bir necha variant hayolidan oʻtkazib, nazarida eng maqbulinitanlaydi. Oʻzi ishonch hosil qilgandan keyingina aniq qarorga keladi. Baxslashishni sevadi. Ammo siyosat haqida emas, turmush tashvishlari haqida baxslashishni maʼqul koʻradi. Odatda, mustahkam sogʻliqqa ega boʻladi, kamdan-kam hollarda xastalikka chalinadi. Oʻziga qarama-qarshi jins vakillari orasida obroʻ-etiborga ega boʻladi. Oʻziga hos kiyinadi. Chaqqon, uzoq vaqt bir joyda oʻtirishni, zerikarli mehnatni yoqtirmaydi.

Ushbu muchal sohibi oʻz tamoyillariga, odatlariga amal qilib, hayotdan zavq olib yashashga harakat qiladi. Tejamkorlikni yoqtirmaydi.Pul toʻplasa olib sotardan qimmat narxga keaksiz lash-lushlarni sotib olishimumkin. Bundan afsua ham chekmaydi. Muhimi, bundan oʻzi hursand boʻlsa bas.Ishga, doʻstlarnikiga, mehmondorchilikka yangi kiyim kiyib borishni yaxshi koʻradi. Uning nazarida, xayot shundoq ham noxaqliklarga, koʻngilsizliklarga toʻla, shunday ekan, arzimas narsalardan kayfiyatni buzishga ne hojat. U maza qilib yashash, tabiat qoʻynida, restoranlarda, doʻstlar davrasida miriqib dam olish kerak deb hisoblaydi. Xorijga chiqib ishlash niyatidaligini yashirmaydi. Shunga qaramay, u ona yurtini chin dildan sevadi. Aniq, foydali ish bilan shugʻillanishni hohlaydi. Bunday ishga hayotini bagʻishlashga ham tayyor. Faqat mehnatiga yarasha haq toʻlansa bas. Pul topgandan keyin hohlagan narsasini sotib olishga haqlida. Bu muchaldagilar toʻrt devorning ichida oʻtirishni yomon koʻradi. Sayr sayohat yangi tanishlar orttirish jon-u dili. Oʻta harakatchan, gʻayrat va shijoatli. Shunday ekan kasb kori ham faol harakat bilan boʻgʻliq boʻlishi kerak. Muhandislik (qurilish, kemasozlik sohalaridan tashqari), matematiklik, kimyogarlik, fiziklik, kibernetiklik, astonomlik, jurnalistlik, yozuvchilik,professional sportchilik uning uchun mos kasblar sirasiga kiradi. Ayniqsa parashyut sporti, uchuvchilik va texnik sport turlari tabiatiga toʻgʻrikeladi. Odamlar bilan muloqot bobida nima deyish mumkin?

U suhbat chogʻida oʻzini erkin his qilishni yoqtiradi. Jufti unga yoqishga harakat qilishi kerak. Bu – yurish turish, kiyinish, oʻziga oro berishda erning talablarini, hohish istaklarini bilishi kerak degani.

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Yoʻlbars muchali (1926, 1938, 1950, 1962, 1974, 1986, 1998, 2010)

Mazkur muchal vakili – omadli, fahm- farosatli inson.U mulohazakor, boshqalarni chuqur tushunadi, xis etadi. Oʻz tamoyillariga sodiq, yuz berayotgan hodisalarni har tomonlama chuqur tahlil qiladi.Dunyoqarashi keng, har narsaning mohiyatiga yetib boradi. U zukko olimʼ mohir shifokor, ajoyib muhandis boʻlishi mumkin. Namunali hodim, odamlarga gʻamhoʻr, oilaparvar inson. Anni paytda uning oʻziga yarasha feʼl- atvori bor. Oʻzining hayot tarzini yoqtiradi.

Xonadonda oʻz xonasiga, hech boʻlmasa oʻziga tegishli burchakka ega boʻlishi kerak. Toki shu maʼnoda alohida oromkursisi, stol-stuli boʻlsin, oʻzi istaganday ishlab, oʻzi istaganday dam ola bilsin. Stoli ustida gul boʻlsa, yanayam yaxshi, asablariga orom bagʻishlaydi, diqqatini jamlashga yordam beradi.

