Ulugʻ Vatan urushi haqidagi koʻzingizni yoshga toʻldiruvchi 15 fakt

Leningrad qamali paytida boshqa koʻplab hodisalardan farqli ravishda yirik ochlik, dahshatli epidemiyalar sodir boʻlmagan. Garchi shahardagi gigiena holati meʼyor tushunchalaridan anchagina past, vodoprovod suvi, kanalizatsiya va isitish tizimi mutlaqo ishlamagan boʻlsa ham!

Kareliya fronti urush paytida harbiy texnika vositalari va qurollar mamlakat ortiga taʼmirlashishlari uchun joʻnatilmagan yagona front hududi sanalgan. Taʼmirlash jarayoni maxsus qismlarda, shuningdek Kareliya va Murmansk oblasti korxonalarida olib borilgan.

1941 yilning 4 iyul kunidayoq Gitler shunday degan : “Men hamisha oʻzimni dushman oʻrniga qoʻyib koʻrishga harakat qilaman. U urushni deyarli bor berib boʻldi”.

Faqatgina mana shu frontda yuklarni tashish uchun bugʻular va itlar qoʻshilgan arava kabi transport vositalaridan foydalanilgan.

“Sovet maxsus boʻlinmasi”ning bobosi boʻlgan I. G. Starinovning hotirlashicha, Stalinning Moskva viloyatini qor sahrosiga aylantirish haqidagi buyrugʻi boʻlgan. Dushman bu yerga kelib haqiqiy qahratonga duchor boʻlishi kerak edi. Ushbu matn millionlab nusxalaкda alohida partizan rayonlariga tarqatib chiqilgan. U yerda shunday deb yozilgandi: “Nemisni ayozga qarab hayda!”

Buyuk Britaniya qiroli Stalingrad fuqarolariga tuhfa qilichi yuborib, uning qin qismiga rus va ingliz tilida quyidagi soʻzlarni oʻyib yozdirgan:
“Stanlingradning poʻlat kabi mustahkam fuqarolariga qirol Georg VI dan britan halqining chuqur tahsinlari belgisi sifatida”.
“Amerika Qoʻshma Shtatlari nomidan Stalingrad shahriga ushbu yorliqni yorqin himoyachilarning mardligi, jasurlik kuchi va fidokorligi uchun tahsin aytib berar ekanmiz, 1942 yilning 13 sentyabridan 1943 yilning 31yanvar sanasigacha boʻlgan qamaldagi jonbozlik barcha ozod insonlar qalbini ilhomlantiradi. Ularning dongdor gʻalabalari bosqin toʻlqinlarini toʻxtata oldi va agressiya kuchiga nisbatan millatlar uyushmasining inqilobiy urush punktiga aylandi. FranklinD. Ruzvelt. 17 may, 1944 yil. Vashington”.

I. V. Stalinning shaxsiy buyrugʻiga koʻra uning kiteliga maxsus xizmatdagi sapyor kuchuk Julbars olib kelingan boʻlib, u 7 mingdan ortiq minava 150 ta snaryadni aniqlagan va urush tugaguniga qadar jarohatlangan. Qarib qolganjonivor Markaziy maktabga eltib qoʻyilgan. U erda jonivorni juda qadrlagandar. Gʻalaba paradida esa minasizlantirish 37-batalon komandiri mayor Aleksandr Mazover shahdam qadamlar bilan kuchukni Oliy qoʻmondon tribunasi yonidan koʻtarib olib oʻtgan.