U kamgap, odamovi. Sayru sayohatni uncha hushlamaydi. Esingizda boʻlsin, u sekin harakat qilad, ammo dangasa emas. Uni ayblay koʻrmang, xaqoratlashni-ku hayolingizga keltirmang. Balki u bu qilmishingizga darhol munosib javob qaytarmas, ammo bir umirga hafa boʻlishi mumkin. Jahli chiqsa talashib qolishi ham hech gap emas. U bilan til topishishga harakat qilish kerak. Ochiq gapirsangiz, yotigʻI bilan tushuntirsangiz u sizni tushunadi. Uydirma, boʻxton, gʻiybatlardan gap ochmang, bundan nafratlanadi.

Yoʻlbars muchalida tugʻilganlardan iqtidorli olimlar, biologlar, fiziologlar, ixtiologlar, ekologlar, qishloq hoʻjaligi mutahassislari yetishib chiqadi.

U hulosa chiqarishga shoshmaydi, ammo har qandayholatda ham, odatda toʻgʻri qaror qabul qiladi. Yuz bergan voqeani, koʻrgan odamini asta-sekin baxolab boradi. Ammo buni yuz koʻzidan, gap – soʻzidan sezdirmaydi. Oromini buzishi mumkin boʻlgan har narsani erinmasdan, batafsil tahlil qiladi.

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Quyon muchali (1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011)

Ushbu muchalda tavallud topganlar juda jiddiyatli shaxslardir. Bir tomondan, ular oʻta mehnatkash, ishchan, qatʼiyatli. Ikkinchi tomondan, jahldor, qiziqqon, baʼzan hatto qoʻpol. Hokimiyat sari qatʼiy intilishadi, oʻzlarini doʻstlari, qarindoshlari, atrofdagilar hurmat qilishlarini hohlaydi. Ammo aytarli natijaga erisholmaydilar. Qaytanga sogʻliqlariga ziyon yetkazishi mumkin. Quyon burji vakillari oʻz mehnatlari tufayli farovon turmush kechirishadi. Bu yurish turishlarda, yeb ichishlarda, kiyinishlarda, hovli- joylarida koʻzga tashlanadi. Buni qoʻshnilari ham payqaydi, ularni boy-badavlat deb hisoblashadi. Oʻta talabchanliklari tufayli oilaviy nizolar kelib chiqadi. Buning ustiga, oila azolariga hamisha hamhushmuomila boʻlavermaydilar. Yana bir zaif tomoni – muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, tezda ichkilikka ruju qoʻyadilar. Quyonlarni omilkorsan, ishchansan, kuchlisan deb tez-tez maqtab turing. Bu juda foydali. Qolaversa, kishining oʻziga hos tomonini topib maqtasangiz, unga kuch bagʻishlaydi. Endi ushbu muchal sohiblarining kasb-kori hususida toʻxtalsak. Ulardan yaxshi muhandis, sportchi, aniq fanlar vakillari yetishib chiqadi. Ayniqsa, mohir savdo xodimi, xarbiy hizmatchi, huquqni muhofaza qilish idorasi hodimi boʻlib yetishishadi. Xavf – xatarga yuzma yuz kelishni yoqtirgani bois professional kaskadyor, oʻtoʻchiruvchi boʻla olishadi. Faqat ularda ogʻir-bosiqlik va boshqalarga diqqat-eʼriborli boʻlish hususiyati yetishmaydi. Buni hamisha yodda tutishlariva odamlarga nisbatan eʼtiborli boʻlishga harakat qilishlari lozim.

 

 

 

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Ajdaho muchali (1928, 1940, 1952, 1964, 1976, 1988, 2000, 2012)

Uni eng qudratli muchal deb boʻlmaydi. Yoʻlbars va hoʻkiz kuch – quvvat borasida undan qolishmaydi. Ajdaho buni hisobga oladi va barcha imkoniyatlarini jamlab koʻrganidan keyingina ishni bitirish uchun jismoniy kuchini qoʻllaydi. Ushbu muchalda tugʻilgan shaxs hech bir ishni shoshma – shosharlik bilan amalga oshirmaydi. Avval chamalaydi, obdon oylaboladi, puxta reja tuzadi. Shundan keyingina ishga kirishadi. Rejasini ohiriga amalga oshirmagunicha tinchimaydi. Xavoyi maqtovlarga uchmaydi, ichkillikka ruju qoʻymaydi. Oʻz mehnatidan, kasb mahoratidan astoydil zavqlanadi. Xar bir ishni aniqlik bilan oʻziga xos tarzda bajaradi. Xarajatlarni, zarar u foydani, bajarilgan ishlarni hafsala bilan, erinmay hisobga olib boradi. Agar boshda koʻp harajat qilishga toʻgʻri kelsa, buning tez orada oʻrni toʻlishiga ishonmaydi. Shuning uchun rejasidan voz kechib qoʻyaqoladi. Yana yoʻllar qidiradi. Har qancha jismoniy va aqliy quvvat sarf qilishiga toʻgʻri kelsa ham,oʻz loyihasi arzonga tushishiga ishonadi. U raqibi oʻzidan kuchliligini bilsa, boʻlajak baxsga oldindan tayyorgarlik koʻradi yoki oʻz shaʼniga dogʻ tushirmaslik uchun muzokara, murosa yoʻliga oʻtishni maʼqul koʻradi. Kurashadigan boʻlsa ozini haqiqat yoʻlida kurashayotganiga ishontirib, oxirigacha harakat qiladi. Oʻzining mehnatsevarligi va ishga oʻziga hosyondashuvi bois moliyaviy masalalarni osongina hal etib, xayotida moddiyqiyinchilik nima ekanligini bilmaydi. Pulni, narsalarni qadrlaydi. Ayollarni yoqtiradi, ammo ularni oʻzlaridan harakat kutadi. Shuning uchun koʻpgina imkoniyatlarni qoʻldan chiqaradi. Jismonan kamol topishga intiladi, ekstrasenslarga, parapsixologlarga ishonmaydi.

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Ilon muchali (1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013)

Ular ustomon, ayyor boʻlib , oʻz imkoniyatlarini aniq xisobga olishadi. Atrofdagilarga uncha ishonishmaydi. Shuning uchun ham gapirishdan koʻra koʻproq eshitishni maʼqul koʻrishadi. Har qanday vaziyatda ham ishning asl mohiyatini tez anglab, kuch va vositalarni toʻgʻri, oqilona taqsimlaydi. Uni jismonan oʻta kuchli deb boʻlmaydi, ammo oʻz tanasinichiniqtirib borgani tufayli chayir, chidamli. Shoʻx – shodon davralarni,doʻstlari bilan muloqot qilishni sevsa-da, birovlardan maslahat soʻrashni yoqtirmaydi. Ular bugungi kun bilan yashaydi. Ertaga hudo poshsho deb hisoblashadi. Pulni qanday sarf qilishni yaxshi bilishadi. Ayollari latta-puttaga taqinchoqlarga oʻch boʻlishadi. Oʻz jozibalari bilan boshqalarni maftun etishadi. Ilon muchalida tugʻilganlar maqsad sari qatʼiyat bilan intilishga har kim ham havas qilsa arziydi. Ular – mohir tashkilotchi , usta tijoratchi. Ilonmuchali sohiblaridan ajoyib shifokorlar, adiblar, jurnalistlar, texnik mutaxassislar, xarbiy hizmatchilar yetishib chiqadi

 

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Ot muchali (1930, 1942,1954, 1966, 1978, 1990, 2002, 2014)