1941 yilning 13 iyulkuni Moldaviyaning Beltsy shahrida qurollarni oʻz rotasiga yetkazish payti piyoda askar 389 oʻqchilar polki, 176-oʻqchilar diviziyasi, 9 janubiy frontarmiya jangchisi D. R. Ovcharenko tasodifan dushmanning 50 nafar askar va ofitserlaridan iborat guruhi bilan toʻqnash kelib qoladi. Bunda dushman tomon uning vintovkasini olib ham qoʻyadi.Ammo askar oʻzini yoʻqotmasdan boltani qoʻliga olib ofitserni chopib tashlaydi, keyin askarlar tomonga 3 ta granata uloqtirib 21 ta dushman jangchisini portlatib yuboradi. Qolganlar dahshatichida atrofga qarab qochadilar. Yigit ikkinchi ofitserga ham yetib olancha uning ham boshini tanasidan judo qiladi. Uchinchi ofitser esa askardan qochib qutuladi. Kurashdan soʻng kelib chiqishi xarkovlik boʻlgan yigit halok boʻlganlarning hujjatlari va kartalarini yigʻib yuk bilan oʻz rotasiga olib borgan.

Chanlibel qishlogʻi Ulugʻ Vatan urushi qahramonlari sifatida tarixga muhrlangan. Qishloqdan boʻlgan yigitlarning 1250 nafari urushga ketgan boʻlsa, ularning teng yarmi orden va medallar bilan taqdirlangan, 2 tasi marshal (Amazasp Babadjanyan va Ivan Bagramyan), 12 tasi general, 7 tasi Sovet ittifoqi qahramonlari nomiga erishgan.

1944 yilning 20 yanvar kuni Buyuk Novgorodni ozod qilgan sovet askarlarni bugunlay vayron boʻlgan va kimsasiz shaharda duch keldilar. Bu yerdagi 2500 ta uydan faqat 40 tasigina omon qolgan. Barcha arxitektura yodgorliklari, jumladan Sofiya cherkovi,“Rossiyaning ming yilligi” yodgorligi ham vayron boʻlgan. Ozod boʻlgan paytda shaharda 30 ta fuqaro boʻlgan, qolganlari yoki Germaniyaga haydab ketilgan yoki okkupatsiya harbiylari tomonidan oʻldirilgan.

General leytenant Xoyzingerning buyrugʻi bilan1943 yilning 1-2 mart kunlari Koryukovka yoʻq qilindi (1390 ta uy yoqib yuborildi, 7000 dan ortiq mahalliy aholi vakillari jon berdi). Bu Ikkinchi jahon urushi paytida tinch aholi vakillariga nisbatan sodir etilgan eng katta shavqatsizlik hodisasi edi. Okkupatlar urush payti umumiy hisobda Ukrainadagi 334 ta aholi punktlarini yoqib yuborishgan.

Ulugʻ Vatan urushi paytida qurollarni tashish uchun armiya tarkibida tuyalar xizmatidan foydalanilgan. Bu holat Stalingrad ostidagi janglar payti Astraxanda shakllangan edi: Mashinalar va otlar yetishmovchiligi sabab yovvoyi sharoitlarda tuyalar ishlay boshlaganlar. 350 nafar jonivorning aksariyat qismi jang pallasidagi kurashlarda halok boʻlgan boʻlsa omon qolganlarni xoʻjalikqismlari yoki hayvonot bogʻlariga olib ketishgan.

1941 yilning oktyabr oyida Odessada yerlarida yahudiylarga nisbatan ommaviy qirgʻin boʻlib ketdi. Shu yilning 17-25 sentyabr kunlari 25-34 ming Odessalik otib tashlangan yoki tiriklayin yoqib yuborilgan. Bu Ruminiya va Germaniya askarlari tomonidan amalga oshirildi. Tarixda ushbu palla “Odessa yahudiylarining oʻldirishi” nomi bilan muhrlangan.

Umumiy hisobda 1941—1944 yillar davomida SSSR hududida 200 ta partizanlar otryadlari va birlashmalari boʻlgan, ularning soni esa 1 million kishiga ketgan. 128 000 tadan ortiq partizan va podpolechilar SSSRning orden va medallari bilan taqdirlanishgan.

872 kunlik Leningrad qamalida 1 500 000 inson vafot etdi. Ushbu maqolani oʻqib chiqquningizga ketgan vaqt oraligʻi nisbiyligida oʻsha paytlar shaharda 3 ta odam ochlik, kasallik va portlash sabab vafot etardi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