Muchallar orasida ot singari yoqimtoyi boʻlmasa kerak.  Ushbu muchal ostida tugʻilganlar ochiq yuzli, hushmuomala, raximdil boʻlishadi. Xammaga yordam berishga tayyor turishadi. Ularni oʻta oddiy , soda deb boʻlmaydi. Ammo voqealarni mohiyatini tezda anglab yetib, xamisha oqilona hulosa chiqaradi deyish ham notoʻgʻri. Ular kiyim- kechak, yeguliklarni tanlab oʻtirishmaydi. Zarur boʻlsa, chodirda, yertoʻlada, xarob kulbada ham yashay oladi. Uy yumushlarini omilkorlik bilan rejalashtira olishadi. Ot tabiatan rahmdil. Ammo uning shaxsiy manfaatiga hiyonaat qilguday boʻlsangiz, undan rahm-shafqat kutmang. Qilmishingizga yarasha javob berishingizga toʻgʻri keladi.U ajdodlarining , millatining, oʻzining shaʼnini, qadrini baland tutadi. Shuning uchun hech qachon shubxali bitimlar tuzmaydi. Goʻzal ayollarni, mashxur erkarlarni deb oʻz qadrini yerga urmaaydi. Ayniqsa avtomobillarga munosabati oʻzgacha. Shaxsiy avtomoshinaga ega boʻlishdan koʻra jamoat transportida yurishni afzal koʻradi. Mehnatsevarligi, omilkorligi uchun uni qarindoshlari,qoʻni- qoʻshnilari ham, kasbdoshlari ham hurmat qilishadi. Faqat unga biroz bamaylihotirlik, erkinlik, tavakkalchilik va qatiyatlilik yetishmaydi. Vaholanki aynan shu hususiyatlar tevarak- atrofni, muhabbatni, odamlarning ruhiy olamini his etishga yordam beradi.

 

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Qoʻy muchali (1931, 1943, 1955, 1967, 1979, 1991, 2003, 2015)

Qoʻy muchalida tugʻilganlar tabiatan kekchi emas, rahmdil, yomonlik va xatolarni kechirishga qodir. Faqat kechirishdan oldinkoʻnglidagi bor gapni raqibiga aytib, dardini yengillatib oladi. Shunday ekan, u bilan janjallashadigan boʻlsangiz, eshitadiganingizni eshitasiz. Yana bir xususiyati – hech qanday bitimga murosaga bormasligi.

Qoʻyning quvvati uzukun ishlashga yetib, yana ortib ham qoladi. Oʻzligini toʻliq namoyon etmasa ruhan eziladi. Birga ishlasangiz uning jismoniy va aqliy salohiyati naqadar kuchliligini his etasiz. U deyarli barcha sohalarda yetuk mutahassis boʻla olishi mumkin. Tibbiyot, texnika, fanlar shular sirasiga kiradi. Oʻziga tanish boʻlmagan odamlarni qiziqqon va injiqligi tufayli rom eta olmaydi. Sogʻligʻidan nolimaydi. Chiroyli bejirim kiyimlarni yoqtiradi. Xamisha hamma yerda yetakchilikka intiladi. Siyosat bilan shugʻullanadi, sportni sevadi, hamma unga boʻysunishini xohlaydi.

 

 

 

 

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Maymun muchali (1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016)

U ham qoʻy singari mehnatsevar, ammo yetakchilikka davo qilmaydi. Mansablar haqida orzu qilmaydi. Buguni tinch - osuda oʻtsa, ertadan koʻngli hotirjam boʻlsa bas. Hech qanday qiyinchilikdan qoʻrqmaydi. Har qanday mashaqqatli ishning ham uddasidan chiqadi, faqat hadeb bir hilishlayversa tez zerikadi. Uning koʻngli nozik, tez hafa boʻladi. Birovlarning soʻkinishiga, ustidan kulishiga toqati yoʻq. ishchanlik uning eng asosiy hususiyati. Shunga qaramay ishxonada koʻpincha uni tushunishmaydi. Maymun – gʻamhoʻr oʻrtoq, ajoyib hodim. Xoʻsh, unga qaysi kasblar mos keladi? Xayvonot va oʻsimliklar dunyosi bilan bogʻliq sohalar: biokimyo, anatomiya, genetikaga qobiliyaati bor. Rassomchilik, xaykaltaroshlik, badiiy adabiyot, pedogokika kabi ijodiy qobiliyatni talab etadigan sohalar bilan ham shugʻullana oladi.

 

 

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Tovuq muchali (1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005, 2017)

Ushbu muchal sohiblari oʻziga juda ishonishadi, faqat boqibegʻam. Asabi mustahkam, jismonan baquvvat. Uning uchun hayot bamisoli uchqur poezd. Xatti- harakatlarining oqibatlari haqida jiddiy oʻylab oʻtirmaydi. Shiori: “yuz beradigan har qanday hodisani hamisha yaxshilikka yoʻyish keraak!”

Xoʻroz texnik fanlar, matematika bilan shugʻillanishga moyil. Sport, tabobatga qobiliyati bor. Qishloq hoʻjaligini ham eplay oladi. Ishlab chiqarish, huquqni muhofaza qilish, xarbiy sohada ishlashga ham uquvlari yoʻq emas. U harakatchan, tasavvuri keng. Koʻp va hoʻp ish qilishga qodir. Faqat buning uchun uni ruhlantirib, ilhomlantirib turish kerak. Ortiqcha urinmasdan ancha muncha ishni doʻndira oladi. Afsuski baʼzan boshlagan ishini ohiriga yetkazmasligi mumkin. Birvarakayiga ancha ishni bajara oladi. Ammo ularni sifatli bajaradi deyishqiyin. Keng, yorugʻ zallarda ishlashni, xazillashishni, hammani diqqati markazida boʻlishni yoqtiradi. U soʻngi rusumda kiyinadi va tabassum qilib yuradi, boshqalarga gullar sovgʻa qiladi. Uni hamma sevadigandek tuyiladi.

 

 

 

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

It muchali (1922,1934, 1946 , 1958, 1970, 1982, 1994, 2006, 2018)

It muchalida tavallud topganlar ochiq yuzli, kirishimli boʻladi. Ular har qanday kishi bilan muloqotga kirishib ketaoladilar. Bunday toifadagi shaxslar tezorada har qanday davraning guliga aylanishadi, ulkan jamoalarda ham hurmat qozonishadi. Siyosat va iqtisodiyot masalalarini olasizmi, xullas, har qanday mavzuda ularning oʻzz fikri, puxtaqarashi, xatto bir juft tesha tegmagan latifasi bor. It muchalida tugʻilgan erkaklar oilaparvar boʻlishadi. Ayollar esa sarishta uy bekasi, farzandlarining mehribon onasidir. Ular sadoqatli doʻstdir. Samimiy, qadrdon oʻrtoq sifatida hato va kamchiliklaringizni kechirishadi. Xurmatingizni yoʻqotmay desangiz, xadeb xatoga yoʻl qoʻyavermang. Yana bir maslahat: xaqligingizni kuch yordamida isbotlashga urinmang. Aks holda, tizgingizni tortish yoʻlini topadi. Oqibatda oʻzizgiz noqulay ahvolda qolasiz. Xullas u bilan ahil- inoq yashang.

 

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Choʻchqa muchali (1923, 1935, 1947, 1959, 1971, 1983, 1995, 2007, 2019)

U ishbilarmonlar olamining haqiqiy vakili. Uni oʻta aqlli, oʻqimishli, xayotning mazmunini anglab yetgan deb boʻlmaydi. Lekin oʻz fikrini isbotlash uchun buyuk allomalarning fikr mulohazalarini tez-tez tilga oladi. Ortiqcha ehtiroslarga berilmaydi. Oʻz uyini ham, mahallasini ham, yurtini ham tartibga sola oladi. Diktatorlik hususiyatlari ham yoʻq emas. Qonun-qoidalarni hurmat qiladi, ularga qatʼiy rioya etadi. Oʻzining va oʻziga ishonib topshirilgan shaxslarning hayotini, shaʼnini himoya qila oladi. Raqibiga gap bilan ham, jismoniy kuch bilan ham zarba bera oladi.

Taʼkidlab oʻtganimizdek, uning asosiy hususiyati-ishbilarmonlik. Daromadni qisqa vaqt ichida hisob-kitob qiladi. Yangi istiqbolli, daromadli loyihalarni oʻylab topadi. Har qanday inqirozlarga chidamli tijorat dasturlarini tuzadi. Oʻz vaqtida zarur qarorlarni qabul qiladi. Ulardan mirishkor, fermer, ajoyib moliyachi, tijoratchi chiqadi. Xisobchilik, yuristlik, jurnalistlikni ham oʻrniga qoʻyadi. Texnika sohasining yetuk mutahassisi, mohir jarrih, professional sportchi boʻlib yetishadi.

 

Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling
Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling
Tugʻilgan yilingizga qarab xarakteringizni bilib oling

Mavzuga oid: Muchalingiz qaysi yil? · Test: qaysi daraxtni tanlaysiz? · Test: koʻz rangi nimani bildiradi

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar